6.3.Formulalar va simvollarni yozish qoidalari
Formulalar odatda alohida satrda varaq o`rtasida (markazida) yoki matn satri ichida yoziladi. Matn ichiga uzun bo`lmagan (qisqa), sodda, mustaqil ahamiyatga ega bo`lmagan va nomerlanmagan formulalarni yozish tavsiya etiladi. Muhim formulalarni, hamda uzun va yirik (yig’indi, ko`paytma, differensiallash, integrallash simvollari yordamida ifodalangan) formulalar alohida satrda yoziladi. Joyni tejash maqsadida bir nechta bir xil tipdagi qisqa formulalarni bitta satrda ketma-ket yozish mumkin.
Ishda foydalaniladigan muhim formulalarni nomerlash lozim. Bu formulalarning tartib nomerlari qavs ichida arab raqamlari orqali ifodalanib, varaqning o`ng chetida yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |