Matematikaning barcha sohalari fanining umumiyligi bilan birlashtirish
Matematika tarixi. Matematikaning barcha soxalari fanning umumiyligi bilan birlashtiriladi. (algebra, geometriya, matematika analizi, topologiya, eҳtimollar nazariyasi, matematika statistika va boshqalar). Ma`lumki, haqqoniy borliq olamning fazoviy shakllari va miqdoriy munosabatlari matematika fanining asosini tashkil qiladi. Turli matematik fanlar ana shu fazoviy shakllari va miqdoriy munosabatlarning hususiy hollari yoki alohida ko`rinishlari bilan ish olib boriladi. SHuningdek, o`ziga xos bo`lgan usullar bilan ajralib chiqishi ham mumkin. Matematika fanining tarkibi quyidagicha: a) fanning rivojlanishi jarayonida to`plagan ma`lumotlar; b) gipotezalar, ya`ni kelajakda tajribalar orqali tekshirilishi talab qilinadigan, ilmiy ma`lumotlarga asoslangan faraz; v) olingan natijalarni matematika tilida umumlashtiruvchi, ma`lumotlar, masalan, teoremalar, qoidalar va xokazolar; g) matematika metodologiya, ya`ni matematika fanini o`rganshga bo`lgan umumiy yondoshishni ko`rsatuvchi matematik nazariya va qoidalarni umunazariy talqin qilish. Bu elementlarning barchasi bir – biri bilan uzviy aloqada bo`ladi hamda uzluksiz ravishda rivojlanib turadi. O`rganilayotgan tarixiy davrda bu rivojlanishning qanday bo`lganini, qaysi tomongan borganini aniqlash masalasi matematik fanlardan biri bo`lgan matematika tarixi fanining asosiy vazifasini tashkil qiladi. Matematika tarixi fani matematika rivojlanishining ob`ektiv qonunlarni o`rganuvchi fandir. Tarixiy – matematik izlanishlar quydagi yo`nalishlarda olib borilmoqda: a) tarixiy matematik xarakterdagi ishlarda matematikaning tarixiy rivojlanishining xaqqoniy mazmunining boyligi qayta tiklanadi. Ularda matematik usullar, tushunchalar va g`oyalar qanday paydo bo`lganligi yoritib beriladi, boshqa matematik nazariyalarning tarixi qanday bo`lganligi aks ettiriladi. Ma`lum bir tarixiy davrda alohida halqlarda matematika rivojlanishining harakteri va o`ziga xos bo`lgan tomonlari, tarixdagi buyuk matematikalarning, birinchi navbatda o`zbek matematiklarining fanni rivojlanishi uchun qo`shgan hissalari aniqlanadi. b) Tarixiy – matematik xarakterdagi ishlar matematikaning ko`p qirrali aloqalarini ochib beradi. Ularning orasida amaliy ehtiyoj bilan, insoniy faoliyat bilan, boshqa fanlarning rivojlanishi bilan bog`liq aloqa, jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy strukturasi rivojlanshi va sinfiy kurashning (aynqsa, ideologiya sohasida) matematika rivojlanshi mazmuni va xarakteriga ta`siri, xalqlar, olimlar, olimlar guruxining fandagi o`rni va xakozolarni alohida ko`rsatish mumkin. v) Matematika tarixi bo`yicha izlanishlar zamonaviy matematika mantiqiy struturasining tarixiy bog`langanligini, uning rivojlanish dialeksini ochib beradi, matematikaning turli bo`limlari orasidagi munosabatlarni tushunishga yordam beradi, fanning rivojlanish perspektivalarini ma`lum bir darajada belgilab beradi. YUqoridagi tariflarga ko`ra, matematika tarixi matematika fanning to`la tarkibi, turli soxalari, boshqa fanlar bilan aloqasi to`g`risida ish olib boradi. Bu holat matematika tarixi fanining oldida turgan masalaning qiyiyligidan hamda tarixiy – ilmiy izlanish usullarining o`zga xos bo`lishidan dalolat beradi. Biz yuqorida ko`rsatib o`tdikki, matematik izlanishlarning ob`ekti bo`lib borliq olamning fazoviy shakllari va miqdori munosabatlari hisoblanadi. Matematikaning bu ob`ektlari xaqqoniy olamni bevosita ifodalay olmaydi. Ular abstraktsiyalarning mevasi hisoblanadi. Matematika vositasida biror buyum yoki xodisani o`rganish uchun uning to`g`ridan - to`g`ri miqdori yoki shaklini belgilovchi xususiyatlaridan boshqa barcha xususiyatlardan voz 5 kechishga to`g`ri keladi. (Uchta qo`y, uchta olam, u hta o`rdak, …. uchta miqdor; gugurt qutisi, prallelopiped, uyning ichi: shakl). Zamonaviy matematik nazariyalarda bu shakl va miqdoriy munosabatlar ko`pincha boshqacha ko`rinishlar namoyon bo`ladi. Bunday hollarda o`rganilayotgan tuplamlarning elementlari borliq olamda alohida ajratib olinadi, aksiomalar sistemasi, amalalarning bajarish qoidalari va ta`riflari jsa ixtiyoriy kiritiladigan bo`ladi. Bunday holat turli noaniklik anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Bu esa o`z navbatida fanning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Intuitsiyaga asoslangan ana shunda y anglashilmovchiliklardan xalos bo`lishga o`rganish zarur. Buning uchun o`zini materialistik deb hisoblash etarli emas. Fanlarning tarixini o`rganish olimlarda materialistik dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Tarix shuni ko`rsatadiki, hattoki abstrakt fan bo`lgan matematikada ham fanning rivojlanishida moddiy borliqqa bo`lgan so`rovnomalar hal qiluvchi rolni o`ynaydi. (erlarni o`zlashtirish va sug`orish geometriya, chorvachilik va ovchilik – natural sonlar, kemachilik, savdogarlik-trigonometrik funktsiyalarga va x.k.) Matematikaning fanining abstraktligi moddiy borliqdagi barcha matematik tushunchalarning (ko`pincha murakkab va ko`p bosqichli) kelib chiqishini bir oz xiralashtirishi mumkin, ammo xech qachon inkor qila olmaydi. Tarix shuni ko`rsatadiki, matematika yordamida o`rganilayotgan fazoviy shakllar va miqdoriy munosabatlarning zaxirasi texnik va tabiiy fanlarning extiyojlariga bog`liq ravishda to`xtovchsiz kengayib bormoqda. Matematika fanini obektiv ruxda tushinish va uning tarixini bilish – bu fanni chuqur tushunishning asosiy va zaruriy shartidir
Do'stlaringiz bilan baham: |