Jamshid Koshiy
Jamshid Koshiyning matеmatika sohasida qilgan muhim kashfiyotlaridan birinchisi o‗nli kasrlar va ular ustida amallar bajarish qoidalari, ikkinchisi, sonlardan n-darajali ildiz chiqarish amalidir.
G‗iyosiddin Jamshid Koshiyning «Aylanalar haqida risola» asari 10 bo‗lim va xulosalardan iborat. Koshiy bu asarda π=3.1415926535897932 qiymatini 17 o‗nlik xonasigacha aniqlashtirib hisoblagan.
bob. Tarixiy materiallar asosida matematikani o‟qitish metodikasi
3.1- §.Matematikani o‟qitishda tarixiy materiallarning o‟rni
Matematikaning rivojlanishi mantiqiy ilmiy- metodik nuqtai nazardan tushuntirishda tarixiy materiallarni tanlash mezonidan foydalanish. Matematika fanidan tarixiy materiallarni o‘quv dasturi va Davlat ta‘lim standartlari asosida tanlash mezoni.Misol uchun ,5 va 6 –sinflarda kasr sonlar yozilishini uchta turi o‘rganiladi: oddiy kasr,o‘nlik kasr va foizlar. Nima uchun ulardan faqat bittasini o‘rganish mumkin emas? Kasr sonlarni yozishning boshqa shakllari yo‘qmi? Nima uchun ularni maktabda o‘rganiladi?
Tirishqoq o‘quvchilarda albatta mana shunday savol yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bunday savollarga faqat matematika tarixi, xususan Sharq va Markaziy Osiyo matematiklarining asarlaridan o‘rganib javob berishi mumkin. Matematika talimida muammoli vaziyatni yaratish uchun tarixiy materiallardan foydalanish kerak.
Matematika ta‘limida tarixiy materiallarni o‘rgatishda:
-Matematik atamalar paydo bo‘lishining dastlabki manbaasi va uning o‘zbek tilidagi ma‘nosi bilan tanishtirish.
-Matematik belgilar va qonunlarning kelib chiqishi hamda ularning qo‘llanish tarixi bilan tanishtirish.
Matematika ta‘limida tarixiy materiallarni tanlash va foydalanish metodikasi muammosini bo‘yicha matematika o‘qituvchilarining amaliy tajribalarini o‘rganilib, maktabda matematika ta‘limi jarayonida tarixiy materiallarni tanlangan mezonlar asosida foydalanish tamoyillar yo‘nalishlari tanlandi. Ular quyidagilardir:
Mazmun bo‘yicha tanlangan tarixiy materiallar matematika ta‘limini insonparvarlikka yo‘naltirilgani bilan bog‘liq holda ta‘lim-tarbiya masalalarini amalga oshirishda ilmiy-metodik yordam berishi;
Tegishli mavzuga oid tarixiy materialni tanlashda matematika ta‘limi bo‘yicha fan o‘quv dasturi va Davlat ta‘lim standartlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi;
Matematika ta‘limida tarixiy material ikkinchi darajali emasligi o‘zining asosiy
,muhim masalalari bilan o‘quv dasturiga mos kelishidan iborat.
-matematika o‘qituvchisi tarixiy materiallar va qoidallarini darsda yoki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘qitishi, o‘rgatishi maqsadga muvofiqligini, qaysi olimlar hayoti va ilmiy faoliyatini o‘quvchi bilishi zarurligini oldindan o‘rganishilozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |