(M.M.ABDULXAYEV ,O’.M.MARDONOV-“KIMYO”- 2002-yil ) (305-309betlar)
KIMYOVIY XOSSALARI. Konsentrlangan sulfat kislota organic moddalar shaker , qog’oz , yog’och , tola va boshqalardan suv elementlarini tortib olib ularni ko’mirga aylantiradi.bunda sulfat kislotaning gidratlari hosil bo’ladi. Shakarning ko’mirlanishi quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
C12H22O11+H2SO4=12C+H2SO4*11H2O
Hosil bo’lgan ko’mir qisman kislota bilan o’zaro ta’sir etadi:
C+2H2SO4=CO2+2SO2+2H2O
SHu sababli savdoga chiqariladigan kislota unga chang va organic moddalar tushib ko’mirga aylanib qolganligi sababli qo’ng’ir rangli bo’ladi.
Gazlarni quritish-sulfat kislotaning suvni yutishiga va tortib olishiga asoslangan.
H2SO4 uchuvchan emasligi va kuchli kislota bo’lganligi sababli quruq tuzlardan boshqa kislotalarni siqib chiqaradi , masalan
NaNO3+H2SO4=NaHSO4+HNO3 Lekin agar H2SO4 tuzlar eritmalariga qo’shilsa u holda kislotalarajralib chiqmaydi.
Sulfat kislotaning juda muhim kimyoviy xossasi uning metallarga bo’lgan munosibatidir.Suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislotalar metallar bilan turlicha reaksiyaga kirishadi.
SUYULTIRILGAN SULFAT KISLOTA standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan oldinda joylashgan metallarni eritadi.Lekin qo’rg’oshin sirtida PbSO4 pardasi hosil bo’ladi bu parda uni kislota bilan yana o’zaro ta’sir etishidan saqlaydi.Standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan keyin turgan metallar suyultirilgan H2SO4 bilan reaksiyaga kirishmaydi.
KONSENTRLANGAN SULFAT KISLOTA odatdagi temperaturada ko’pchilik metallar bilan reaksiyaga kirishmaydi.Shuning uchum suvsiz sulfat kislotani temir idishlarda saqlash va po’lat sisternalarda tashish mumkin.Lekin qizdirilganda konsentrlangan H2SO4 deyarli barcha metallar bilan o’zaro ta’sir etadi.Bunda u oksidlovchi sifatida ta’sir etib o’zi odatda SO2gacha qaytariladi.Bunda vodorod ajralib chiqmaydi, balki suv hosil bo’ladi masalan
Cu+2H2SO4=CuSO4+SO2+2H2O
Sulfat kislotalarning barcha xossalarini namoyon qiladi.
FIZIK XOSSALARI. Sulfat kislota –og’ir,rangsiz moysimon suyuqlik nihoyatda gigroskopik. Namni yutganda katta miqdorda issiqlik chiqadi.Shuning uchun odatda suvni konsentrlangan kislotaga quyish mumkiin emas, kislota sachrab ketadi.Kislotani suyultirish uchun sulfat kislotani oz-ozdan suvga quyish kerak. Suvsiz sulfat kislota 70% gacha oltingugurt (VI) oksidni eritadi. Bu kislota odatdagi temperaturada uchuvchan emas va xidsiz . Qizdirilganda massa ulushi 98.3% bo’lgan H2SO4 elektr tokini deyarli o’tkazmaydi.
Sulfat kislota ikki asosli kislota bo’lganligi sababli ikki qator tuzlar:sulfatlar deb ataladigan o’rta tuzlar va gidrosulfatlar deb ataladigan nordon tuzlar hosil qiladi. Kislota ishqor bilan to’liq neytrallanganda sulfatlar ishqor yetishmaganda gidrosulfatlar hosil qiladi:
H2SO4+2NaOH=Na2SO4+2H2O
Na2SO4+NaHSO4+H2O
SULFAT kislotaning ko’pchilik tuzlari katta amaliy ahamiyatga ega.Ulardan eng muhimlarini ko’rsatib o’tamiz. Natriy sulfat Na2SO4 Suvdagi eritmalardan glauber tuzi deb ataladigan o’n molekula suvli gidrat Na2SO4*10H2O ko’rinishida kristallanadi.Bu tuz juda ko’p mioqdorda Kaspiy dengizing QORA BO’G’OZ GO’L ko’rfazida bor.
Glauber tuzi tibbiyotda surgi sifatida ishlatiladi.Suvsiz natriy sulfat soda va shisha ishlab chiqarishda ishlatiladi.
AMMONIY SULFAT (NH4)2SO4- AZOTLI O’G’IT.
KALIY SULFAT K2SO4 – KALIYLI O’G’IT.
KALSIY SULFAT -CASO4 TABIATDA gips minerali CaSO4*2H2O
Ko’rinishida uchraydi .1500 gacha qizdirilganda u suvining bir qismini yo’qotadi va kuydirilgan gips yoki alebastr deb ataladigan 2CaSO4*H2O tarkibli gidratga aylanadi .Alebastr suv vaqtdan so’ng u yana qotadi va CaSO4*2H2O ga aylanadi .Gips qurilishida keng ishlatiladi.
Magniy sulfat MgSO4 dengiz suvida bo’ladi va shu sababli dengiz suvi taxir bo’ladi.Taxir tuz deb ataladigan kristallogidrat surgi sifatida ishlatiladi.
KUPOROSLAR- Fe, Cu, Zn, Ni, Co metallari sulfatlari kristallgidratlarning texnikadagi nomi .Mis kuporosi CuSO4*5H2O ko’k rangli zaharli modda. Uning suyultirilgan eritmasi o’simliklarga purkaladi va ekishdan oldin urug’lar shu eritma bilan ishlanadi.
Temir kuporosi FeSO4*7H2O och yashil modda .O’simliklarning zararkunandalariga qarshi kurashda , siyoh , mineral bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.Rux kuporosi ZnSO4*7H2O mineral bo’yoqlar ishlab chiqarishda , chitga gul bosishda , tabobatda ishlatiladi.
Sulfat kislotaning ko’pchilik tuzlari suvda eriydi.CaSO4 va PbSO4 Tuzlari suvda kam eriydi. BaSO4 esa suvda ham kislotalarda ham erimaydi. Uning bu xossasi bariyning istalgan eruvchan tuzidan , masalan , BaCl2 dan sulfat kislota va uning tuzlariga reagent sufatida foydalanishga imkon beradi:
H2SO4+BaCl2=BaSO4+2HCl
Na2SO4+BaCl2+BaCO4+2NaCl\
Yoki ionli shaklda : Bunda suvda va kislotalarda erimaydigan oq rangli bariy sulfat cho’kmasi tushadi.
SO4\2+Ba2+=BaSO4