qayta ishlanayotgan moddalarning tavsiflari va berilgan apparaturaning
konstruktiv
parametrlari asosida statika va dinamika tenglamalarini chiqarish uslublariga aytiladi.
Bu tenglamalarni chiqarishda modda va energiyani saqlash fundamental qonunlaridan
hamda modda va issiqlik, kimyoviy o‘zgarishlar
jarayonlarining kinetik
qonuniyatlaridan foydalaniladi.
Analitik usullari yordamida matematik tavsifni tuzish uchun ob’ektda
qandaydir tajribalar o‘tkazish kerak bo‘lmaydi, shuning uchun bunday usullar yangi
loyihalanadigan fizik-kimyoviy jarayonlari etarli darajada yaxshi o‘rganilgan, statik
va dinamik tavsiflarini topish uchun yaroqli bo‘lgan ob’ektlarga qo‘llanadi.
Tuzilgan tenglamalarning parametrlari (koeffitsientlari) kimyo-texnologik
apparatning aniqlovchi o‘lchamlariga (diametri, uzunligi va sh.o‘.),
fizik-kimyoviy
jarayonlarni yuz berishini tavsiflovchi qayta ishlanadigan moddalarning xossalari va
miqdorlariga (reaksiyalar tezligi konstantalar, diffuziya koeffitsientlari va b.) bog‘liq.
Tenglamalarning ayrim parametrlari hisobiy yo‘l bilan aniqlanishi mumkin,
boshqalari oldin bajarilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha o‘xshashlik tamoyili
yordamida
topiladi.
Matematik tavsifni tuzishni analitik usullarining kamchiligi sifatida ob’ektni etarli
to‘liq tavsifidan kelib chiqqan tenglamalar tizimini echishning qiyinligini ko‘rsatish
mumkin.
Matematik tavsifni tuzishning
eksperimental usuli
kirish
va chiqish
o‘zgaruvchilari tor «ishchi» o‘zgarish diapazonida o‘zgarganda ob’ektlarni
boshqarish va tadqiq qilish uchun qo‘llaniladi (masalan, ayrim texnologik
parametrlarni avtomatik stabillash tizimini qurishda). Bu usullar ko‘pincha ob’ekt
parametrlarining chiziqliligi va mujassamlashganligi haqidagi farazga asoslanadi. Bu
farazlarni qabul qilish kuzatilayotgan jarayonlarni algebraik yoki chiziqli differensial
doimiy koeffitsientli tenglamalar bilan nisbatan oddiy tasniflashga imkon beradi.
Matematik tavsifni tuzishga tajribaviy yondashuvda o‘rganilayotgan ob’ektda
bevosita tajribalarni qo‘yish doim talab etiladi.
Tajribaviy usullarning afzalligi – ob’ekt xossalarini etarli aniq tavsifida
parametrlarni o‘zgarish tor diapazonida olinadigan matematik tavsifining
soddaligidir. Tajribaviy usullarning asosiy kamchiligi – ob’ektning konstruktiv
tavsiflari, jaryonning rejimli parametrlari, moddalarning fizik-kimyoviy xossalari va
tenglamaga kiruvchi sonli parametrlari orasida funksional aloqani tiklab
bo‘lmasligidir.
Bundan tashqari, tajribaviy usul bilan olingan matematik tavsiflarni
boshqa bir xil turli ob’ektlarga yoyish mumkin emas.
Matematik tavsifini tuzish analitik va tajribaviy usullarining «kuchli» va
«kuchsiz» tomonlarini borligi kombinatsiyalangan tajribaviy-analitik usulini ishlab
chiqish zaruratiga olib keldi. Uning mohiyati tavsifning tenglamalarini analitik tuzish,
eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish va ular natijalari bo‘yicha tenglamalarning
parametrlarini topishdan iborat. Matematik tavsifini
olishga bunday yondashishda
tajribaviy va analitik usullarning ko‘p ijobiy xossalarini saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: