Matematika informatika fakulteti “5110100 matematika o‟qitish metodikasi” ta‟lim


- §. Zamonaviy pedagogika yo‟nalishlari



Download 383,5 Kb.
bet3/14
Sana13.07.2022
Hajmi383,5 Kb.
#789490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
farrux kurs ishi

1.2- §. Zamonaviy pedagogika yo‟nalishlari


O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin ta‘lim tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, oxirgi bir necha yil mobaynida, jumladan akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ta‘limning zamonaviy pedagogik yo‘nalishlariga o‘tish va o‘qitish tizimini tubdan isloh qilish chora tadbirlari amalga oshirildi. Bunga misol sifatida 2012-yil 28 maydagi ―Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta‘minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar‖ to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori haqida gapirish mumkin. Unga ko‘ra:
Qayd etib o‗tilsinki, respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun oliy ma‘lumotli o‗qituvchi kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi vujudga keltirilgan.
Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi 1537 ta o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida 214 ta talab etilayotgan yo‗nalishlar va mutaxassisliklar bo‗yicha 115,8 ming nafar pedagog xodimlar kadrlar tayyorlashni amalga oshirmoqdalar, ularning 90,6 foizi oliy ma‘lumotga ega, o‗qituvchi kadrlarning 70 foizdan ko‗prog‗i 40 yoshgacha bo‗lgan yuqori malakali mutaxassislardir.
Shu bilan birga, maxsus komissiyalar tomonidan o‗tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlanishicha, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarning rahbar va pedagog kadrlarini tanlash tizimida, avvalambor, ularning malakasi yetarli emasligi hamda qo‗yilayotgan talablarga muvofiq emasligi bilan bog‗liq jiddiy kamchilik va nuqsonlar mavjud.
Kasb-hunar kollejlarini o‗qituvchilar va ishlab chiqarish ta‘limi ustalari bilan ta‘minlash ko‗p jihatdan ularning tegishli bazaviy tayyorgarligini, pedagogik va amaliy ish tajribasi mavjudligini hisobga olmasdan rasmiy ravishda amalga oshirilmoqda.
Natijada o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimida o‗quv jarayoni tegishli darajada tashkil qilinmagan, mashg‗ulotlar asosan an‘anaviy maktab ta‘limi uslublariga tayangan holda o‗tkazilmoqda. Zamonaviy ilg‗or pedagogik va yangi kompyuter, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, Internet ta‘lim jarayoniga sust joriy etilmoqda. Kasb-hunar kollejlarini xorijiy tillardan dars beruvchi malakali mutaxassislar bilan ta‘minlashga yetarlicha e‘tibor berilmayapti.
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning rahbarlar tarkibini pedagogik ish sohasida yetarlicha tajribaga ega bo‗lgan kasb mahorati yuqori mutaxassislar bilan yanada mustahkamlash talab etiladi.
O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon talablariga javob bermayapti.
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun ilg‗or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallagan, kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlarni tanlash va ular bilan ta‘minlash tizimini tubdan yaxshilash, o‗sib borayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

    1. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi, O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda maxsus komissiyalar tomonidan o‗tkazilgan tekshirishlar davomida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‗yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin, ularni kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy fikrlovchi kadrlar bilan ta‘minlashga, ilg‗or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga keng tatbiq etishga alohida e‘tibor qaratilsin.

Ko‗rilgan chora-tadbirlarning natijalari to‗g‗risida 1 sentabrga qadar va 2012- yil yakunlari bo‗yicha Vazirlar Mahkamasiga ma‘lumot berilsin.

    1. O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimi boshqaruv organlarining rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan o‗tkazish bo‗yicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    2. O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi tizimi boshqaruv organlarining rahbar kadrlarini tanlash, tayinlash va attestatsiyadan o‗tkazish bo‗yicha Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoyev) O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda kasb-hunar kollejlarining rahbar kadrlar bilan ta‘minlanganligini tanqidiy ko‗rib chiqsin, ushbu masalada ishlarni

tegishli darajada tashkil etilishini ta‘minlamagan shaxslarni javobgarlikka tortsin hamda kollejlarning rahbarlar tarkibini yetarlicha pedagogik ish tajribasiga ega bo‗lgan kasb jihatdan tayyorlangan mutaxassislar bilan mustahkamlash bo‗yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijalari to‗g‗risida 1 avgustga qadar va 2012-yil yakunlari bo‗yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.

    1. Amaldagi qonun hujjatlari bo‗yicha o‗rnatilgan tartibga ko‗ra, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning direktorlari ikki yilda bir marta, o‗qituvchi kadrlar esa har uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‗tkazilishlari kerakligi ma‘lumot uchun qabul qilinsin.

Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda, ikki oy muddatda o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarining o‗qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta‘limi ustalarini attestatsiyadan o‗tkazish hamda malaka toifalarini berish tartibi to‗g‗risidagi Nizomni tanqidiy qayta ko‗rib chiqsin va o‗zgartirishlar kiritsin. Bunda o‗qituvchilar tarkibining kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet tarmog‗idan foydalanish bo‗yicha amaliy ko‗nikmalarga ega bo‗lishi majburiy ekanligiga alohida e‘tibor qaratilsin.

    1. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi, O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi:

ta‘lim jarayonida ilg‗or pedagogik uslub va texnologiyalari (―case study‖ uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‗qitish, ―amaliy o‗yin‖, interfaol ta‘lim uslubi va boshqalar), axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta‘lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet el tajribasini chuqur va har tomonlama o‗rganib chiqsin;
chet el tajribasini inobatga olgan holda, uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun yangi o‗quv rejalari va dasturlarini qaytadan ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlansin, ularda an‘anaviy maktab ta‘limi
uslublaridan voz kechib, amaliy mashg‗ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti bo‗yicha soatlar ko‗paytirilishini nazarda tutsin;
ikki oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning ta‘lim jarayoniga ilg‗or pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng ko‗lamda joriy etish bo‗yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Vazirlik, O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi va uning hududiy tuzilmalarining rahbarlari mazkur chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar bo‗lishlari to‗g‗risida qattiq ogohlantirilsin.

    1. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi tarmoq (bazaviy) kasb-hunar kollejlari huzurida o‗qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini qo‗llash asosida ilg‗or pedagogik texnologiyalarni egallashlari bo‗yicha doimiy faoliyat yuritadigan seminarlarni tashkil qilsin.

Ushbu seminarlarni o‗tkazish uchun mazkur texnologiyalarni egallagan mutaxassislarni shtat asosida taklif qilishga ruxsat berilsin.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi, O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi vazirlik va markazning mansabdor shaxslari, oliy o‗quv yurtlarining yetakchi o‗qituvchilari ichidan ushbu seminarlarni o‗tkazish uchun mas‘ul
shaxslarni biriktirib qo‗ysin, seminar ishini muntazam nazorat qilib borsin, zarur o‗quv-uslubiy yordam ko‗rsatsin.

    1. O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi oliy ta‘lim muassasalari tomonidan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun o‗qituvchi kadrlar tayyorlash saviyasi va sifati ustidan qattiq tizimli nazorat o‗rnatsin, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi bilan bir qatorda, ularning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni egallashlariga, pedagogik amaliyotni kollejlar va litseylarda majburiy ravishda o‗tishlariga alohida e‘tibor qaratsin.
  1. Bob. Matematika Tarixi


2.1-§. Matematika tarixi


Matematika fanini rivojlanishini asoslari, boshqa fanlarini rivojlanishi kabi, insoniyat faoliyatining amaliy ehtiyojlaridan kelib chiqadi.Fanning rivojlanishi bu ishlab chiqarishning shakllanishi bilan asoslanadi.‖Matematika, boshqa fanlar kabi, odamlarning amaliy ehtiyojlari natijasida vujudga keldi, bular: er maydonining yuzalarini o‘lchash, idishlarning sig‘imini o‘lchash, vaqtni o‘lchash va mexanikaning elementlaridir‖.F.Engels.Andi - Dyuring.


Haqiqatan ham matematikaning turli bo‘limlari real dunyoning fazoviy formalarini va miqdoriy munosabatlarini o‘rganishda o‘zining metodlarining turli tumanligi bilan ajralib tursada, yagonaligi va umumiyligi bilan yaxlit birlashtirib turadi. Matematika fanining mazmuni quyidagicha:

  1. uning rivojlanish jarayonida yig‘iladigan - faktlar;




  1. faktlar asosida ilmiy tasavvurning shakllanishi - gipoteza. O‘z o‘rnida bu tajriba orqali tekshiriladi;

  2. faktlar va tajribalar natijalarini umumlashtirish hamda ularni nazariya va qonunlar ko‘rinishiga keltirish;

  3. nazariya va qonunlarni o‘rganish, matematikani o‘rganishni xarakterlaydigan umumiy yo‘nalishlarni ifodalovchi metodologiyani yaratish.

Bu elementlar doimo o‘zaro aloqadorlikda va rivojlanishdadir. Ana shu aloqadorlikni va rivojlanishni o‘rganish bizlarni qanday tarixiy davrga olib borishini tushunish, ro‘yobga kelish sabablarini aniqlash aynan mana shu matematika tarixining predmetini ifodalaydi. Shuning uchun matematika tarixi matematikaning rivojlanishining qonunlarini o‘rganuvchi fandir.Yuqoridagi aytilganlarga asosan matematika tarixi quyidagi masalalarni hal qilishi kerak.
Birinchidan - matematikani fan sifatida rivojlanishining haqiqiy mazmuni yoritili-shini. Bularda matematikaning metodlari, tushunchalari va fikrlari qanday paydo bo‘lganligi, ayrim matematik nazariyalar tarixan qanday dunyoga kelgani yoritilishini.Xalqlarda ma‘lum tarixiy davrlarda matematikani rivojlanishini xarakteri va xususiyatlarini aniqlashni barcha zamondagi ulug‘ olimlarning qo‘shgan hissalarini yoritishni hal qilish.
Ikkinchidan - matematika tarixi matematikani turli-tuman aloqalarini ochishi jumladan; matematikani odamlarning amaliy ehtiyojlari va faoliyatlari aloqasini, boshqa fanlar rivojlanishi bilan aloqasini ochish, jamiyatning sotsial va iqtisodiy strukturasiga va sinfiy kurashlarga ta‘sirini ochish, xalqlarning olim individining, olimlar kollektivining rolini ochishdan iborat.
Uchinchidan - matematika tarixini o‘rganish hozirgi zamon matematikasini man-tiqiy mazmunini, rivojlanish dialektikasini va kelajagini to‘g‘ri tushunishga yordam berishi kerak.Matematika juda qadimgi fanlardan biri bo‘lib dastlabki bosqichlarda o‘zaro muomila va mehnat faoliyatlari asosida shakllana boshladi. U asta-sekin rivojlana boshladi, ya‘ni faktlar yig‘ila boshladi.Matematika mustaqil fan sifatida vujudga kela boshlaganda uning bundan keyingi rivojlanishiga matematik bilimlarning o‘zi ham ta‘sir eta boshladi.Shulardan ba‘zilarini qayd etib o‘taylik.

  1. Nyutonning (differentsial va integral xisobining ilk qadamlari) funksiyalarni hisoblash usuli darhol mexanikani masalalarini hal qilishni umumiy metodi darajasigacha ko‘tarildi.

  2. Lagranj algebraik tenglamalarni radikallarda hal qilish problemasini izlaganda tenglama ildizlarini ―gruppalash masalalarini‖ qaragan edi. Keyinroq esa o‘sha gruppalar nazariyasini rivojlantirib, yuqoridagi problemani hal etdi. So‘ng XIX asrda A.Keli gruppaga ta‘rif berdi. S.Li esa uzluksiz gruppalar nazariyasini yaratdi.1890 – yilda E.S.Fedorov gruppalar nazariyasi kristollografiyaga tatbiq etdi. Hozirda esa gruppalar nazariyasi kvant

fizikasining ilmiy quroliga aylangan. Bulardan ko‘rinadiki matematika nafaqat o‘z-o‘zini rivojlantiradi, balki boshqa fan-larning rivojlanishiga va aksincha boshqa fan yutuklari asosida o‘zi ham rivojlanadi.Matematika metodlarini tabiiy fanlarga tatbiqi;

  1. U yoki bu hodisani mazmuniga mos keluvchi matematik masalani bayon etish, ya‘ni matematik modelini vujudga keltirish va uni yechishning metodini topish;

  2. Matematik modelni yechish va uning forma va metodlarini takomillashtirish va mantiqiy kamolotga intilish. So‘nngi yillarda fan va texnikaning jadal rivojlanishi (kibernetika, hisoblash texnikasi,...) ekonomika, boshqarish sistemasi, psixologiya, meditsina va boshqa sohalarda matematikaning roli yanada kuchayib ketdi. Matematika tarixi matematikaning rivojlanish jarayonida ko‘pdan - ko‘p yorqin dalillar bilan bir qatorda qorong‘u zulmat davrlarini boshidan kechirganligidan dalolat beradi. Haqiqatdan, xam din peshvolari din ta‘limotiga mos kelmagan har qanday yangilikning yo‘q qilishga yoki bo‘g‘ishga intilganlar. Faqat ayrim olimlarning katta jasoratigina fanni ilgari siljishi uchun imkoniyatlar yaratib bergan. Jumladan Kopernik va Galiley,Ulug‘bek qismatlari.Yoki XVII asrda Leybnits va Nyuton asarlarida cheksiz kichiklar hakida ma‘lumotlar paydo bo‘lishi bilan yepiskop Berklining qattiq tanqidiga uchradi.Yoki limitlar nazariyasi XIX asr oxiriga qadar qattiq tortishuvlarga sabab bo‘lib keldi. Hatto Koshining ishlari ham bunga barham bera olmagan edi.Yoki N.I.Lobachevskiy ishlari o‘limidan so‘ng XIX asr oxirida tan olindi.(Ya.Bolyai va Gauss ishlari). Matematikani sotsial-iqtisodiy sohalarga ta‘sirini chuqurroq ko‘ra bilish uchun uning tarixini turli ijtimoiy formatsiyalar bilan birgalikda qarash kerak. Qadim davrda fan boylarning ermagi bo‘lgan.O‘rta asrlarda esa fan ko‘p jihatdan boy feodallarning manfaatiga, dinga bo‘ysundirilgan (savdo ishlari, hosil bo‘lish, meros bo‘lish, o‘zga yerlarni bosib olish, ta‘sir doiralarni kengaytirish). Matematika fanida ilg‘or va reaktsion kuchlarning kurashi har doim sinfiy xarakterga ega bo‘lib kelgan.

Ayniqsa tarixiy va filosofik masalalarda bu yaqqol ko‘rinib turadi . Keyingi boblarda bu faktga konkret misollar keltirib boriladi.
Demak, matematika tarixini bilish fanni mantiqan va tarixan rivojlanishining asosiy faktlarini va qonunlarini to‘g‘ri bilish va talqin qilish imkonini beradi, sxolastikani bartaraf etadi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Matematika tarixida o‘zining xarakteri jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladigan,davrlar mavjud bo‘lib, bunday ajratishlar davlatlarda nisbatan, sotsial-iqtisodiy formatsiyalarga nisbatan , buyuk kashfiyotlarga nisbatan va hokazo qarab davrlarga bo‘linishi mumkin.Shulardan biri A.N.Kolmogorov taklif etgan variantdir. U quyidagicha:

Download 383,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish