Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

 
Adabiyotlar: 
1. Ахмедов Б. Р. Паралингвистик воситаларнинг гендерологик ва 
прагматик тадқиқи. Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. 
– Андижон, 2021. – 24 б 
2. А. Нурмонов, Б. Йўлдошев. Тилшунослик ва табиий фанлар. – Т. 
“Шарқ”, 2001. – 70 б.
3. А. Нурмонов, Ш. Искандарова. Тилшунослик назарияси. – т., “Фан”, 
2008. – 164 б.
4. Iskandarova Sh. O‘zbek nutq odatining muloqot shakllari: fil. fan. nomz. 
diss. avt. ref. –Toshkent, 1993. – 19 b 
5. Исмоилов Х. P. Суд лингвистикасининг сотсиолингвистик ва 
психолингвистик аспектлари (Жиноят ишлари бўйича суд мажлиси мисолида) 
Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. – Андижон, 2020. – 
98 б 
6. Маҳмудов Н., Миртожиев М. Тил ва маданият. – Т.: Ўзбекистон, 
1992. – 110 б.
7. Мўминов С. М. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний 
хусусиятлари: Филол. фан. д-ри... дис. автореф. – Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 
2000. – Б 7.
 
SHEVALARNING SOTSIOLOGIK XUSUSIYATLARI 
 
Abdumannonova Oqila Dilmurod qizi 
talaba 
Andijon davlat universiteti 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada sotsiolingvistika, sotsiolingvistik omillar va 
shevalardagi sotsiolingvistik xususiyatlar haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar
: sotsiolekt, dialekt, koyne, jargon, argo, sleng, fatik 
kommunikatsiya 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
160 
Oʻzbekistonda fan sifatida sotsiolingvistika va sotsiolingvistik tadqiqotlar 
endigina rivojlanib kelmoqda. Ma’lumki, sotsiolingvistika sohasi tilshunoslikni 
ommaga tatbiq etib, til jamiyat kishilari uchun xizmat qilishiga hamda til va jamiyat 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lishiga asoslanadi. 
Sotsiolingvistika - ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi 
hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar 
majmuyini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha bo‘lib, uning eng muhim 
tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasidir. U muayyan etnik birliklar yoki 
maʼmuriy-hududiy birlashmalarda muomala va aloqa izchilligini taʼminlaydigan 
tilning yashash shakllari majmui sifatida taʼriflanadi. Oʻtgan asrning 70-80-
yillaridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama, ya’ni oʻsha vaqtdagi til 
siyosati nuqtayi nazari va talablari asosida olib borilgan. 
Sotsiolingvistikani o‘rganish mobaynida bevosita sotsiolekt terminiga duch 
kelamiz. Bu termin lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan. U 
sotsio - jamiyat va unga bo‘lgan munosabat hamda dialekt so‘zlaridan tashkil topgan. 
Sotsiolektlar asosini milliy tildan deyarli farq qilmaydigan lug‘at va grammatika 
tashkil qiladi. Masalan, jinoyatchilar argosida o‘ziga xos ma’no, xususan, metaforik 
ma’no kasb etgan so‘zlar mavjud: merit - militsioner, etap qilish - qamoqqa jo‘natish 
va h.k. 
Sotsiolingvistika tilning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini ifoda etadi. 
Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, an’analar, tarixiy-etnik birlik va yagona 
davlat tizimining shakllanganligi bilan bog‘liq. Millatning, hududning, tarixiy-etnik 
asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar o‘rtasidagi farqlar uchun asos 
bo‘ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo‘lishi hududning farq qilishidan qat’i 
nazar, aloqa-munosabat vositasining bir xil bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, o‘zbek 
va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. Bir xil etnik asosga 
ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari o‘rtasida fonetik, leksik, grammatik farqlar bor. 
Adabiy til va shevalar o‘rtasida ham tilning ichki tuzilishi bilan bog‘liq farqlar 
kuzatiladi. 
Tabiat va jamiyatda hamma narsa bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri 
ikkinchisini taqozo etadi. Tabiatdagi biror o‘zgarish, albatta, jamiyatga o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi. Jamiyatdagi har bir o‘zgarish esa tilda o‘z aksini topadi. Shu sababli ham 
til doimo rivojlanib, takomillashib boradi. 
Tilimizda fatik kommunikatsiya termini ilk bor ingliz etnologi B.Malinovskiy 
tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, mulozamat ko‘rsatish funksiyasini ifodalaydi. Bu 
atama lotincha “gapirish” ma’nosini bildiradi, ba’zan uning o‘rnida “sotsiativ” so‘zi 
ham ishlatiladi.O‘zbekning kundalik hayotini mulozamat-manzirat shakllarisiz 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
161 
tasavvur qilish qiyin, chunki o‘zbekning nutqi bunday so‘zlarsiz oddiy, rasmiy, 
hatto, qo‘pol bolib qoladi. 
Zamoniy sotsiolingvistikada koyne atamasi aholi turli guruhlarining ijtimoiy 
va lisoniy aloqalari jarayonida shakllangan dialektlararo og‘zaki muloqot vositasi 
hisoblanadi. Turli hududiy dialektlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
qurama dialektlar yoki ushbu mintaqada mavjud bo‘lgan tillardan biri koyne rolini 
bajarishi mumkin. Koynelar oldi-sotdi, harbiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar 
maqsadida qo‘llaniladigan, muayyan dialektlar yoki tillar asosida shakllangan 
dialektlararo yoki millatlararo muloqot tili sifatida namoyon bo‘ladi.Til jamiyat 
taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. 
Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu 
narsa ma’lumki, avval urug‘dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili 
shakllangan.Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat 
qiladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy 
tilga yaqinlasha borishi kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan 
izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu jarayon integratsiya deb yuritiladi. 
Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til me’yorlariga yaqinlashuvidir. 
Bunday jarayonlar tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy 
hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog‘liq tarzda sodir bo‘ladi. Sotsiolingvistika 
yangi davrga yuz tutmoqda. Kelajakda biz tilshunoslar, jamiyatshunoslar va til 
tarixchilarining hamkorlikda sotsiolingvistika sohasidagi tadqiqot natijalarini, 
yutuqlarini ko‘rishga umid qilamiz. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish