Yuz. To‘G‘RI To‘rtburchak va kvadrat yuzi formulalari
Matematika fani o’qituvchisi Zulxumor Boltaboyevaning 5- sinflarda “Yuz. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat yuzi formulalari.”mavzusida ochiq dars ishlanmasi Quyidagi rasmda tasvirlangan devorlar nechta kvadratcha shaklidagi plitkalar bilan qoplangan?
Quyidagi rasmda tasvirlangan devorlar nechta kvadratcha shaklidagi plitkalar bilan qoplangan?
Ko‘pgina amaliy masalalarda biror yer maydoni, devor, pol yuzini o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda oldin yuz o‘lchov birligini tanlash lozim bo‘ladi.
Yuz o‘lchov birligi sifatida tomoni uzunlik birligiga teng bo‘lgan kvadrat olinadi. Masalan, agar tomoni 1 m ga teng kvadrat olinsa, yuz o‘lchov birligi 1 m2 (1 kvadrat metr) bo‘ladi. Agar tomoni 1 sm ga teng bo‘lgan kvadrat tanlansa, yuz o‘lchov birligi 1 sm2 (1 kvadrat santimetr) bo‘ladi.
Buni yodda tuting! Masalan, 1- rasmda tasvirlangan birinchi shakl – yuzi 1 sm2 ga teng bo‘lgan 6 ta, ikkinchi shakl esa 8 ta kvadratlardan iborat. Demak, ularning yuzi mos ravishda 6 sm2 va 8 sm2
Masalan, 1- rasmda tasvirlangan birinchi shakl – yuzi 1 sm2 ga teng bo‘lgan 6 ta, ikkinchi shakl esa 8 ta kvadratlardan iborat. Demak, ularning yuzi mos ravishda 6 sm2 va 8 sm2
To‘g‘ri to‘rtburchak yuzi
Bo‘yi 3 sm, eni 6 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakni qaraylik. Bu to‘g‘ri to‘rtburchak 6 · 3 = 18 ta birlik kvadratlardan tashkil topgan (2- rasm). Demak, uning yuzi 18 sm2 ga teng. Agar to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini – S, bo‘yini – a, enini esa – b harflari bilan belgilasak,
S = ab ko‘rinishidagi to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash formulasiga ega bo‘lamiz. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini topish uchun uning bo‘yini eniga ko‘paytirish kerak. Ma’lumki, kvadrat tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtbur chakdir. 3- rasmda tasvirlangan kvadratning tomoni 5 sm ga teng. U 5·5=25 ta birlik kvadratdan iborat.
To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini topish uchun uning bo‘yini eniga ko‘paytirish kerak. Ma’lumki, kvadrat tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtbur chakdir. 3- rasmda tasvirlangan kvadratning tomoni 5 sm ga teng. U 5·5=25 ta birlik kvadratdan iborat.
Birining ustiga ikkinchisi qo‘yilganda ustma-ust tushadigan shakllar teng shakllar deb ataladi. Teng shakllarning yuzi ham teng bo‘ladi.
Birining ustiga ikkinchisi qo‘yilganda ustma-ust tushadigan shakllar teng shakllar deb ataladi. Teng shakllarning yuzi ham teng bo‘ladi.
Savollarga javob bering!
1. Yuz o‘lchov birligi sifatida nima olinadi?
2. Shaklning yuzi deganda nima tushuniladi?
3. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini topish formulasini yozing.
4. Qanday shakllar teng deyiladi?
5. Teng shakllar yuzi haqida nima deyish mumkin?
6. Bo‘laklari yuziga ko‘ra butun shakl yuzi qanday topiladi?
465. Bitta kichkina kvadratchaning yuzi 1 s m2
465. Bitta kichkina kvadratchaning yuzi 1 s m2
ga teng ekanligi ma’lum bo‘lsa, 6- rasmdagi shakllarning yuzini va perimetrini ayting. 466. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash formulasidan foydalanib, uning yuzini toping.
466. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash formulasidan foydalanib, uning yuzini toping.
a) a= 5 m, b= 3 m; b) a= 4 dm, b= 360 sm; d) a= 12 sm, b= 43 sm; e) a= 12 m, b= 56 dm. Ko‘rsatma: Hisoblashdan oldin berilganlarni bir xil o‘lchov birligiga o‘tkazing.
467. S = a· b formulaga ko‘ra jadvalni to‘ldiring:
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |