Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
89 
Shuningdek, G‘arb xalqlarining kundalik hayotida ham non muhim 
ahamiyatga ega. Ingliz tilida 
bread
(non) so‘zi bilan yasalgan frazeologik birliklarni 
ko‘plab uchratish mumkin:"
 bread and butter
"- kimningdir tirikchilik qilish yo‘li, 
"
earn one's bread
"-nonini topmoq, shuningdek, o‘zbek tilidagi noumid shayton 
iborasiga mos keladigan "
Hope is poor man's bred
" (Umid- kambag‘al odamning 
noni) iboralari shular jumlasidandir.
Ayrim xalqlar kartoshkani milliy taomi, ikkinchi non darajasiga ko‘taradi.
O‘zbek tilshunosligida lingvokulturologik tadqiqotlar oxirgi o‘n yilliklarda 
paydo bo‘la boshladi. Jumladan, Z. I. Soliyevaning nomzodlik ishida o‘zbek va 
ingliz tillaridagi sentensiya, ya’ni axloqiy-ta’limiy xarakterdagi matnlarning milliy- 
madaniy xususiyatlari yoritilgan
1
Professor N. Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab... " 
nomli maqolasida lingvokulturologiya, umuman antroposentrik paradigmaning 
mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib berildi. Ushbu 
maqolani o‘zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar 
bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin
2
.
So‘nggi yillarda til va madaniyat masalalarini lingvokulturologiya fani 
atroflicha o‘rganishga kirishildi. V. V. Vorobevning yozishicha, "bugungi kunda 
lingvokulturologiyani muayyan yo‘l bilan saralangan madaniy qadriyatlar 
majmuyini o‘rganadigan, nutqni yaratish va uni idrok qilishdagi jonli kommunikativ 
jarayonlarni, lisoniy shaxs tajribasini va milliy mentalitetni tadqiq etadigan, olam 
manzarasining lisoniy tasvirini tizimli ravishda beradigan, ta’limning bilim olish, 
tarbiyaviy va intellektual vazifalarining bajarilishini ta’minlaydigan yangi filologik 
fan sifatida qayd qilish mumkin. Demak, lingvokulturologiya madaniyat va tilning 
o‘zaro ta’sirini va bu jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy) birliklarning bir butun 
strukturasi sifatida aks ettiradigan kompleks fandir "
3
.
Lingvokulturologiya turli xalqlar mentalitetidagi o‘ziga xosliklarning tilda aks 
etishini yoritib beradi. Lingvokulturologiya tilshunoslikning yosh, yangi sohasi 
bo‘lishiga qaramay, o‘zining asosiy vazifasi- til bilan madaniyatning bog‘liq 
tomonini, ya’ni madaniyatga oid tushunchalarning tilda va uning turli vositalarida 
ifodlalanish usullarini o‘rganish, til va xalq mentaliteti o‘rtasidagi aloqalarni 
tavsiflashdan iborat ekanini aniq belgilab olgan.
1
Салиева З.И. Концептуальная значимость и национально-культурная специфика СiНтенции в английском и 
узбекском языках: Афтореф. дисс ... канд.филол.наук. -Ташкент, 2010. -С.25.
2
Mahmudov N. "Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab..."// O‘zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 2012. 5. -B. 3-
16. 
3
Воробьев В. В. О статусе лингвокультурологии // IX Международный :Конгресс МАПРЯЛ. Русский язык, 
литература и культура на рубеже веков. Т. 2. -Братислава, 1999. -С. 125-126. Батафсил маълумот учун қаранг: 
Воробьев В. В. Лингвокультурология. Теория и методы. -М.: Изд-во РУДН, 1997.


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
90 
Demak, millatning kelajagi bo‘lmish yoshlar, eng avvalo, madaniyat va tilning 
o‘zaro aloqasi, madaniyatning tarkibiy qismlari, ma’naviy meros, sivilizatsiya, 
folklor namunalari, umuman, ajdodlar tajribasini bilishi va ulardan ijodiy 
foydalanishi, uni buyuk ajdodlariga munosib tarzda davom ettirishi talab qilinadi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish