Matematika o’qitish metodikasi 1-mavzu: Gеomеtrik matеriallarni o‘rganish mеtodikasi



Download 28,53 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2022
Hajmi28,53 Kb.
#673786
  1   2   3
Bog'liq
2 5197434066277767709


Matematika o’qitish metodikasi


1-mavzu: Gеomеtrik matеriallarni o‘rganish mеtodikasi.

Reja:
1.Nuqta, kеsma, ko‘pburchak tushunchasi haqida tasavvurni shakllantirish va ularni chizish, ayrim xossalari bilan tanishtirish mеtodikasi.


2.Sodda gеomеtrik yasash ishlari bilan tanishtirish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish.
3.Shakllarni farqlay olish, qismlarga bo‘lish, qismlardan shakllar hosil qilish
Tayanch so’z va iboralar: nuqta, kеsma, ko‘pburchak

1.Nuqta, kеsma, ko‘pburchak tushunchasi haqida tasavvurni shakllantirish va ularni chizish, ayrim xossalari bilan tanishtirish mеtodikasi
Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik shakllar (nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburchak, aylana va doira) haqida, ularning elementlari haqida, shakllar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la sistemasini tarkib toptirishdan iborat.
Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarda nuqta, to’g’ri chiziq va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi haqida aniq tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Shuni eslatib o’tamizki, «nuqta», «to’g’ri chiziq» tushunchalari hozirgi kunda o’qitilayotgan maktab geometriya kursining asosiy (ta’riflanmaydigan) tushunchalaridir. Shu sababli «Nuqta deb nimani aytiladi?», «To’g’ri chiziq deb nimani aytiladi?» degan savollar ma’noga ega bo’lmay qoladi.
Nuqta - qalam uchining qog’ozdagi izi, bo’rning doskadagi izi orqali tasavvur beriladi.
To’g’ri chiziq haqida tasavvurlarni tarkib toptirishda amaliy ishlarni orqali kiritiladi.

  1. Bo’r surtilgan ipni (kanopni) (ikki uchi ikki nuqtaga mahkamlangan) tarang tortib turib qo’yib yuborilsa, doskada to’g’ri chiziq bir qismining obrazi hosil bo’ladi.

  2. Chizg’ich yordamida to’g’ri chiziq yasash mumkin.

  3. Qog’oz varag’ini buklash yo’li bilan to’g’ri chiziq hosil qilish mumkin, buklash chizig’i to’g’ri chiziq bo’ladi.

Doskada to’g’ri chiziq vaziyatini o’zgartirish, ya’ni uni gorizontal, vertikal va qiya holda chizish ham muhimdir.
O’quvchilarni to’g’ri chiziq bilan tanishtirish bilan bir vaqtda ularni egri chiziq bilan ham (taqqoslagan holda) tanishtirish kerak. Masalan, agar tarang tortilgan ip doskada to’g’ri chiziq izini qoldirgan bo’lsa, endi shu ipni bo’shatib salqi holga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq haqida tasavvur beradi. O’quvchilar atrof muhitdan egri va to’g’ri chiziqlarni izlash bo’yicha ham mashq qildiriladi (sinf doskasining chekkalari, abajurning chetlari va hokazo).
Mashqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar to’g’ri va egri chiziqlarning ba’zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan, o’quvchilar nuqtadan chiziqlar o’tkazish bo’yicha qashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to’g’ri va egri chiziq o’tkazishlari mumkin, ikki nuqta orqali bitta to’g’ri chiziq, istalgancha egri chiziq o’tkazish mumkin, degan xulosaga keladilar.
Kesma bilan ham o’quvchilar amaliy tanishadilar. Agar to’g’ri chiziqqa ikkita nuqta qo’yilsa, to’g’ri chiziqning chegarasi shu nuqtalardan iborat qismi to’g’ri chiziqning kesmasi yoki qisqacha kesma deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqchalar (shtrixlar) bilan belgilash ham mumkin.
O’quvchilar to’g’ri chiziqning tasviri to’g’ri chiziq kesmasi tasviridan qanday farq qilishini bilib olishlari kerak: kesmaning oxirlari nuqtalar yoki shtrixlar bilan belgilanadi.
Atrof-muhitdan to’g’ri chiziq kesmasini ko’rsatishga doir mashqlar (masalan, shkafning qirralari, pol bilan devor tutashadigan joylar yoki shift bilan devorlar tutashadigan joylar va hokazolar) kesma haqidagi tushunchani mustahkamlaydi.
Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo’yicha taqqoslash asosida kiritiladi. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga ikki bo’lak lentani ixtiyoriy uzunlikdagi ikkita qog’oz poloskani va hokazolarni ustma-ust qo’yish yo’li bilan taqqoslashni (qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa ekanini bilishni) taklif qilishi mumkin. Amaliy ishlar bunda ularning so’zlar yordamidagi ifodalari bilan kuzatiladi. «Uzunliklari bo’yicha teng», «Uzunliklari bo’yicha teng emas» so’zlarining mazmunlari «bir xil», «uzunroq», «qisqaroq» kabi tushunarliroq so’zlar orqali aniqlanadi.
Shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, masalan, poloskalar yordamida o’quvchilar kesmalarni taqqoslashni, kesmalardan birini ikkinchisi ustiga bevosita qo’yib bo’lmaydigan hollarda, o’rganadilar. Shu maqsadda o’quvchilar qog’oz poloskaning chetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar, so’ngra poloskani boshqa kesma yoniga qo’yadilar. Ko’pburchak tomonlarini taqqoslashni shunday usul bilan bajarish maqsadga muvofiq.
Shunday mashqlarni bajarish natijasida o’quvchilarda kesmalarni taqqoslashning amaliy tajribasi ko’radi. Shunga asoslanib o’qituvchi aniq hayotiy misollar asosida masalan, ma’lum uzunlikda lenta sotib olnsh kerak bo’lganda va shunga o’xshash holatlarda kesmalarni taqqoslash uchun ma’lum uzunlikdagi o’lchov birligidan foydalanish kerak, degan fikrga olib keladi. Bu yerda o’qituvchi rahbarligida amaliy ish o’tkazish foydali: har bir o’quvchiga, masalan, sanoq cho’pi uzunligini o’lchashni taklif qilish mumkin. Buning uchun oldin o’lchov (birlik kesma)-qog’oz poloskani (bir bo’lak kanop, tasma va h. k.) tanlab olish kerak. Qaysi o’quvchi o’zida bor poloskalardan o’z o’lchovini tanlaydi. Natijada har xil sonlar hosil bo’ladi, chunki o’quvchilar bir miqdor qiymatini topish uchun har xil o’lchov tanlab oldilar. Bunday ishlar o’z-o’zidan foydali, chunki o’quvchilarga o’lchash jarayoni haqida dastlabki tasavvurlarni beradi va ularni uzunlik birligi sifatida har qanday kesma uzunligini olish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Shunga asoslanib o’qituvchi kesmalarni taqqoslash uchun aniq o’lchov yordamida o’lchashlardan foydalanilishini aytadi.
Oldin uncha katta bo’lmagan predmetlarning, masalan, cho’plarning, qalamning va boshqa narsalarning uzunliklarini topishni o’rganib olamiz. Buning uchun aniq, umumiyat tomonidan qabul qilingan uzunlik birligi-santimetrdan foydalanilishini o’qituvchi aytadi.
O’quvchilar santimetr haqida ayoniy (abstrak) tasavvur olishlari uchun, ular o’qituvchi rahbarligida santimetrning bir qancha modelini tayyorlashlari lozim. Buning uchun katakli qog’oz varag’idan eni bir katakka teng bo’lgan uzun poloska qirqishlari va so’ngra undan 1 sm li poloska qirqishlari kerak. Poloskalarni ustma-ust qo’yib, o’quvchilar ular o’zaro teng ekaniga ishonch hosil qiladilar. Bunday poloskalarning har biri santimetrning modeli ekanini o’qituvchi aytadi.
Santimetr modeli yordamida o’quvchilar: 1) berilgan kesmani o’lchash; 2) berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishni o’rganib olishlari kerak. Bu masalalarni yechishning ikkita usulini ajratish mumkin.
Birinchi usul-ustiga qo’yish usuli. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o’lchanayotgan yoki ajratib o’lchab olinayotgan kesma santimetrning modellari bilan qorejaadi va so’ngra ularning soni sanab chiqiladi. Bunday ish o’quvchilarning har bir santimetrni «payqashlariga», «sezishlariga» yordam beradi. Bu metodni kiritishdan oldin ushbu ko’rinishdagi mashqlarni bajarish mumkin: santimetrning ikkita modelini ketma-ket qo’ying. Qanday uzunlikda poloska hosil bo’ldi?
Ikkinchi usul-qo’yib borish usuli. Yuqoridagi ikki masalani yechishda bu usuldan qanday foydalanilishini ko’ramiz. O’qituvchi o’quvchilarga berilgan kesmani o’lchashni o’rgatar ekan, ularning har biri santimetr modeli oxirini o’lchanayotgan kesmalardan biriga aniq qo’yilishini; o’lchanayotgan kesmaga qalam bilan modelning ikkinchi uchini belgilashlarini; hosil bo’lgan nuqtaga model oxirlaoidan birini yana qo’yishlarini va kesmaga yana bitta belgi qo’yishlarini (ikkinchi uchida) kuzatib boradi. Ikkinchi belgi 2 sm ajratib sanalganini bildiradi. Shunga o’xshash ish (har gal belgi qo’yib) qo’yilayotgan belgilardan oxirgisi o’lchanayotgan kesmaning keyingi uchi bilan ustma-ust tushmaguncha bajarilaveradi. Bu holda o’quvchi kesmaga qo’yilgan santimetrlar sonini sanab, santimetrlarning butun sonini topadi. Agar belgilar ustma-ust tushmasa, o’lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 5 sm cha, 5 sm dan biroz, kam yoki biroz ortiq.
O’quvchilarni uzunlikning yangi birligi-detsimetr bilan tanishtirish ikkinchi o’nlikni o’rganish munosabati bilan boshlanadi. Yuqorida qaralgan chizg’ich (qog’oz poloska) aslida detsimetrning raqamlanmagan qog’oz modelidir. Har bir o’quvchi shunday modellardan bir qanchasini yasashi muhimdir. O’quvchilar detsimetr modeli bilan ham santimetr modeli yordamida bajarganlaridek ishlarni ya’ni o’lchashlar va yasashlarni bajarishadi.
Detsimetr modeli yordamida o’lchashlarga doir ba’zi mashqlarni keltiramiz:
1.Detsimetrning uchta modelini bir qatorga qo’ying. Qanday uzunlykda poloska hosil bo’ldi?
2.Qog’oz lenta (ip yoki kanop) dan uzunligi 3 dm (yoki boshqa songa teng) bo’lgan bir bo’lak o’lchang va poloskaning shu qismini qirqib oling.
3.To’g’ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta detsimetr qo’ying va boshqa bir nuqta qo’ying. Hosil bo’lgan kesma o’zunligini ayting.
4.Partaning, stolning eni va bo’yini, porgfel uzunligini toping.
Agar o’lchashda detsimetr butun son marta joylashmasa, o’lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 3 dm cha, 5 dm dan ozgina ortiq yoki ozgina kam.
Ishda navbatdagi qadam-kesmalarni santimetr detsimetr modellari yordamida yasashlar va o’lchash. Bu yerda ushbu mashqlar o’rinli bo’ladi:
1.2 dm 4 sm necha santimetrga teng?
2.Uzunligi 7 dm (2 dm) bo’lgan kesma necha santimetr bo’ladi?
3.Uzunligi 86 sm bo’lgan kesma necha detsimetr va santimetr bo’ladi? va hokazo.


Download 28,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish