Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

 
 
“KELINLAR QO‘ZG‘OLONI” KOMEDIYASIDA EMOTSIONAL-
EKSPRЕSSIV
LEKSIKA 
Qo‘shinova Muyassar Umarboyevna 
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi 
Namangan akademik litseyi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” 
komediyasida aks etgan emotsional-eksprеssiv leksika va uning o‘ziga xos lingvistik 
xususiyatlari tasnifi tahlil etilgan. Emotsional-eksprеssiv leksika orqali 
yozuvchining komik xarakter yaratish mahorati misollar asosida tahlil doirasiga 
tortilgan.
Kalit so‘zlar:
 emotsional-eksprеssiv leksika, komik xarakter, komediya, ko‘p 
ma’noli so‘z va iboralar, denotativ ma’no, ifoda semalari, konnotativ ma’no.
Annotation:
 This article analyzes the classification of emotional-expressive 
vocabulary and its specific linguistic features reflected in Said Ahmad's comedy 
"Kelinlar quzgaloni". The writer's ability to create a comic character through 
emotionally-expressive vocabulary is drawn into the analysis based on examples.
Аннотация:
В статье анализируется классификация эмоционально-
экспрессивной лексики и ее языковые особенности, отраженные в комедии 
Саида Ахмада «Kelinlar kuzgaloni». В анализе на примерах привлекается 
умение писателя создать комический образ посредством эмоционально-
экспрессивной лексики.
Said Ahmad ijodida
 
emotsional-eksprеssiv leksika vositasida komik xarakter 
yaratish, yumor va satirada uslubiy bo‘yoqdor leksikadan o‘rinli foydalanish 
kuzatiladi. Yozuvchining «Kelinlar qo‘zg‘oloni» asari komediya janriga xos barcha 
xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan. Komediya janrida yaratilgan asarlar dramatik 
turga mansub bo‘lib, qahramonlarning o‘ziga xos xarakterini yoritishda yumor va 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
182 
satiraga boy bo‘lishi bilan boshqa dramatik asarlardan farq qiladi.
“Komediya”
(yunoncha 
komos-
quvnoq marosim, 
ode-
qo‘shiq) antik 
davrdayoq janr sifatida shakllangan. Komediya dramatik turning komiklikka 
asoslangan janri bo‘lib, unda xarakterlar, holat va voqealar kulgili tarzda, komiklikka 
yo‘grilgan holda taqdim etiladi. Antik zamonlardan to klassitsizim davriga qadar 
komediya tragediyaning aksi ko‘rilgan va adabiyotshunoslikka oid risolalarda 
tragediyaga yuksak, komediyaga esa tuban janr sifatida qaralgan. Mazkur hol XVIII 
asrgacha, ma’rifatchilik adabiyotida oraliq janr sifatida drama paydo bo‘lgunga 
qadar davom etgan. Keyingi ikki asr davomida komediya muttasil rivojlandi, turfa 
janr xususiyatlarini kasb etib, imkoniyatlari kengaydi [Quronov D., Mamajonov Z., 
Sheraliyeva M., 2010: 138-bet].
“Kelinlar qo‘zg‘oloni” asarini lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchi 
mahoratini namoyon etadigan emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda 
reallashgan leksik birliklarni aniqlash va ular adibning badiiy-estetik maqsadiga qay 
darajada xizmat qilgani haqida mulohaza yuritish talab qilinadi. Rangsiz tasviriy 
san’at, ohangsiz musiqa bo‘lmaganidek, tilsiz adabiyot ham bo‘lmaydi. Adabiyotni 
insonshunoslik deydilar. Darhaqiqat, yozuvchi xilma-xil insoniy xarakterlarni tadqiq 
qilib, jamiyat rivojiga yordam beradigan salmoqli haqiqatlarni kashf etadi. Biroq 
bularning hammasi adabiyotda til orqali ro‘yobga chiqariladi. Aslida, taniqli 
adabiyotshunos olim O. Sharafiddinov ta’biri bilan aytganda, “Adabiyot tildan 
boshlanadi. Adibning yozuvchilik nigohi qancha o‘tkir bo‘lmasin, tafakkur quvvati 
qancha baquvvat bo‘lmasin, inson tabiatining sir-u asroridan har qancha boxabar 
bo‘lmasin, qalami o‘tmas, uslubi to‘mtoq, tili g‘aliz bo‘lsa, uning oliyjanob niyatlari 
qog‘ozda qolib ketaveradi. Yozuvchi hayot haqidagi tasavvurlarini, ijtimoiy-
ma’naviy muammolar haqidagi hukm va xulosalarini kitobxonga til orqali yetkazadi, 
odamlar qalbidan kechadigan ismsiz tuyg‘ularga nom beradi, so‘z sehri bilan 
kitobxonga ta’sir ko‘rsatib, uning fikriy dunyosini, ruhiy olamini harakatga 
keltiradi”
[Шарафиддинов О., 1987: 27-bet].
Badiiy adabiyotda tilning o‘rni beqiyos. Shuning uchun taniqli rus yozuvchi 
Konstantin Fedin o‘z vaqtida “Badiiy adabiyot til san’atidir. Hatto badiiy formaning 
bosh bo‘laklaridan biri bo‘lgan kompozitsiya ham yozuvchi tilining hal qiluvchi 
ahamiyati oldida keyinda turadi. Biz yetilmagan yoki hatto yomon kompozitsiyali 
yaxshi asarlarni bilamiz. Lekin tili yomon yaxshi asarning bo‘lishi mumkin emas”, 
– deb alohida ta’kidlagan edi [Дониёров Х., Йўлдошев Б., 1988: 78-bet].
Badiiy tilning lingvistik xususiyatlarini o‘rganish sohasida o‘zbek badiiy nutq 
uslubiyati fani keyingi yillarda salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Eksprеssivlik, 
faqatgina san'atkor, yozuvchilar tiligagina emas, jamoat arboblari, publitsistlar, hatto 
olimlar tiliga xosligi tadqiqotlarda aks etdi.
Eksprеssivlik va emotsionallik tushunchalari o‘rtasida ma’lum darajada 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
183 
umumiylik bo‘lib, har ikkisi ham nutqning ta’sirchanliligi uchun xizmat qiladi. 
Shuning uchun bo‘lsa kеrak, tilshunoslar ko‘pincha ularni birlashtirib, “Emotsional-
eksprеssiv” (yoki aksincha) tarzida qo‘llaydilar. Har qanday so‘z va boshqa til 
birliklari o‘z qurshovidan chiqsa, boshqa maqsadda maxsus qo‘llansa, eksprеssivlik 
yuzaga kеladi. Lеkin undan tashqari ham o‘zbеk tili lug‘ati sostavida 
lavang, 
galvars, jajji, tirmizak, tabassum, lapashang
kabi bir qator so‘zlar borki, ular 
eksprеssivlikni ifodalovchi so‘zlardir. Bunday so‘zlar eksprеssiv lеksikani tashkil 
qiladi. O‘zbеk tili bo‘yicha chiqqan darslik va qo‘llanmalarda eksprеssiv lеksikaga 
alohida o‘rin ajratilgan. Masalan, M. Mirzayеv, S. Usmanov va I. Rasulovlarning 
kitobida «Tushuncha ifodalashdan tashqari ko‘pincha, ta’sirchanlikka erishish va 
nutqning ma’lum stilini yaratish maqsadida qo‘llaniladigan so‘zlar eksprеssiv-
stilistik lеksika dеyiladi», – dеgan ta’rif bеrilgan.
Eksprеssivlik va emotsionallik bir-biridan ajratiladigan hodisalar emas. Bu 
hodisalarning birida eksprеssivlik ustun, boshqasida emotsionallik ustun, yana birida 
har ikkisi tеng bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, birinchisini eksprеssiv, ikkinchisini 
emotsional, uchinchi xilini esa emotsional-eksprеssiv dеb atash maqsadga 
muvofiqdir. Dеmak, eksprеssivlik obrazlilik, tasviriylikning kuchaytirilishi, fikr 
ta’sir kuchining orttirilishi dеmakdir.
Nutqni yanada yorqinroq, ta’sirchanroq, taassurotliroq qiladigan narsaning 
hammasi eksprеssiyadir. Dеmak, nutq eksprеssivligi – nutqni yorqin, ta’sirchan, 
tasviriy, taassurotli qiluvchi vositadir. 
 
O‘zbek tili leksikasida so‘zlar emotsional-ekspressiv jihatdan ikki qatlamga 
ajratildi: 
1. Emotsional-ekspressiv jihatdan betaraf so‘zlar. Bunday so‘zlarning 
semantik tarkibida faqat denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) mavjud bo‘ladi: 
yuz, oriq, ozg‘in, jilmaymoq 
kabi.
2. Emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor so‘zlar. Bunday so‘zlarning 
semantik tarkibida denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy 
bo‘yoqdor (ifoda semalari, konnotativ) ham mavjud bo‘ladi: 
Turq
(denotativ ma’no+ uslubiy bo‘yoq), 
dirdov
(denotativ ma’no+ uslubiy 
bo‘yoq), 
qiltiriq, ipiltiriq
(denotativ ma’no+ uslubiy bo‘yoq), 
irshaymoq
(denotativ 
ma’no+ uslubiy bo‘yoq) kabi [ Jamolxonov H., 2005: 211-bet]. 
“Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasi qahramonlarining his-hayajonli nutqlarida 
yoki voqea-hodisaga emotsional munosabatni ifodalovchi gaplari tarkibida maxsus 
ijobiy va salbiy bo‘yoqdor so‘zlar 
(o‘ktam, tabassum; turq, qo‘pol, tirjaymoq
kabi) 
ishlatilgan. Bu so‘zlar orqali qahramon ruhiyatida kechayotgan sevinish, qo‘rquv, 
g‘azab yoki psixologik jarayonlar hamda yozuvchining tasvir obyektiga nisbatan 
subyektiv munosabatini bilib olamiz. Bunday so‘zlar nutqning ekspressivligini 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
184 
ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” komediyasidagi 
quyidagi qahramon nutqini tahlil etamiz: 
Farmon. (Yelkasiga g‘ildirakni tashlab maykachan turgan Nigorani 
ko‘rsatib) Shu 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish