L'yuis Kerrol'(1832-1898).Asl ismi Charl'z Dodjons-Oksford universitetining professori, matematik, mantiq va tashxis sohasi bo`yicha mutaxassis, butun dunyoda L'yuis Kerrol' nomi bilan mashhur. Uning sevimli o`quvchisi kollej rektorining qizi Alisa Liddell uchun to`qigan ertaklari, "bema`ni", "mantiqsiz" ertaklar deb nom olgan va shuhrat qozongan. Ertaklar shu qizning ismi bilan "Alisa Liddell" deb nomlangan. U ajoyib matematik. Hozirga qadar uning ishlari o`zining isbotiga muhtoj emasligi hamda fikr va mulohazalarning mantiqan aniq va to`g’riligi bilan barchani hayratga soladi. Professor shu bilan birga, suratga tushirish (fotografiya) bilan ham shug’ullangan. Kerrolning tushirgan suratlari badiiy fotografiya tarixining eng noyob asarlari qatoridan o`rin olgan. Uning nomi ertak tarixiga bir umrga muhrlangan. "Alisa Ajoyibotlar Mamlakatida" ertagi muallifi mumtoz va folklor an`analarni mujassamlashtirgani holda o`ziga xos shunday shaklli asar yaratdiki, alal oqibat, istehzo va parodiya janridagi ertak paydo bo`ldi. "Alisa Ajoyibotlar Mamlakatida" yoki "Alisa Oyna Ortida" ertaklari yana shunisi bilan farqlanadiki, undagi "mantiqsizlik" ortida, xuddi bolalar hazilida ijtimoiy satira yashiringanidek, sog’lom fikr yashirin. Kerrolning kitoblari "bolalar uchun emas", deb topilishining yana bir sababi shundaki, bu viktorianlik jamiyatida fikr yuritish ta`qiqlangan muammolar haqida yozishning yakkayuyagona yo`li bo`lgan usulni o`ylab topganligidadir. Birinchi bo`lib asarning "bolalar uchun emas", "kattalarga yo`naltirilgan"ligini asarga rasmlar chizgan illyustrator Alisani "boladek bo`lmagan qizcha" sifatida tasvirlagan, malakali siyosiy karikaturachi Jon Tennil his qildi, ammo muallifning o`ziga bu narsa unchalik yoqib tushmadi. Shunga qaramasdan, bolalar uchun "Alisa"ni g’ayritabiiy ekanligini inkor qilib bo`lmaydi; avvalo, qahramon bilan bir qancha sehrli sarguzashtlar hamda qiziqarli voqealar sodir bo`lishinigina fahmlayotgan o`quvchi uchun. Alisà haqiqatdan ham mangu bo`lib qoldi, Irland dengizi bo`yidagi Landudnoda Alisa va Oq quyonchà sharafiga katta me`moriy yodgorlik barpo etilgan.
Tayanch so`zlar: "Beovul'f" , Aylana stol, anglosaks, alliteratsiya, ritsar, ballada, antik syujet, Robin Gud, gotik, kundalik, qo`lyozma, yangi bolalar kitobxonligi, "Robinzon Kruzo", aristokratik jamiyat, mumtoz sarguzasht, realistik fantastika, g`ayritabiiy sarguzasht, liliput, velikan, tarixiy roman, detektiv janr, kameta, jungli, tashxis, badiiy fotografiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |