Математика фанини ўҚитишда замонавий ёндашувлар ва инновациялар модули бўйича



Download 2,74 Mb.
bet33/120
Sana26.02.2022
Hajmi2,74 Mb.
#468748
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120
Bog'liq
Tayyor JMN O\'UM 4 kurs 2021-2022

Ikkinchi bosqich – musobaqalar bosqichi – bu davrda taqvim musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Vazifa: sport «forma»sini saqlab qolish, jismoniy tayyorgarlikni yana ham oshirish, usullar texnikasini takomillashtirish, taktik harakatlar va irodaviy sifatlarni rivojlantirish.
Vositalar: maxsus jismoniy tayyorgarlik texnikasi va taktikasini takomillashtirish mashqlari yugurish, sakrash (turli o‘yinlar, suzish, sayrga chiqish, eshkak eshish va boshqa shunga o‘xshash mashqlardan faol dam olish vositasi sifatida foydalaniladi) o‘rtoqlik uchrashuvlari va taqvim musobaqalar.
O‘tish davri – bu davr musobaqalashuv davri tamom bo‘lgandan keyin boshlanadi. Vazifa – yuklamalarni asta-sekin kamaytirib borish hamda faol dam olishga o‘tish.
Vositalar: sportning boshqa turlariga o‘tib shug‘ullanish.
5. Bevosita musobaqalar oldi tayyorgarligi bosqichiga o‘tib shug‘ullanishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Vazifalar: maxsus tayyorgarlik darajasini oshirish, musoba-qalarga maxsus tayyorgarlikni yuqori (mazkur holat uchun ko‘rsatishga erishgan imkoniyatlardan yana ham to‘laroq foydalanish) darajasiga ko‘tarish.
Vositalar: musobaqalashish mashqlari, maxsus tayyorgarlik mashqlari (yuklama tuzilishi bo‘yicha musobaqa mashqlariga yaqin bo‘lgan mashqlar tanlanadi). Musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko‘rish bosqichini belgilash uchun musobaqalar taqvimi asos qilib olinadi. Shu taqvim orqali barcha musobaqalar (nazorat musoba-qalari, saralash musobaqalari, asosiy musobaqalar)ni o‘tkazish muddatlari, dasturlari va shunga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalar hal qilib olinadi.
Asosiy musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko‘rish bosqi-chining usuliyati musobaqalarning davomiyligi, ulardagi startlar soniga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘ziga xos xususiyatlar modelli mikrosikllarda aks ettiriladi. Zarbdor mikrosikllarda bir necha yuklamalarni ketma-ket qo‘llash lozim. Bu yuklamalarni har biri o‘zidan avvalgi yuklamalar tufayli yuz bergan toliqish holatini yana ham ko‘paytirishi mumkin.
Bu ishlarni tashkil qilishda sportchining bir kundagi ish qobiliyati maromlarini o‘zgarib borishini hisobga olish zarur.
Sportchi organizmi mashq mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqtida odatdagi maromga moslashib qoladi. Shuning uchun basharti navbatdagi musobaqalar odatdagi maromga mos kelmaydigan bo‘lsa, u mashg‘ulotlar va nazorat startlari vaqtini o‘zgartirib, sportchining tayyorgarlik ko‘rgan musobaqalarini o‘tkazish vaqtiga muvofiqlash-tirishi kerak. Bunda yana mashg‘ulot va musobaqalar o‘tkaziladigan joyning vaqti mintaqasini hisobga olgan holda mahalliy joy vaqti o‘rtasidagi farqni ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. Masalan: Toshkent vaqti bilan Moskva vaqti 2-3 soat farq qiladi. Bundan tashqari, mikrosikllarni, ayniqsa musobaqaga yaqin bo‘lgan mikrosikllarni qaytadan tuzib chiqish kerak, ya’ni ulardan musobaqa kunlari va maromlarini takrorlash lozim.
Masalan: Sport gimnastikasi kunlar bo‘yicha quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1-kun – majburiy dastur;
2-kun – erkin dastur;
3-kun – dam olish dasturi;
4-kun – final musobaqalari;
5-kun – dam olish dasturi.
Mana shu bitimni 3-5 mikrosiklga asos qilib olish kerak. Musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko‘rish, boshqa sportchining umumiy tayyorgarlik tizimida eng muhim jihatlardan biridir. Shuning uchun mazkur bosqichni tuzishda quyidagilarni inobatga olish zarur:
– turli xil sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning oqilona nisbatlarini aniqlab olish;
– katta yuklamalarni to‘laqonli dam olish bilan optimal tarzda qo‘shib olib borishga erishish;
– sportchi ahvoli, ruhiyati bo‘yicha o‘tkaziladigan funksional diagnostikani takomillashtirib borish;
– fizioterapiya va psixologiyaga oid tadbirlarni ishlab chiqish hamda zaruriyatga qarab ularni qo‘llash;
– hisobga olgan xolda maxsus ish qobiliyatidagi o‘zgarishlarning muayyan bir tizimini ishlab chiqish.
Ish hajmi: bir kunda 1-2 mashg‘ulot o‘tkazib, har birida 2-3 soat ishlash.
Tayyorgarlik sportchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi va u mutlaqo individual xususiyat kasb etadi.
Yuksak darajadagi ish qobiliyatini saqlab turish imkoniyatini beradigan kuch-quvvatni tiklash vositalaridan keng foydalaniladi.
Harakat texnikasida taktik va ruhiy tayyorgarlik sohasida yuz bergan mayda kamchiliklarni yo‘qotishga alohida e’tibor qaratiladi.
Jahon sport amaliyotida musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko‘rish bosqichining quyidagi shakli ifoda etilayotgan tuzilmasi (namunaviy b - ko‘rinishi) tez-tez qo‘llanib turiladi.
Ushbu bosqich 6 xafta davom etadi. Birinchi mezosiklda umumiy tayyorgarlik qismi bo‘lmaydi. Ish maxsus xususiyatga ega. Yuklama esa 1 mezosikldan 2 mikrosiklga o‘tgan sayin asta-sekin kamayib boradi. Har kunlik ish hajmi 5-6 soat, 2 mezosiklda esa undan kamroq – 1-2 soat bo‘ladi.
Mazkur bosqichdagi jami ish hajmi yil davomidagi eng ko‘p zo‘riqishi talab qilingan bosqchlarga nisbatan 50-60% ni tashkil etadi. Asosiy e’tibor kuch – quvvatni tiklab olishga qaratiladi.
Basharti, eng so‘nggi mezosikl mobaynida faqat jismoniy kuch-quvvat, ruhiyatni tiklashga erishilgan bo‘lsa, yaxshi natija deb hisoblanadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko‘rish bosqichiga doir har ikkala misol xam siklik sport turlarida yaxshilab sinab ko‘rilgan, lekin mazkur bosqich tuzish usuliyati, sportning boshqa turlarida ham qo‘llanilishi mumkin. Muso-baqalarga bevosita tayyorgarlik ko‘rish bosqichida tayyorgarlikni tashkil qilishning mazkur shakllari bilan quyidagi ish shakli raqobatga kirishadi.




Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish