Ushbu masala yuzasidan kafedra yig’ilishi qaror qiladi:
1. Kun tartibidagi masala yuzasidan I.Siddiqov va X.Xasanovlarning bergan axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. S.Turdaliyevning ochiq darsi talab darajasida deb topilsin.
Kafedra mudiri: I.Siddiqov
Kotiba: M.Madraximova
Qo`qon DPI Fizika-matematika fakulteti “Informatika o`qitish metodikasi“ kafedrasining 2019 yil fevral oyidagi navbatdan tashqari yig’ilish bayonnomasidan
KO’CHIRMA
28.02.2019 Qo’qon shahri
Qatnashdilar: kafedra oqituvchilari
Kun tartibi:
1. S.Turdaliyevning defektologiya ta’lim yo’nalishi 202-guruhi talabalari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan 2 soatlik laboratoriya mashg’uloti tahlili.
Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri I.Siddiqov so`z oldi. U o`z so`zida defektologiya ta’lim yo’nalishi 202-guruhi talabalari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan 2 soatlik laboratoriya mashg’uloti bo’yicha ochiq dars haqida fikrlarini bildirdi:
S.Turdaliyevning “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan “Corel draw dasturida to`g`ri, egri chiziqlar va yopiq konturlar bilan ishlash” mavzusi bo’yicha laboratoriya mashg’ulotini kafedra a’zolaridan X.Xasanov, M.Madraximova va F.Shirinovlar bilan birgalikda kuzatdik. Bu guruhda 12 nafar talabalardan 12 nafari mashg’ulotda ishtirok etdi. Laboratoriya mashg’ulotining mavzusi amaldagi namunaviy va ishchi o’quv fan dasturiga to’liq mos keladi. Mazkur mashg’ulotni o’qituvchi talab darajasida hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalaridan hamda innovatsion metodlardan foydalanib o’tdi, ilmiy-nazariy jihatdan yuqori saviyada dars o’tildi. Mashg’ulotni o’tishda o’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalandi.
Dars tahlili yuzasidan informatika o`qitish metodikasi kafedrasi o`qituvchisi F.Shirinov ham o‘z fikrlarini bildirdi.
S.Turdaliyevning “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan ”Corel draw dasturida to`g`ri, egri chiziqlar va yopiq konturlar bilan ishlash” mavzusi bo’yicha laboratoriya mashg’ulotini kuzatdik. Mashg’ulot to’g’ri tashkil qilindi. Mashg’ulot mavzusi namunaviy va ishchi o`quv fan dasturiga mos keladi. Dars davomida S.Turdaliyev muammoli vaziyatdan, savol-javob metodidan hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan o’rinli foydalandi. U dars mavzusini mohirlik bilan bayon qildi. Topshiriqlarni tushuntirdi va talabalarning ularni bajarishiga erisha oldi. Talabalar bilan individual ishladi. Uning o’zini tuta olishi, nutqi talab darajasida. Uning darsini ijobiy baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |