10
MATEMATIKA FANIDA ELEKTRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGI
Miskinova Ro‘za Shamuratovna
Xorazm viloyati Urganch shahar
19-son umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi
Telefon: +998(94) 237-55-72
Avtogross272@umail.uz
Annotatsiya: Ushbu maqola o‘qituvchilarga elektron darsliklar yordamida matematika
o‘qitish samaradorligini oshirishda yordam beradi.
Kalit so‘zlar: Elektron darslik ,muammoli ta’lim, , mustaqil va erkin fikrlash.
Mustaqil respublikamiz milliy, ijtimoiy–iqtisodiy va ma’naviy yuksalishining tub manbai
maktabdan bashlanadi. Yurtimizning ulug‘ matafakkirlari inson kamoloti va davlat mavqei ilm–
fanda deb biladilar.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni oila, jamiyat, davlat oldidagi
ma’suliyatni anglab yetadigan har tomonlama yetuk shaxsni shakllantiruvchi intelektual va ilmiy
kuchlarni taraqqiy ettirishdek yuksak maqsadlarni belgilab berdi.
“Oldimizda mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda
ma’naviy qadriyatlarni ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda har qanday ulug‘ maqsadlarga
yetish, yangi jamiyat, farovon turmush gurish, inson zotiga munosib go‘zal hayot barpo etish
avvalo shu jamiyat a’zolari bo‘lgan komil odamlarga, barkamol avlodga bog‘liqdir. Shu boisdan
ham hozirgi kunda xalqimiz, farzandlarimiz iqbolini o‘ylab, qattiq bel bog‘lab mehnat qilayotgan
bir davrda yashash yanada teran ma’no kasb etadi”, deb bejizga aytilmagan. Bu fikrlardan to‘gri
xulosa chiqarisni lozim bo‘lgan biz xalq maorifi xodimlari komil va yetuk insonlarni tarbiyalashga
bor bilimimiz va kuch g‘ayratimiz bilan kirishishimiz kerak.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunni bajarish uchun o‘qituvchilar qator vazifalarni amalga oshirishga
to‘gri keladi. Bugungi kunda metematika fani o‘qituvchilaridan ham Davlat ta’lim standarti
talablari asosida ilg‘or pedagogik tehnologiya vazamonaviy dars o‘tish usullaridan foydalangan
holda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish talab yetiladi. Darslarni ilg‘or pedagogik tehnologiya
usullaridan foydalanib, noan’anaviy usullarda tashkil yetish o‘quvchilarni shu fanga qiziqishlarini
yanada oshiradi. Bunday darslarni tashkil etishning yana bir ahamiyatli jihati shundaki o‘quvchilar
darsda tinglovchi bo‘lib qolmasdan, balki faol ishtirok etuvchi bo‘ladilar. Ilg‘or pedagogik
tehnologiyalar ta’lim jarayoninig ta’sirchangligini oshiradi. Men metematika darslarida ko‘proq
muammoli ta’limni joriy etilishini ma’qul deb bilaman, chunki muammoli ta’lim, o‘quvchilarni
mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi. O‘quvchilarda bilimga qiziqish va ehtiyojni oshiradi.
Bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish,ko‘nikma va malakalarini
shakllantiradi. Har bir o‘qituvchi shuni yodda tutishi kerakki, dars o‘quv tarbiya jarayonining asosiy
formasidir. Bugungi kunning asosiy talabi o‘quvchilsrni mustaqil fikrlashga, erkin so‘zlashga ,
muammolarni mustaqil hal qilishga, ijod qilishga, Ta’lim to‘g‘risidagi qonunni bajarish uchun
o‘qituvchilar qator vazifalarni amalga oshirishga to‘gri keladi. Muammolarni mustaqil hal qilishga,
ijod qilishga, hamda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro hamfikrlilik muhitini yaratishga
qaratilgandir.
Pedagogik jarayonda do‘stona muhitni yaratish omillaridan biri muammoli ta’limdir. Ushbu
darslarda quyidagi faoliyatlar olg‘a suriladi:
-muammo har doim o‘quvchining ma’lum bir faoliyatga bo‘lgan qiziqishini orttiradi;
-darsda muammoni hal qilish davomida o‘quvchining muloqotga kirishishi kommunikativ-
muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi;
-o‘quvchining o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimini va o‘zligini namoyon etishga imkon yaratadi;
-o‘quvshilar ortasida ijodiy muhit tarkib topadi, muammoni hal etishda ijodiy va mustaqil
faoliyatga ega bo‘ladilar;
-muammoni hal qilish mobaynida musobaqa, raqobat vujudga keladi;
-mavzuga doir bilim, malaka va ko‘nikmalar -mavzuga doir bilim, malaka va ko‘nikmalar
rivojlanadi.
Muammoli ta’limda darslar orqali quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:
486
10
Ta’lim-tarbiya berish.
Shaxsni rivojlantirish.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish.
Bilimlarni nazorat va tahlil qilish.
Boshqa fanlar bilan o‘zaro muloqotni amalga oshirish.
Erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tanlagan kasblariga yo‘naltirish.
O‘quvchilarni muloqot va nutq madaniyatini oshirish.
O‘zaro do‘stona muhitni yaratish.
Muammoli ta’lim darslarda o‘quvchilarning bilim olishida quyidagi talablarga amal qilishi
kerak:
- muammoli ta’lim darsdagi mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad va
vazifalarini hal qilishga qaratilgan bo‘lishi;
- amaliyotdagi muhim muammolarga bog‘lanib ular dars davomida hal qilinishi yoki uyga
vazifa qilib mustaqil ish sifatida berilishi mumkin;
- barkamol avlodni tarbiyalash tamoyillari sharqona axloq-odob qoidalariga mos kelishi;
- muammoda mantiqiy ketma-ketlik bo‘lishi;
- ta’lim prinsiplariga amal qilinishi va kam vaqt sarflanishi kerak.
Muammoli ta’limning qiyidagi turlarini keltirish mumkin;
1. Mavzuga doir muammo.
2. Misol va masala yechishdagi muammo.
3. Geometrik yasashga doir muammo.
4. Isbotlashga doir muammo.
5. Tarixiy masalalarni o‘rganishda paydo bo‘ladigan muammo.
Mustaqil O‘zbekistonning ravniqini chuqur va asosli bilimga ega bo‘lgan, ilmiy tafakkuri
o‘sgan,tadbirkor va ishbilarmon yoshlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu yoshlarni tarbiyalash
, aqliy imkoniyatini, qobiliyatini,iqtidorini yuzaga chiqarish biz o‘qituvchilarning eng mihim
vazifamizdir.
Bugungi kunda muallim o‘z fanini chuqur bilishi, doimo izlanishi zarur. Men har bir darsimni
qiziqarli va zamon talabi asosida o‘tishga harakat qilaman. Maqsadim, kuchli o‘quvchilarga keng
va mazmunli bilim berish, bo‘shroq o‘quvchilarga esa o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
DTS talablari asosidagi bilimlarini o‘zlashtirishdir.
Matematikaning bir bo‘lagi bo‘lgan geometriya fani o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.Ta’lim
tizimidaturlixilan’anaviyo‘quvadabiyotlariichidadarsliko‘ziningahamiyatigako‘raalohidao‘rineg
allaydi. CHunki eng samarali va eng ko‘p tarqalgan didaktik manba bo‘lib, ta’lim oluvchilarga
o‘rganish vositasi sifatida xizmatqiladi. Talablarga mos bo‘lgan darsliklarning yaratish muhim
masalalardan biridir Elektron o‘quv qo‘llanma - darslikni qisman yoki to‘la o‘rnini bosuvchi, yoki
to‘ldiruvchi va qo‘llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elektron maxsulot
hisoblanadi. Elektron o‘quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki
bilimlarini rivojlantirishga va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Elektron o‘quv adabiyotlari eng asosiy vakili elektron darslik hisoblanadi. Elektron darslik –
kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda
fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga
mo‘ljallangan Elektron topshiriqlar-o‘qituvchiga ta’lim oluvchilarning individul imkoniyatlarini
hisobga olgan holda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini
o‘zida aks ettiruvchi axborot manbasining muhim ko‘rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim olu-
vchilarga an’anaviy «qog‘oz» li va elektron variantlarida tavsiya etilishi mumkin.Mamlakatimiz
uzluksiz ta’lim tizimiga kirib kelayotgan zamonaviy kompyuterlar asosida ta’lim muassasalarini
axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’limda elektron darsliklarni yaratish uchun yo‘l ochib berdi.
Elektron darslik va bosma darslik quyidagi umumiy jihatlarga ega:
- o‘quv materiali bilimlarning ma’lum sohasi bo‘yicha bayon qilinadi;
- o‘quv materiali fan, texnika, texnologiya va madaniyatning zamonaviy yutuqlari darajasida
yoritiladi;
- o‘quv materiali darsliklarda tizimli bayon qilinadi, ya’ni darslikning yaxlitligini ta’minlaydigan,
ma’noli munosabat va- o‘quv materiali darsliklarda tizimli bayon qilinadi, ya’ni darslikning yax-
litligini ta’minlaydigan, ma’noli munosabat va aloqali ko‘plab elementlardan tashkil topgan butun
487
10
tugallangan asarni o‘zida tasvirlaydi.
Elektron darslik o‘qituvchilar uchun ham qulay, chunki;
• ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda asosiy tushuncha va g‘oyalarni tushuntirishga ko‘proq
vaqt ajratiladi;
• murakkab hisobli nazorat ishlari kompyuter yordamida tekshiriladi; O‘quvchilar ekran
kadrlarining almashuvini o‘zlari mustaqil boshqara olishlari, istalgan mavzu yoki ma’lumotlarni,
tushunchalar, fikrlar, illyustratsiya materiallari va multimediyalarni ekranga chiqarish imkoniga
ega bo‘lishi kerak. O‘quvchilarga o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini nazorat savollari va testlarga
javob berib va amaliy mashgulotlarni bajargan holda tekshirib ko‘rishi kabi imkoniyatlar yaratilgan
bo‘ladi.
Bugungi kunda muallim o‘z fanini chuqur bilishi, doimo izlanishi zarur. Men har bir darsimni
qiziqarli va zamon talabi asosida o‘tishga harakat qilaman. Maqsadim, kuchli o‘quvchilarga keng
va mazmunli bilim berish, bo‘shroq o‘quvchilarga esa o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
DTS talablari asosidagi bilimlarini o‘zlashtirishdir.
Matematikaning bir bo‘lagi bo‘lgan geometriya fani o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu fanni,
o‘rganish jarayonida, yani teoremalarni isbotlashda,mulohazalarni to‘g‘ri, go‘zal tuzilganligi,
geometrik shakllarning rang-barang qirralarini o‘rganishda va simmetrik tushunchalarni
shakllanishi bilan o‘quvchilarni nozik didli, go‘zallikka ehtiyojli, fahm-farosatli qilib tarbiyalaydi.
Ulug‘ allomalarimiz Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Farg‘oniy, G‘iyosiddin Al Koshiy,
Umar Hayyom, MirzoUlug‘beklarning matematikaga qo‘shgan hissalarini o‘rgatish, ularni
vatanparvarlik, milliy iftihor ruhida tarbiyalaydi.
Hozirgi kunda “Matematika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishning dolzrab masalalaridan”
biri, bu muammoli ta’lim orqali o‘quvchilarning mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatlarini
oshirish, mavzuni boshqa fanlarga bog‘lab tushintirish, o‘qitilayotgan fanga bo‘lgan qiziqishlarini
rivojlantirishdan iboratdir.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi.
Toshkent-«SHark».-2002.
2. A.A.Abduqodirov, A.X.Pardaev, Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti, Monografiya,
Toshkent: Fan, 2009. 146 b.
3. M.Aripov va boshqalar, Axborot texnologiyalari, O‘quv qo‘llanma, Toshkent: Noshir, 2009.
368 b.
4. D.M.Amirov va boshqalar, Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, Izohli lug‘at,
Toshkent, 2010.576 b.
5.M.T.Xodjiev, SH.Razzokov. Elektron darsliklarni yaratish tamoyillari, afzalliklari, ularga
qo‘yiladigan talablar va ishlab chiqish bosqichlari. Buxoro: «Texnotasvir».-2004.
6. A.A.Abduqodirov, Umumt¬a’lim maktablari uchun elektron darslik yaratishning nazariy
asoslari//Pedagogik maxorat. – Toshkent, 2003. №2.
7. Q.T.Olimov. Maxsus fanlar bo‘yicha elektron darsliklarni yaratishning uslubiy asoslari.
488
Do'stlaringiz bilan baham: |