Matematik analiz kafedrasi bitiruv malakaviy ishni bajarish va himoya qilish bo


BMIni DAK da himoya qilish tartibi



Download 319,5 Kb.
bet20/27
Sana25.01.2022
Hajmi319,5 Kb.
#409819
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
12669 БМИ методик кўрсатмалар oxirgi

7.3. BMIni DAK da himoya qilish tartibi

1. Himoyadan oldin DAK kotibi talabaning shaxsiy xujjatlari bo`yicha qisqacha ma’lumot beradi.

2. Himoya talabaning BMI bo`yicha ma’ruzasidan boshlanadi. Ma’ruzaga 10-12 minut vaqt ajratiladi.

Ma’ruzani tanlangan mavzuning dolzarbligini asoslashdan, ilmiy muammoni tavsiflashdan va ishning maqsadini shakllantirishdan va so`ng bajarilgan tadqiqot ketma-ketligi, mantiqidan boshlagan ma’qul (ko`pi bilan 2 minut). Keyin esa boblar bo`yicha ishning asosiy mazmunini yoritish, bunda muhim bo`limlar va qiziqarli natijalarga, tanqidiy solishtirish va baholashga alohida e’tibor qaratish lozim (7-9 min). Ma’ruzaning xulosalovchi qismida BMI ning xulosa matni bo`yicha quriladi, umumiy xulosalar sanab o`tiladi (asosiy qism boblarini tavsiflaganda aytilgan xususiy natijalar takrorlanmagan holda), asosiy takliflar yaxlit shakllantiriladi (1 min). Talaba o`z BMI asosiy mazmunini erkin, matndan foydalanmagan holda bayon etishi lozim.

Ma’ruza davomida ishning asosiy holatlarini ko`rsatuvchi oldindan tayyorlangan ko`rgazmali materiallardan (jadvallar, sxemalar) foydalanish tavsiya etiladi. Ko`rgazmali grafikada aks etgan barcha materiallarni ma’ruzachi erkin foydalana olishi lozim. O`rtacha bitta plakatning (slaydning) axborot bilan to`yinganligi 10-15 qator matnga ekvivalent bo`lishi kerak. Plakatlar (slaydlar) yuqori o`ng burchakda nomerlanadi. Barcha plakat (slayd) yoki uning qismlari nomlanishi lozim: masalaning qo`yilishi, sistemaning strukturaviy sxemasi va boshq. Odatda plakatlar (slaydlar) ishning bo`limlari va qism bo`limlariga mos keladi.

3. Ma’ruza tugagandan so`ng DAK a’zolari talabaga savollar beradi. Savollar BMI mavzusiga bevosita bog’liq yoki unga yaqin savollar bo`lishi mumkin. Savollarga javob berishda talaba o`z ishidan foydalanish huquqiga ega.

4. Talaba savollarga javob bergandan so`ng so`z uning ilmiy rahbariga beriladi. O`z chiqishining so`ngida ilmiy rahbar ishga o`z bahosini beradi.

5. Ilmiy rahbar chiqishidan so`ng so`z retsenzentga beriladi. Agar retsenzent DAK ishida qatnashmasa, u holda taqrizni DAK kotibi o`qib eshittiradi. So`ngida retsenzent bahosi eshitiladi.

6. Retsenzent chiqishidan so`ng BMI muhokamasi yoki munozara boshlanadi. Munozarada ham DAK a’zolari, ham auditoriyada o`tirgan qiziquvchilar qatnashishi mumkin.

7. Munozara tugagandan so`ng talabaga yakunlovchi so`z beriladi. Yakunlovchi so`zida talaba retsenzent ko`rsatgan kamchiliklar bilan kelishishi yoki unga qarshi asoslangan dalillar keltirishi zarur. DAK a’zolariga, ilmiy rahbariga, retsenzentga minnatdorchilik bildirish xushmuamolalilik belgisi hisoblanadi.

8. DAK yakuniy bahosi haqidagi qarori quyidagilarga asoslanadi:


  • Ilmiy rahbarning ishga va semestr davomida bajarilgan ishlarga bergan bahosiga;

  • Retsenzentning ishga bergan bahosiga;

  • DAK a’zolarining ishning mazmuni, uning himoyasi, ma’ruzasi, savollarga va retsenzent e’tirozlariga bergan javoblarini bahosiga.


Download 319,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish