6.4. Jadvallar, rasmlar, grafiklarni rasmiylashtirish qoidalari
Jadvallar va rasmlar BMI matnida nomlanishi va ketma-ket nomerlanishi (masalan 1-jadval, 1-rasm) lozim. Jadvalning tartib nomeri uning nomlanishining tepasida o`ng yuqori burchakda yoziladi.
Rasmning tartib nomeri va uning nomlanishi rasmning ostiga yoziladi.
Boshqa adabiyotlardan olingan materiallardan foydalanganda, turli mualliflar fikrini keltirganda ularga mos havolalar berilishi, adabiyotlar ishning so`ngida berilishi lozim. BMIga kiritilgan nafaqat sitatalar, balki adabiyotlardan olingan muhim holatlar olingan manbalarga havola berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |