Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

 
 
 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
87 
Адабиётлар: 
1. Thormann, Michael (2001): Konzepte interkulturellen Lernens im Spiegel 
der Lehrwerkkritik. In: Wazel, Gerhard (Hrsg.) (2001). Frankfurt am Main. Wien u. 
a.: Lang, S. 117.
2. Zeuner, Ulrich (2005): Lehrwerkanalyse und –kritik. [online]: http://www. 
tu-dresden. de/ sulifg//daf/docs/reader/ reader_lwa. pdf S. 6-14.
LINGVOKULTUROLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI 
Pazeledinova Sayyora Tursinboy qizi 
Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti III bosqich talabasi 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi 
hisoblangan 
lingvokulturologiya 
haqida 
mulohazalar 
yuritilgan. 
Linvokulturologiya- "til va madaniyat" ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi 
va rivojlanishini o‘zida aks ettirgan hodisalar - til-madaniyatni birgalikda 
o‘rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi.
Kalit so‘zlar:
lingvistika, madaniyat, antroposentrizm, lingvokulturologiya, 
frazeologizm, ibora, mentalitet, an’ana.
XX asrning 90- yillarida tilshunoslik bilan madaniyatshunoslik orasida yangi 
fan sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadaniyatshunoslik) paydo bo‘ladi. U 
tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida tan olindi. Lingvokulturologiyaning 
shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar ushbu nazariyaning ildizi V. fon 
Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar. 
1
Lingvokulturologiya (lot. lingua "til"; culture "hurmat qilish", "ta'zim qilish"; 
yunon. "ilm, fan")- madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada 
shakllangangan til tadqiqining yangi sohasi.
V. A. Maslova lingvokulturologiya rivojlanishini 3 davrga ajratadi: 
1. Fanning shakllanishiga asos bo‘lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi.
2. Lingvokulturologiyaning alohida tadqiqot sohasi sifatida shakllanishi.
3. Lingvokulturologiyaning fundamental, mustaqil fan sifatida vujudga 
kelishi.
XXI asrning boshlariga kelib lingvokulturologiya jahon tilshunosligidagi 
yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Lingvokulturologiya tilda va diskursda o‘z 
aksini topgan va mustahkamlangan xalq madaniyatini o‘rganadi.
1
V. Gumboldtning til va shaxs haqidagi fikrlari to‘g'risida qarang: Nurmonov. A Ovrupoda umumiy va qiyosiy 
tilshunoslikning maydonga kelishi. Nurmonov. A Tanlangan asarlar. 2-jildlik. -Toshkent:Akademnashr, 2012.


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
88 
Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomeni sifatida o‘rganuvchi fan bo‘lib, 
o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan "til va madaniyat" uning predmetini tashkil qiladi.
V. N. Teliya bu haqda shunday yozadi: "Lingvokulturologiya insoniy, 
aniqrog‘i, insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, 
lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo‘lgan inson to‘g‘risidagi 
antropologik paradigmaga xos bo‘lgan yutuqlar majmuasidir"
1
N. Alefirenko esa lingvokulturologiyani quyidagicha tavsiflaydi: 
-lingvokulturologiya tilshunoslik va madaniyatshunoslik bilan chambarchas 
bog‘langan bo‘lib, u sintezlovchi xususiyatga ega; 
-lingvokulturologiyaning asosiy e'tibori tilda izohlanadigan madaniy 
dalillarga qaratiladi; 
-lingvokulturologiya tilshunoslik fanlariga kiradi, shuning uchun uning 
tadqiqot natijalaridan ona tili va chet tillari o‘qitish jarayonida amaliy foydalanish 
mumkin; 
-lingvokulturologiya tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: a) lisoniy shaxs; b) 
til madaniy qadriyatlarining semiotik gavdalantirish tizimi hisoblanadi
2
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda, lingvokulturologiya fanining 
asosiy vazifasi- til bilan madaniyatning bog‘liq tomonini, ya’ni madaniyatga oid 
tushunchalarning tilda va uning turli vositalarida ifodalanish usullarini o‘rganish, til 
va xalq mentaliteti o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarini tavsiflashdan iborat. Tilning 
frazeologik fondi xalq madaniyati va mentalitetining qimmatli ma’lumotlar manbayi 
hisoblanadi. Frazeologizmlarda mavjud bir xalqning an’analari, udumlari, urf-
odatlari, taomillari, miflari, afsona va rivoyatlari, ma’naviyati va h. k. haqidagi 
tasavvur va qarashlari aks etadi.
Milliy-madaniy xususiyatli iboralarni shakllantirishda, ayniqsa, milliy oziq-
ovqat va taom nomlari muhim ahamiyatga ega. O‘zbek kundalik turmushida 
non
muhim ozuqa hisoblanadi. Ota-bobolardan qolib kelayotgan an’analarga ko‘ra, 
nonning ushog‘i ham non, deb unga hurmat-ehtiromda bo‘lish bolalarga yoshlikdan 
o‘rgatiladi. Biron o‘zbek yo‘lga chiqsa, albatta, o‘zi bilan birga non oladi. Non 
komponenti hayot, tirikchilik, rizq-ro‘z, to‘kin-sochinlik ramzi sifatida keladi. 
Bunga misol qilib, "non yemoq", "noni butun", "noni yarimta bo‘ldi", "non ursin" 
kabi frazeologik birliklarni misol qilib olishimiz mumkin. Nonni peshana teri bilan 
topilishi, uni halollab yeyilishi Muqaddas kitoblardan boshlab, o‘zbek xalq 
dostonlarida, ertaklarida, rivoyatlaridan bizga ma’lum.
1 Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. -
М.: Школа "Языки русской культуры", 1996. -С. 222.
2
Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология. Ценностно·смысловое пространство языка. Учебное пособие. -М.: 
Флинта, Наука, 2010. -С. 21.



Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish