Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

Adabiyotlar: 
1. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-jild. Toshkent, 2004. 26-bet3. 
2.A.Nurmonov Hozirgi o‘zbek tili Toshkent "ILM ZIYO" -2015 
3.Usmonova SH va b.Sotsiolingvistika.T.2014.B.12. 
4.Беликов В.Крысин Л.Социолингвистика Москва.2001.стр.42 
5.Dadaboev.H ...Xorijiy sotsiolingvistika.T.,2014.B.4. 
6.Дешериев Ю.Д.Социальная лингвистика…Москва.Наука.1977.стр..17. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
162 
 
BADIIY NUTQDA UYUSHIQ BO‘LAKLAR SHAXS RUHIYATINI OCHIB 
BERUVCHI VOSITA SIFATIDA 
 
Matyoqubova Dilfuzaxon G‘aniyevna 
Andijon davlat universiteti 
Annotatsiya
. Mazkur maqolada uyushiq bo‘laklarning uslubiy xususiyatlari 
muayyan badiiy matn asosida yoritib berilgan.Uyushiq bo‘laklar badiiy asarlarda 
ruhiyatni ochib beruvchi vositalardan ekanligi haqida so‘z yuritilgan. 
Tilning jamiyatdagi asosiy vazifasi kommunikativlik-kishilar o‘rtasidagi 
aloqa-munosabatlarni shakllantiruvchi vosita ekanligidir. Til paydo bo‘lgan ilk 
davrlardan to hozirgi holatigacha muloqotni yuzaga keltirish-axborot uzatish va 
axborot qabul qilish uchun xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, tilning jamiyatdagi 
beqiyos va betakror o‘rnini belgilab beradi. 
Ma’lumki, fikr ifodalashning eng kichik birligi gapdir. Gap orqali muayyan 
maqsad anglatiladi va anglashiladi. Gap orqali bayon etilayotgan mazmun-
mundarijani anglashda nutqiy vaziyat alohida o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham 
muayyan vaziyat uchun tushunarli bo‘lgan gap boshqa bir vaziyatda butunlay boshqa 
ma’no kasb etishi tabiiy. Til kishilar orasidagi munosabatni tashkillashtirar ekan, 
tilni inson omilidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Shuning uchun ham bugun 
tilshunoslikda tilning tabiatini yanada yorqinroq ko‘rsatib berishga xizmat qiluvchi 
sotsiolingvistika, pragmalingvistika, lingvokulturologiya, psixolingvistika kabi 
yo‘nalishlar jadal rivoj topmoqda. 
Nutq vaziyati bilan kontekst pragmatik tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. 
Shuning uchun sintaktik qurilma ifodalagan propozitsiyaning so‘zlashuvchilarga 
tushunarli bo‘lishi uchun nutq vaziyati yoki kontekst zarur bo‘lgan joyda 
pragmatikaga ehtiyoj ortadi.
1
Tilda bir qator birliklar, ifodalar mavjudki, ularni sotsiolingvistik 
yondashuvsiz o‘rganishning also imkoni yo‘q, xususan, xilma-xil deyksis birliklar, 
undovlar, mimemalar, murojaat so‘zlari, undalmalar va boshqa birliklarning 
mohiyati va qo‘llanish qoidalari-qonuniyatlarini ochish uchun, albatta, birinchi 
navbatda, sotsiolingvistik omillarga murojaat qilmaslikning iloji yo‘q.
2
1
Nurmonov A., Hakimov M. Sintaktik birliklarning pragmatik tomoni//Nurmonov A. Tanlangan asarlar. 3-jild. 
Toshkent:Akademnashr,2012-yil. 245-bet. 
2
Mahmudov N. O‘zbek tili sotsiolingvistiksasi muammolari//O‘TA, 2020-yil. 3-son. 3-bet. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
163 
Darhaqiqat, har qanday gapni yoki matnni tushunishda va tahlil qilishda 
nutqiy vaziyatlarni e’tiborga olmaslik, bu jarayonda sotsiolingvistik omillarni 
nazardan chetda qoldirish qator chalkashliklarni yuzaga keltiradi.
Tilning sintaktik vositalari nutqda, ayniqsa, badiiy nutqda boy uslubiy 
imkoniyat hisoblanadi. Shu jumladan, uyushiq bo‘lakli gaplar ham badiiy nutq 
ta’sirchanligini oshiruvchi vositalardandir. 
Bitta gapda birdan ortiq bir tipdagi gap bo‘laklari, ya’ni ega, kesim yoki bir 
tipdagi ikkinchi darajali bo‘laklar kelishi mumkin. Bur xillik hosil qiladigan bunday 
bo‘laklar uyushiq bo‘lak hisoblanadi. Shunday bo‘laklar ishtirok etgan gap uyushiq 
bo‘lakli gap sanaladi.
1
Uyushiq bo‘lakli murakkablashgan sodda gaplar badiiy nutqda salmoqli o‘rin 
tutadi. Yozuvchilar teran idrok sohiblari sifatida ulardan unumli foydalanib 
o‘quvchiga vaziyatlarni yaxshiroq anglatishga, turli holatlarni aniqroq tasvirlashga 
harakat qiladilar.
Yuksak iste’dod sohibi Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning “Kecha va 
kunduz” romani badiiylikning go‘zal namunasi sifatida bugun ham kitobxonlar 
uchun qadrli asarlardandir. Mazkur asardagi uyushiq bo‘laklar qatnashgan gaplarni 
tahlil qilish jaronida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini yangidan kashf 
qildik. Muallif uyushiq bo‘laklardan tasvirni boyitish, vaziyat chizgilarini aks 
ettirish jarayonida keng foydalanadi. Ayniqsa, uyushiq bo‘laklarning qahromonlar 
ruhiyatini ochib berishdagi imkoniyati adib tomonidan mahorat bilan ochib berilgan. 
Ma’lumki, inson xarakter-xususiyatlarining shakllanishida atrof-muhit, tabiat 
va jamiyat muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat va jamiyatda bo‘layotgan turli xil 
o‘zgarishlar, o‘zaro insoniy munosabatlar uning ma’lum bir fikrlarga kelishiga, 
mantiqiy xulosalar chiqarishiga asos bo‘ladi. Insonning obyektiv olam bilan 
bog‘liqligi unga nisbatan ma’lum bir munosabatning yuzaga kelishi uchun zamin 
hozirlaydi. Tashqi ta’sirlar tufayli yuzaga kelgan ruhiy kechinmalar, his-tuyg‘ularni 
ifodalash, munosabat bildirish, ya’ni baholash zarurati nutq jarayonida tilda mavjud 
bo‘lgan birliklardan keraklisini tanlab olib qo‘llashni taqozo qiladi.
2
Badiiy matndagi psixologik holatlarni tahlil qilish yozuvchining o‘quvchiga 
yetkazmoqchi bo‘lgan maqsadini teranroq anglashga imkon beradi. Asardagi 
uyushiq bo‘laklar qatnashgan gaplarni tahlil qilish orqali bunga yana bir bor amin 
bo‘ldik. 
Badiiy asar tahlilida unga bir butunlik sifatida yondashish asar orqali yetkazish 
maqsad qilingan mohiyatni anglashga yordam beradi. Har qanday uzib olingan 
parcha yoki gap tahlili bir butun asar mazmuni bilan yaxlitlikda o‘rganilishi 
yozuvchi mahoratining nozik nuqtalarigacha yoritib berilishini ta’minlaydi.
1
Ashurova D. va boshqalar. Gapning uyushgan va ajratilgan bo‘laklari. – T.: Fan, 1962. 15-bet. 
2
Pardayev Z. nutq innovatsiyasi va ularda baho munosabatining ifodalanishi// O‘TA, 2009-yil. 1-son. 105-bet. 



Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish