Matematika o`qitish metodikasi


Izoh: Qo‘shimcha adabiyotlar boshqa ilmiy kutubxonalarda mavjud. Internet



Download 13,8 Mb.
bet10/175
Sana14.07.2022
Hajmi13,8 Mb.
#797202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   175
Bog'liq
2 курс Мажмуа МЎМ-20

Izoh: Qo‘shimcha adabiyotlar boshqa ilmiy kutubxonalarda mavjud.
Internet saytlari

    1. www. tdpu.uz

    2. www. pedagog.uz

    3. www. Ziyonet.uz

    4. www. edu.uz

    5. tdpu-INTRANET.Ped


«MATЕMATIKA O`QITISH MЕTODIKASI» FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYA ISHLANMALARI
MARUZA MASHGULOT MAVZULARI ISHLANMALARI
2 -kurs 3-semestr
mavzu: Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi fan sifatida REJA:

  1. Bоshlang’ich matematika o’qitish metоdikasining predmeti.

  2. O’qitishning maqsadlari, mazmuni, metоdlari, fоrmalar,i vоsitalari оrasidagi uzviylik.

  3. Bоshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metоdikasi fan ekanligi.

  4. Bоshlang’ich sinf matematikasining mazmuni, tuzilishi.

Mamlakatimizda inson kapitaliga yo’naltirilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo’lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omil bo’lmoqda.
Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozoridagi holatning jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Bu esa matematikani o’qitishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqilishini talab qilmoqda. Faqat bilim olishga yo’naltirilgan ta’lim o’tgan zamonda qolmoqda.
Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va, umuman, komil inson bo’lishlariga bog’liq.
Bu haqda Prezidentimiz shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi еtuk odam bo’ladi»1.
Jamiyatimiz oldida vujudga kelayotgan muammolarni hal etishga faol kirisha oladigan, sharoitni yaxshi tushunadigan, keng qamrovli fikrlaydigan, hayotda uchraydigan kundalik va kasbiy muammolarni tushunadigan, tahlil qila oladigan, taqqoslay oladigan, amaliy hal eta oladigan insonlarga bo’lgan talab qo’yilmoqda.
Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o’zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi.
Birinchi Prezidentimiz juda o’rinli ta’kidlab o’tganlaridek, «chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan fikr odamlarni chalg’itadi. Faqat bahs-munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishi mumkin»1
Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan, tashabbuskor, yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli va asabiy xolatlarga chidamli, bu xolatlardan chiqa oladigan bo’lishi kerak. Hamma bunday sifatlarni matematika ta’limida kompetentsiyaviy yondoshuvdan foydalanish asosida erishish mumkin.
Bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda kompetentsiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilib, yangicha o’qitish yo’nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmunining asosini o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi.
Ta’limga kompetentsiyaviy yondoshuv eskirib qolgan “bilim, ko’nikma va malakani o’zlashtirish” kontseptsiyasiga qarshi o’laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko’rinishdagi malakalarni o’quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. SHunday qilib, kompetentsiyaviy yondoshuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo’nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.





1 Karimov I.A .Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. //Asarlar to`plami. 7-jild. - Т.: “O`zbekiston”, 1999, 134-bet.
Bundan tashqari, tuzilayotgan ta’lim standartlari o’quvchilarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari, turli kasb egalari bo’lishlari va har tomonlama faol fuqaro bo’lishlari uchun zarur bo’ladigan sifatlarni aks ettirishi kerak.
Mamlakatim.izning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o’zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo’lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga matematikani o’rgatish bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

Download 13,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish