Matematika
Mavzu: UCHBURCHAK. UCHBURCHAKLARNING TURLARI
O‘QITUVCHI: Xamrayeva Gulnoza Raxmatilloyevna
Uchburchak
Bir to`g`ri chiziqda yotmagan uch nuqtani ketma-ket tutashtirish orqali hosil qilingan geometrik shakl UCHBURCHAK deyiladi.
Uchburchak eng sodda ko`pburchakdir. Belgilangan uchta nuqta uchburchakning uchlari, ularni tutashtiruvchi kesmalar esa uchburchakning tomonlari bo`ladi.
Uchburchak
Odatda, uchburchak so`zi o`rniga belgisi ishlatiladi: ABC Bu yozuv uchlari A, B, C nuqtalardan iborat uchburchakni bildiradi va uchburchak ABC yoki ABC uchburchak deb o`qiladi. Uchburchak uchta burchakka ega:
1-rasm
Uchburchak
Uchburchaklar Tomonlariga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi
uchala tomoni o`zaro teng bo`lsa, teng tomonli uchburchak
tomonlaridan ikkitasi o`zaro teng bo`lsa, teng yonli uchburchak
uchta turli xil tomonga ega bo`lsa, turli tomonli uchburchak
Uchburchak
Uchburchaklar burchaklariga ko`ra quyidagi turlarga ajratiladi
bitta burchagi to`g`ri bo`lsa, to`g`ri burchakli uchburchak
hamma burchaklari o`tkir bo`lsa, o`tkir burchakli uchburchak
bitta burchagi o`tmas bo`lsa, o`tmas burchakli uchburchak
Uchburchak Masala yechish.
Masala. Perimetri 28 smga teng bo4lgan teng yonli uchburchakning uchinchi tomoni teng tomonlaridan 4 smuzun. Shu uchburchakning tomonlarini toping.
Yechilishi: ABCuchburchakning teng tomonlarini x deb belgilasak, uchinchisi shartga ko`ra x+4 bo`ladi (3-rasm). Unda, masala shartiga ko4ra, P=x+x+x+4=3x+4=28 (sm), x=8 sm. Demak, AB=AC=8 sm; BC=12 sm.
Javob:8 sm; 8 sm; 12 sm.
Uchburchakning peremetri uchala tomonininguzunliklari yig`indisiga teng.
Savol, masala va topshiriqlar.
1. Qanday shakl uchburchak deb ataladi?
2. Uchburchakning qanday elementlari bor?
3. Uchburchakning perimetri nimaga teng?
4. PQR uchburchakda:
a)
b) PQ tomonga qaysi burchaklar yopishgan?
c) PQ va QR tomonlar orasida qaysi burchak joylashgan?
d) PR tomon qaysi burchak qarshisida yotadi?
Bu savollarga shaklga qaramay javob berishga harakat qiling.
5. Uchburchakning qanday turlari bor? Har bir uchburchak turidan bitta
uchburchak chizing. Ularni belgilang. Uchburchak turlarining ta’rifidan kelib chiqib, ularning xususiyatlarini ifodalang.
Savol, masala va topshiriqlar.
6. Ko`z bilan chamalab, uchala tomoni teng bo`lgan uchburchak yasang. So`ngra uning tomonlarini chizg`ich bilan o`lchab, natijalarni taqqoslang.
7.Birorta uchburchak chizing va uning uchlarini harflar bilan belgilang. Chizg`ich yordamida tomonlarini o`lchang va uchburchak perimetrini toping.
8.Teng yonli uchburchakning bir tomoni 3 sm, ikkinchi tomoni 4sm. Uning perimetrini toping (ikki holni qarang).
Savol, masala va topshiriqlar.
9. 4-rasmdagi uchburchaklarning turlarini aniqlang.
10. 5-rasmda bir uchi: a) A nuqtada; b) B nuqtada;
c) C nuqtada bo`lgan uchburchaklarni yozing.
11. 5-rasmda uchburchakning qanday turlarini ko`rayapsiz? Ularni turlari bo`yicha yozing.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |