Matematika fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’lim milliy o‘quv dasturlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 29,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/294
Sana18.01.2022
Hajmi29,32 Mb.
#388285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294
Bog'liq
Matematika

M U Q A D D I M A 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2020-yil  6-noyabrdagi  “Ta’lim-tarbiya 
tizimini  yanada  takomillashtirishga  oid  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi 
 
PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko‘ra “Maktabgacha, umumiy o‘rta, profes-
sional  va  oliy  ta’lim  o‘quv  dasturlari  va  fanlarning  uzluksizligini  ta’minlash”  vazifasi 
belgilangan.
Qaror ijrosiga binoan Uzluksiz ta’lim tizimida matematika fani uzviyligini ta’minlagan 
holda milliy o‘quv dasturi majmuasini tayyorlashning maqsad va vazifalar belgilandi.
Ta’lim  sifatini  nazorat  qilish  davlat  inspeksiyasi  Maktabgacha  ta’lim,  Xalq  ta’limi 
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari hamkorligida 32 nafar matematika fani 
mutaxassis  olimlari,  tajribali  mutaxassislardan  iborat  ekspertlar  guruhini  tashkil  etdi. 
Ular ko‘magida matematika fanidan har bir ta’lim turi uchun konsepsiyalar va alohida 
o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi portaliga (http://www.uzviylik.tdi.uz) joylashtirildi. Portalga 100 ga yaqin 
taklif va mulohazalar kelib tushgan. 
Uzluksiz  ta’lim  tizimida  fan  dasturlarining  uzviyligi  ta’minlanmaganligi  ta’lim 
sifati  va  samaradorligiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Ta’lim  turlariaro  mavzularning 
takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko‘p soat ajratilgani, fan mazmuni deyarli 
nazariy ma’lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi 
muammolar aniqlandi. Xususan,
Matematika fanidan mavjud o‘quv dasturlari qiyosiy jadvallar asosida tahlil qilindi. 
Birlamchi  tahlillarga  ko‘ra  takrorlangan  mavzular  9  ta,  uzviyligi  ta’minlanmagan 
mavzular 29 ta, yangilanishi zarur mavzular 94 ta, olib tashlanadigan mavzular 43 ta, 
xalqaro  tadqiqotlar  bo‘yicha  kiritiladigan  mavzular  soni  89  ta,  boshqa  ta’lim  turiga 
o‘tkaziladigani 20 ta ekanligi aniqlandi va dasturlar to‘g‘rilandi.
To‘g‘rilangan  o‘quv  dasturlari  ikkinchi  marta  ta’lim  inspeksiyasi  saytidagi  (http://
www.uzviylik.tdi.uz) muhokama portaliga joylashtirildi va ularga 150 dan ortiq takliflar 
bildirildi.
Keyingi bosqichda matematika fani konsepsiyasi va 5 ta o‘quv dasturi (MTM, umumiy 
o‘rta  ta’lim,  AL,  KHM  va  OTM  uchun)  O‘zFA  qoshidagi  V.I.  Romanovskiy  nomidagi 
Matematika institutiga, Samarqand davlat universitetiga, Urganch davlat universitetiga 
hamda  Prezident,  ijod  va  ixtisoslashtirilgan  maktablarni  rivojlantirish  agentligiga 
ekspertizaga  berildi  hamda  ushbu  ta’lim  muassasalarining  tajribali  mutaxassislari 
tomonidan 1 oy davomida ko‘rib chiqilib xulosalar olindi.
Ekspertiza xulosalarida jami 97 ta (6 ta MTM, 69 ta maktab bo‘yicha,  AL 6 ta, KHM 
 
5 ta, 11 ta OTMlar) kamchilik va takliflar aniqlanib, ular tegishli vazirliklarga taqdim etildi 
hamda mualliflar tomonidan muhokamalar qilindi. Ulardan 49 tasi dastur mazmuniga 
kiritildi, 38 tasi asoslantirildi. Shuningdek, o‘quv va fan  dasturlarini takomillashtirish 
jarayonida xalqaro tajribalar jumladan, 
Finlyandiya  tajribasi  o‘rganildi.  Maktabgacha  va  umumiy  o‘rta  ta’limning  o‘quv 
dasturlarini  tahlil  qilishda  YuNISEF  ko‘magida  Singapur,  Koreya,  Yaponiya,  Gonkong 
dasturlari, Prezident maktablari bilan Kembrij tajribasi va o‘quv dasturlari o‘rganildi.


6
Konsepsiya  va  o‘quv  dasturlari  vazirliklardagi  metodist  va  mas’ullar  tomonidan 
tahrirlandi hamda o‘zgartirishlar kiritildi va umumiy majmua holatiga olib kelindi. 
Professional  ta’lim  dasturlari  YUNESKO  tashkiloti  tomonidan  qabul  qilingan 
Ta’limning  xalqaro  standart  tasniflagichi  (MSKO)  darajalari  bilan  uyg‘unlashgan 
O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  malakalar  ramkasi  2020  yil  15  maydagi  “O‘zbekiston 
respublikаsidа  kаsbiy  mаlаkаlаr,  bilim  vа  ko‘nikmаlаrni  rivojlаntirish  milliy  tizimi 
fаoliyatini  tаshkil  etish  chorаlаri  to‘gʼrisidа”gi  287-sonli  qarori  bilan  tasdiqlandi.  U 
hujjat  bilan  8  ta  malaka  darajasiga  mos  ravishda  “Bilimlar”,  “Mahorat  va  ko‘nikma”, 
“Kompetensiyalar”,  “Malakaning  mos  darajasiga  erishish  yo‘llari”  belgilandi. 
(Ilova 
qilinaqi). 
Oquv  dasturlarining  mazmuni  ushbu  malakalar  ramkasi  bilan  singishib, 
bog‘lanib ketishi lozim. O‘quvchi, talabalarni hayotga tayyorlovchi kompetensiyalar ham 
malakalar ramkasidagi me’yorlarga bog‘lanadi.      
Mazkur  majmua  matematika  fani  bo‘yicha  Uzluksiz  ta’lim  tizimining  yagona 
konsepsiyasi,  maktabgacha  ta’lim  6-7  yoshli  bolalar  uchun  dastur,  umumiy  o‘rta 
ta’limning 1–11-sinflari uchun o‘quv dasturi, akademik litsey uchun 2 yillik o‘quv dasturi, 
boshlang‘ich professional ta’lim ya’ni kasb-hunar maktablari uchun 2 yillik o‘quv dasturi 
va  oliy  pedagogik  ta’limning  o‘quv  dasturlaridan  tarkib  topgan “Matematika  bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’limining milliy o‘quv dasturi” loyihasi hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning matematika fani o‘quv dasturiga Oliy ta’lim bo‘yicha 8 ta 
o‘quv  dasturlari  mos  ravishda  tanlandi  va  uzviyligi  ustida  ishlandi,  shundan  mazkur 
majmuada “Matematika o‘qitish metodikasi” o‘quv dasturi misol tarzida berilgan.
Bunday tajriba ya’ni ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun o‘quv dasturlarining 
bir  majmua  tarkibiga  kiritilishi  va  ularni  umumlashtiruvchi  yagona  konsepsiya  orqali 
mustahkamlanishi  Respublikada birinchi marta amalga oshirildi. 
Ushbu  jarayonda  Uzluksiz  ta’lim  tizimining  barcha  bosqichlarida  tajribali  mate -
matik  o‘qituvchilar,  olimlar,  metodistlar  ishtirok  etishdi,  barchasiga  minnatdorchilik 
bildirgan  holda  loyiha –  majmua  xatolardan  xoli  emasligini  ma’lum  qilamiz.  Sizlarga 
tavsiya etilayotgan loyihani takomillashtirishda fikr va mulohazalaringizga suyanamiz. 
Hamkorligingiz uchun oldindan rahmat.
Ta’lim sifatini nazorat qilish 
davlat inspeksiyasi tashkiliy guruhi    
aloqa uchun: 71-2310753, 99 -8574213,  a.nasirov@tdi.uz


7

Download 29,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish