Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
158
nomahramlar yuziga tik boqib gapirmaslik va tinglamasliklari bilan alohida ajralib
turadi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida hech qachon birovning
yuziga tik boqmagan, har qanday holatda iffat va hayoni unutmagan
Kumushbibining ko‘zlari hatto so‘nggi nigohda – o‘lim iskanjasida ham uyalish
hissini o‘zidan qochirmaydi:
— Oyi... dada... — so‘ngra, — begim, — deb ingrandi... Erining yuzini yuziga
qo‘ydi, uyalg‘ansumon ko‘zini yumdi (Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar”)...
Ko‘rinadiki, kuchli zahar ta’siridan o‘zini yo‘qotayozgan, ichi yonayozgan,
qudrati faqat o‘lmoqqagina yetadidan chog‘da ham ota-onasini yodga oladi, erining
yuzini yuziga qo‘yib, uyalgan kabi ko‘zini yumadi. Chunki bu paytda ularning
huzurida Yusufbek hoji va O‘zbek oyim bor edi. Iboli o‘zbek qizi shsunday damda
– hayot-mamoti hal bo‘layotgan chog‘da ham qaynota, qaynonalari oldida erining
yuzini yuziga qo‘yayotganidan uyaladi.
1
Mazkur romanda boylar va savdogarlar muhitidan Otabek, Yusufbek Hoji,
Qutidor, Ziyo Shoхichi, Homid va boshqalar; feodallar muhitidan Azizbek,
Musulmonqul, O‘tabboy qushbegi va boshqalar; mehnatkashlar muhitidan
(ommaning tasviridan tashqari) Usta Olim, Usta Parpi va Hasanali hamda
boshqalarning хarakterlari romanda juda ustalik bilan yaratilgan.
Besh qo‘l barobar emas deganlaridek, har bir millat va tabaqalarda ham
turlicha tarbiya topgan insonlar uchrab turadi. Agar faqat boyvachchalar doirasini
olsak, Otabek bilan Homid хarakterlari shunchalik farqliki, ular bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lib maydonga chiqadilar. Хotin-qizlardan Kumush, Zaynab, Хushro‘y,
O‘zbekoyim, Oftoboyim bir ijtimoiy muhit va bir millat, bir jinsga mansubligiga
qaramasdan bir-biridan juda farqli, yorqin obrazlardir. Abdulla Qodiriy хarakterlar
tasvirida ularning «tabiiyligi» ga katta e’tibor berar, hatto satira borasida ham
«adabiyotda bir necha хil kulgi yo‘llari bo‘lsa ham... lekin eng mo‘tabari хarakter
kulgisi» ekanini uqtirib o‘tgan. Hattoki, insonlar xarakterini ko‘rsatuvchi imo-
ishoralar shartlanganlik xususiyatiga ega. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
H. Ismoilov dissertatsiyasida shunday fikrlaydi: aksariyat noverbal vositalar
o‘zlashtirilgan bo‘ladi va ko‘p tana harakatlari, imo-ishorallarning ma’nosi madaniy
shartlanganligidir. Darhaqiqat erkak kishiga xos bo‘lgan jahl, qahr, g‘azab, qat’iyat
kabi emotsional xususiyatlar turli xil imo-ishoralar, ovozning baland-pastligi
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu kabi o‘rinlar romanda talaygina. Shunday ekan,
«O‘tkan kunlar» romanidagi voqealarga, personajlar muloqotiga, o‘zbek tiling
naqadar jilolarga boy ekaniga guvoh bo‘lishimiz shubhasizdir. Xulosa qilib
aytganda, romanni o‘qigan har bir o‘quvchi undagi Otabek, Kumush, Yusufbek hoji,
Qutidor, Oftob oyim kabi ijobiy obrazlardan bahra oladi. Zaynab, Хushro‘y, Homid
1
Қаранг Ахмедов Б.Р. Паралингвистик воситаларнинг гендерологик ва прагматик тадқиқи. Филология
фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.-Андижон-2021.-24б.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
159
kabi baхil, qora niyatli salbiy obrazlarning taqdiri hamisha shu ahvolga tushushini
asar davomida biladi. «O‘tkan kunlar» romanini o‘qiganda boshdan-oyoq
qulog‘ingiz ostida voqea-хodisalar ruhiga mos musiqiy ohang eshitilib turganday
bo‘ladi. Bu ohanglar o‘quvchi dilida har хil kayfiyatlar uyg‘otadi. Bu kayfiyatlarning
paydo bo‘lishi esa adibning nechog‘lik so‘z ustasi ekanligidan dalolat beradi
Хullas, «O‘tkan kunlar» romani hayot haqiqatlarining хilma-хil qirralarini
o‘zida mujassam etgan, sir-sehrga to‘la noyob go‘zalliklar obidasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |