Navoiy shahar xalq ta’limi bo`limining
2022 yil ____fevraldagi
________sonli buyrug‘iga ilova
Navoiy shahar xalq ta’limi bo`limi tasarrufidagi umumta’lim muassasalari
5-7 sinf o`quvchilari o`rtasida Rubik kubikini tez yig`ish bo`yicha
“SPEED-CUBING” TURNIRINI O‘TKAZISH
NIZOMI
1-bob.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708 sonli qarori asosida ishlab chiqilib umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-7 sinf o`quvchilari o‘rtasida Rubik kubikini tez yig`ish bo`yicha “SPEED-CUBING” mavzusida turnirni tashkil etish tartibini belgilaydi.
2-bob. Turnirning dolzarbligi
2. O‘quvchilarni matematika fanidan kreativ fikrlashga o‘rgatishda qiziqarli o`yinli ta’lim texnologiyalari orqali ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni tezkorlikka undash va turli xil vaziyatlarda tezkorlik bilan oqilona yechim topa olish ko`nikmasini shakllantirish
3-bob. Turnirning maqsadi va vazifalari
3.1. O`quvchilarni bugungi kunda ta’lim olishlariga salbiy ta’sir ko`rsayotgan ijtimoiy tarmoqlar va Internetga qaramlikdan chalg`itish.
3.2. O`quvchilarning ijodiy fikrlashi, iqtidori va tezkorlik bilan muammoni hal qila olish ko`nikmasini rivojlantirish.
3.3. O‘quvchilarni matematika fanidan kreativ fikrlashga o‘rgatishda o`yinli ta’lim texnologiyalarining o`rnini namoyish qilish.
4-bob. Turnirda ishtirok etish
4. Turnirda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-7 sinf o`quvchilari o`z xohishlariga ko`ra ishtirok etadi
5-bob. Turnirni o‘tish vaqti va tartibi
5.1. Ushbu turnir 2 bosqichda (maktab, tuman (shahar)) o‘tkaziladi.
5.2.Turnirni o‘tkazish tartibi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabining buyruqlari asosida tashkil etiladi.
5.3.Turnirning maktab bosqichi 2022-yilning 19-fevral kuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladi.
5.4. Turnirning tuman (shahar) bosqichi 2021-yilning 21-fevral kuni o‘tkaziladi.
5.5.Turnirning birinchi bosqichida 1-o‘rinni egallagan 1 nafardan 5-6-7 sinf o`quvchilari (jami 3 nafar) ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi va ma’lumotlari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlaridagi tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi.
5.6. Tashkiliy qo‘mitaga ishtirokchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, o`qish joyi, sinfi), ko‘rik-tanlovning quyi bosqichlarida ishtirok etilganligini asoslovchi hay’at a’zolarining yig‘ilish bayonnomasi qarori taqdim etiladi
5.7. Nizomda belgilangan muddatda taqdim etilmagan ishtirokchilarning buyurtmalari qabul qilinmaydi.
6-bob. Turnirni o`tkazish shartlari
6.1. Turnirda Rubik kubikini tez yig`ish malakasiga ega bo`lgan 5-6-7 sinf o`quvchilari o`z xohishlariga ko`ra ishtirok etishlari mumkin.
6.2. Turnir sinf kesimida uchta yosh toifasi (5-6-7 sinf)da o`tkaziladi.
6.3. Har bir ishtirokchi o`zi bilan 3x3 o`lchamdagi Rubik kubikini olib kelishi shart.
6.4. Har bir sinf o`quvchilari orasidan eng kam vaqt sarflab Rubik kubikini yig`a olgan o`quvchi g`olib hisoblanadi.
6.5. Agar ishtirokchilar orasida tengkuchlilik kuzatilsa (ya’ni ular Rubik kubikini bir xil vaqtda yig`ib tugatsalar), ular o`rtasida qayta urinishga imkon beriladi va g`olib aniqlanadi.
6.6. Barcha ranglarni to`liq yig`ib tugatgan ishtirokchi darhol Rubik kubikini hakamlarga taqdim etishi shart.
6.7. Ranglari bir xil tartibda oxirigacha to`la yig`ilmagan Rubik kubiki hakamlar tomonidan qabul qilinmaydi.
7-bob. Turnirning yakuni va g`oliblarni rag`batlantirish
7.1. Turnirning maktab, tuman bosqichida sinflar kesimida g‘olib bo‘lgan bir nafardan o‘quvchilar 1-darajali diplom bilan taqdirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |