Mas’ul muharrir : filologiya fanlari doktori, prof. O. Safarov



Download 0,68 Mb.
bet15/38
Sana02.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#524096
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
Mas’ul muharrir filologiya fanlari doktori, prof. O. Safarov-1

Fransua Rable (1494 - 1553) Fransiya Uyg’onish davrining ulkan adibi va Yevropaning buyuk insonparvarlaridan biri. U Shinonda kichik sud amaldori oilasida dunyoga kelgan. Rable fransiskan cherkovining monaxi, keyin ruhoniy darajasini oldi. U tabiiy fanlar, tabobat bilan shug’ullangan va 1528 yilda cherkov hukumatining ruxsati bilan Parijga jo`nab ketadi. Keyinroq esa Lionda katta kasalxonaning vrachi bo`lib ishlaydi hamda shu shaharning o`zida yozganlarini chop ettiradi. Bir qancha vaqt Rable Italiyada yashab, botanika bilan shug’ullanadi. Ma`lumki, faqatgina cherkov va monastirlar o`zlarining mevazor bog’lari hamda seleksiya ishlari bilan mashhur bo`lishgan. Rable o`zigà tanish bo`lmagan meva, sabzavotlarning urug’larini va navlarini yig’ib, Fransiyaga jo`natar edi. 1533 yilda "Pantagryuel"ning birinchi qismi paydo bo`ldi. Aslini olib qaraganda, Rable "Buyuk va bahaybat ulkan odam (velikan) Gargantyua haqidagi bebaho va buyuk xronikalar" deb nomlangan xalq ertagi syujetini qayta ishlagan va undan foydalangan. Badiiy jihatdan zaif "Gargantyua" o`zidà keng folklorni hamda eski ritsarlik romanlarining qahramonlariga yo`naltirilgan o`tkir satirani o`z ichiga olgan. "Pantagryuel'" esa Rable tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, shu xalq kitobining davomi, ya`ni, asl nusxaning sodda yasamasi edi. 1534 yili "Pantagryuelning otasi, buyuk Gargantyuaning dahshatli hayoti haqidagi povest'" deb nomlangan kitob bosmadan chiqadi. Lekin bu kitob "Pantagryuel"ni orqaga surib, romanning birinchi kitobi bo`lib oldi. Bu asarda Rable tomonidan ko`tarilgan savollarning eng asosiysi sifatida Gargantyuaning tarbiyasi haqidagi muammoni keltirish mumkin. Qirol Granguz'e avval o`z o`g’lining tarbiyasini sxolastlarga topshiradi. O`rta asrlarda cherkov dogmalarini hech qanday mantiqiy sharhlarsiz, sun`iy ravishda izohlashga asoslangan falsafa va shu yo`nalish murabbiysi. Ammo sxolastika shu davrga kelib quruq yod oldirish usuliga o`tib olgan edi. O`qituvchilar bolaga o`rgatilayotgan narsalarni tutilmasdan, aytilayotgan so`zning mantiqiga yetmay turib, barchasini yod olishga majbur qilishar edi. Buning natijasida bola hech narsani o`rgana olmasdi. Rable kitobxonlarga Gargantyuaning gumanistlar tomonidan o`qitibo`rgatilishi haqidagi boblarda o`zining ideallarini bayon qiladi. Rablening asosiy pedagogik qarashlari italyan gumanistlari va Erazm Rotterdamskiyning qarashlari bilan to`g’ri keladi. Ular insonning aqliy va jismoniy rivojlanishi o`zaro uyg’unlikda kechishi, ya`ni, aqliy tarbiya albatta, jismoniy tarbiya bilan birgalikda olib borilishi kerakligini ta`kidalydi. Binobarin, Rable ta`lim-tarbiya jarayoni har xil fanlar bilan almashinib turishi, dam olishga ham vaqt ajratilishi kerak, shundagina ta`lim oluvchi ishtiyoq va xursandchilik bilan o`rganadi, degan mantiqqa tayangan. Shunday qilib, romanning syujeti xalq ijodidan olingan bo`lib, oddiy tilda bayon qilingan, uning tomirlari folklorga borib taqaladi. Rablening tili ham asosan, xalqchil, faqatgina muallif uni badiiy va ilmiy elementlarni qo`shib boyitgan. Rablening donishmandligi va yumori unga haqiqatdan ham jahon madaniyati tarixida abadiy romanni qoldirdi. Uning Gargantyua hamda Pantagryuelning bolaligi va tarbiyasi haqidagi kitoblari ko`pgina dunyo tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etildi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish