Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

Adabiyotlar: 
1. K. Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkеnt. 2009. 
148- bet.
2. S. Fuzailov, M. Xudoybеrganov. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. Toshkеnt: 
“O‘qituvchi”, 2019. 102-bet.
 
 
ONA TILIDAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH 
Alixonova Ma’muraxon Solijon qizi 
magistrant 
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: 
Maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tilidan sinfdan tashqari 
ishlarni tashkil etishda to‘garaklarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar 
berilgan.
Kalitso‘zlar: 
sinfdan 
tashqari 
ishlar, 
to‘garak, 
badiiy 
asarlarni 
sahnalashtirish, nutq. 
 
 
Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘quv fani hisoblanadi. Ona tili ta’limi 
bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olishi, o‘zgalar 
fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
253 
jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga komil inson tarbiyasi ham ta’lim 
jarayoni bilan teng olib boriladigan vazifadir. Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilar 
Vatanni sevish, ota-onani hurmat qilish, kattalarni izzat qilish, mehnatsevarlik, 
kamtarlik, inoqlik, halollik, rostgo‘ylik hislarini tarbiyalashda yetakchidir.
Ta’lim va tarbiyaviy masalalar faqatgina dars jarayonida hal etilib qolmasdan, 
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham davom ettiriladi va takomillashtiriladi.
O‘qituvchi sinfdan tashqari ishlarni to‘g‘ri tashkil etgandagina ko‘zlangan 
maqsadni har tomonlama amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Boshlangich sinfda ona tili bo‘yicha sinfdan tashqari quyidagi ishlarni bajarish 
mumkin: ona tili to‘garagi, yozuv musobaqasi, grammatik ertaliklar va kechalar, 
munozaralar.
Boshlang‘ich 
sinfda 
o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash va 
kengaytirishga qaratilgan ona tili to‘garaklari “Savodxon”, “Ona tili to‘garagi”, “O‘z 
tilingni sev va o‘rgan” deb nomlanishi mumkin. Ona tili to‘garagining rejasi uning 
maqsadga muvofiq to‘garak rahbari tomonidan tuziladi. Sinfda va to‘garak 
mashg‘ulotlarida o‘rganilgan mavzular asosida vaqti 
-
vaqti bilan “Ona tili kechasi”, 
“Savodxonlar ko‘rigi”, sinflararo grammatik kompozitsiyalarni uyushtirish ham 
mumkin.
Adabiy kechalar odatda barcha to‘garaklar ko‘rki hisoblanadi, ularda 
to‘garakning kuchi, salohiyati ma’lum bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari sinfdan tashqari ish sifatida badiiy asarlarni 
sahnalashtirishlari ham mumkin.
Badiiy asarlarni sahnalashtirish drama to‘garagi tashkil qilishdan boshlanadi. 
Drama to‘garagi – o‘quvchilarning adabiyotga, ayniqsa, dramatik asarlarga bo‘lgan 
qiziqishlarini tarbiyalash vositasidir. Bu to‘garakni 4-sinfda tashkil qilish maqsadga 
muvofiqdir va, albatta, qiziqqan bolalar a’zo bo‘ladilar. Dastlabki mashg‘ulotda 
tashkiliy ishlardan so‘ng a’zolarga dramatik tur haqida sodda ma’lumotlar beriladi. 
Keyingi mashg‘ulotdan boshlab kishi (obraz)larning qiyofasi, kayfiyati (xursandlik, 
xafalik, jiddiylik, kulish, yig‘lash), maxsus harakatlarini yaratish bo‘yicha mashq 
qilinadi. Har bir ko‘rinishni to‘garak a’zolari birin-ketin chiqib nomoyish etadi. 
Ulardagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinadi. Asta-sekin kichik hikoyalarni, 
ertaklarni sahnalashtirib boriladi. To‘garakning eng muhim bosqichlaridan biri 
asarni sahnaga qo‘yishga tayyorgarlik davridir. Bu davrda o‘quvchilar asarning 
maqsadi, badiiy xususiyati va uni o‘qish mahorati bilan tanishadi. Asar to‘garak 
a’zolari bilan birgalikda o‘qib chiqiladi va tahlil qilinadi. Tahlil davomida ularni asar 
ruhiga olib kirish, uning olami bilan yashashiga erishish lozim. Har qanday sahna 
asarlarini emas, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘quvchilarda mehr
-
shavqat, insonparvarlik, vatanparvarlik ruhini tarbiyalaydigan, ularning hayotlariga 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
254 
yaqin turgan asarlarni, o‘quvchilarga tanish bo‘lgan yozuvchilarning asarlarini 
sahnalashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Drama to‘garagi tashkil qilishdan yana bir maqsad –o‘zlashtirishda 
qiynalayotgan o‘quvchilarni ham jalb etish. Bunday o‘quvchilarni shu yo‘l bilan 
o‘qishga havasini, rag‘batini uyg‘otish mumkin. Ularga iloji boricha, bosh 
qahramonlar timsolini yaratish topshirilsa, yanada yaxshi natijalarni beradi.
Sahnalashtirilgan tomoshalar bolalar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo‘lib, bolalarning estetik tasavvurini boyitadi. Sevimli qahramonlari bilan qanday 
voqealar sodir bo‘lishi haqida qayg‘uradilar. Qahramon og‘ir ahvolga tushib 
qolganda yordam berishga harakat qiladilar. Ko‘rgan sahna asarlarini bir-birlariga 
gapirib beradilar, buning natijasida ularning nutqi rivojlanib boradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, boshlang‘ich sinflarda ko‘proq ertaklarni 
sahnalashtirish mumkin. Masalan, o‘zbek xalq ertaklaridan „Rostgo‘y bola“, “She’r 
va sichqon”, “Ochko‘z sichqon”, “Aqlli bog‘bon”, “Minora va laylak”, “Kenja 
o‘g‘il, ” “O‘tinchi yigit bilan sher”, “Botir mergan va chaqimchi”, “Ahillik- ulug‘ 
baxt”, “Halollik”, “Donishmand yigit”, “Ochko‘z boy”, “Ilm afzal”, “Hiylagarning 
jazosi” boshqalar.
Bolalar sahnalashtirilgan ertaklarni tomosha qilish jarayonida rostgo‘ylik, 
halollik, mehnatsevarlik, do‘stga sadoqat, ilmli bo‘lish eng yaxshi odat ekanligini 
anglab yetadilar.
Ertaklarni soya (ko‘lanka) teatri orqali ham namoyish qilish mumkin. Bu usul 
bolalarga yanada qiziqarliroq bo‘ladi. Soya teatrini namoyish etish ertak yoki 
hikoya, masalni o‘qish bilan bir vaqada tashkil etiladi. Soya teatri o‘zining bir 
qancha xususiyatlariga ega. Soya teatri o‘quvchilarning monologik nutqini 
rivojlantirishga ham yordam beradi. Ma’lumki, nutqni eshitish va undan o‘z 
tajribasida foydalanish natijasida bolalarda ongli ravishda “tilni sezish” shakllanadi
1
.
Yuqoridagilarning barchasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy 
qobiliyatlarini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish