10
BOLANI QACHONDAN O‘QISHGA O‘RGATISH MUMKIN?
Mo‘minova Zulhumor Abdumannonovna
Andijon viloyati Baliqchi tumani 54-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998(90)1458210
Annotatsiya. Ushbu maqolada bolani qachondan boshlab o‘qitishga oid ma’lumotlar, bolaning
rivojlanish davrlari, boladagi ruhiy holatlar, bolaning o‘qishga tayyorligini aniqlashda yuzaga
kelgan muammolar va ularni bartaraf e’tish yo‘llari, mashxur pedagog: N. Zaysev metodikasi,
uning ta’lim jarayonidagi afzalliklari, kamchiliklari izohlangan.
Kalit so‘zlar: O‘qish,5-8 yoshli bolalar, boshlng‘ich sinf, Nikolay Zaysev metodikasi.
Farzandining har tomonlama yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishini xohlovchi har bir ota-ona o‘z
farzandiniing o‘qiy olish qobiliyati hayotda qanchalik ahamiyatli ekanini his qiladi. Lekin ayrim
ota-onalar uchun o‘z jigargo‘shalarini shundoqqina bo‘g‘cha va maktabga kuzatib qo‘yishning
o‘zi bilan cheklanadilar. Bu bilan bola taqdiri uchun to‘liq javobgarlikni tarbiyachi yoki o‘qituvchi
ustozlar yelkasiga yuklashni afzal bilishadi. G‘amxo‘r ota-onalar farzandlari bilan qo‘shimcha va
mustaqil shug‘ullanishlari uchun yordam beradilar.
Ko‘plab ota-onalar farzandlari tezroq o‘qishni o‘rganib olishlarini xohlashadi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, mutoala jarayoni o‘ziga xos nozikliklarga ega. Ayrim mutahasislar bola
qancha ertaroq o‘qishni o‘rganib olsa, shuncha yaxshi bo‘ladi deyishsa, boshqalari erta o‘qishni
o‘rgatish bolada ko‘rish qobiliyatining pasayib borishi xavfi ortib ketishidan ogohlantiradilar.
Biz bolaga o‘qishni o‘rgatish uchun qaysi yoshni belgilab olishimiz kerak?
Bola qanday rivojlanadi?.
Umumiy ma’lumotlar:
Xomiladorlikning dastlabki davridan boshlab bola tug‘ilib 3 yoshga kirgunicha bosh miyaning
birinchi funksional bloki shakllana boshlaydi. Miyaning bu qismi bolaning tanasi, anglash va
emotsional idroki uchun javob beradi.
5 yoshdan 5-8 yoshgacha miyaning 2 bloki shakllana boshlaydi. U 5 ta sezgini boshqaradi:
teginish, ta’m bilish, hid bilish, eshitish va ko‘rish.
Ongli - ruhiy faoliyat uchun miyada 7 yoshdan 15 yoshgacha shakllanish davri bo‘ladi. Aniq
hisobga olishimiz kerakki, miyaning funksional bloklari ketma ketlik asosida shakllanadi. Ota-
onalarning aynan mana shu bog‘liqlikni hisobga olmasdan qabul qilgan qarorlari bola tabiatiga zid
kelib, salbiy holatlarni chaqirishi mumkin.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib biz bolani oq’ishga o‘rgatish uchun ma’lum vaqtlarni
aniqlab olishimiz kerak.
Bolani qachon o‘qishga o‘rgatsa bo‘ladi?
Bolani o‘qishga o‘rgatish uchun mos yosh qaysiligi to‘g‘risida ko‘plab fikrlar mavjud. Ayrimlar
Doman kartochkalarini bola 6 oyligidayoq ko‘rsatishni boshlash mumkin deyishsa, boshqalari,
yaxshisi, 3-4 yoshdan boshlab alifboni tanishtirishni boshlash mumkin deyishadi. Lekin, barcha
pedagoglar bittya fikrda yakdildirlar. Ular bolada nutq to‘liq shakllanmagunicha o‘qishga o‘rgatish
notog‘ri deb baholashadi. Agar qaysidir 3-4 yoshli bola kitoblarga jiddiy qiziqayotgan bolsa unga
albatta o‘qishni o‘rgatish nafaqat mumkin, balki shart.
Bolani o‘qishga tayyorligini aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor beramiz:
Birinchidan, bolada nutq to‘liq shakllanga bo‘lish kerak. U so‘zlar va gaplarni to‘g‘ri tuzib,
hech bo‘lmasa kichkina hikoya aytib bera oladigan bo‘lishi kerak;
Ikkinchidan, bolada logopedik nuqsonlar yo‘q bo‘lishi kerak; Chunki bu nutqni noto‘gri
talaffuziga, notog‘ri ohanga sabab bo‘ladi;
Uchinchidan,bola bemalol harakatlana oladi va chapga, o‘nga, tepaga, pastga buyruqlarini
adashtirmaydi;
To‘rtinchidan, bolada fonematik eshitish qobiliyati yetarlicha shakllangan bo‘lishi kerak. Bunda
bola so‘zlarning orasidagi barcha tovushlarni ajrata oladi;
Agar yuqoridagi holatlarda muammolar mavjud bo‘lsa, boladagi aniqlangan muammolar ustida
ko‘proq ishlash kerak. Logoped mutahasis bilan, novropatolog bilan va boshqa mutahasislar bilan
hamkorlikda ishlash kerak. Mammolar hal bol’gach esa, sekin- asta o‘qishni o‘rgatishga kirishish
mumkin.
493
10
Bolani o‘qishga o‘rgatishning eng mashhur metodikalari:
Biz hammamiz ko‘k rangdagi alifboni yaxshi eslaymiz. Vaqt o‘tib borishi bilan avval bizga
tavsiya qilingan o‘qitish instrumentlari bugun eskirdi va dolzarbligini yo‘qotdi. Uning o‘rnini
o‘qitishga o‘rgatishning maxsus metodikalari egallay boshladi. Hozir e’tiboringizga bir nechta
o‘qitish metodikalari va ularning yutuq hamda kamchilikalri haqida ma’lumot berib o‘taman.
Avvalombor aytib, eslatib ketmoqchimanki, bolaga 4-5 yoshdan vaqtliroq hech qachon o‘qitishga
harakat qilmang! Biz quyida bolajonlarga erta o‘qishni o‘rgatishning mualliflik metodikalari bilan
tanishtitrib o‘tamiz.
Nikolay Zaysev metodikasi:
Bu o‘qitish tizimining mazmuni shundan iboratki, bu metodika 20 yildan ortiqroq vaqt ishlatil-
ib kelinmoqda va u bolalarga harflar va tovushlarni emas, balki yig‘ish, yasashga qaratilgan. Meto-
dikaning asosiy instrumenti sifatida bolada tilning fonetik tarkibini o‘zlashtirishiga mo‘ljallangan
statik kubiklardan foydalaniladi.
Bundan tashqari 12 ta gruhga bo‘lingan didaktik materiallardan iborat.
Oltin, temir va yog‘och kubiklari turli xildagi rang-baranglik bilan boyitilgan.
Bola kubiklar yordamida unli va undoshlarni, jarangli-jarangsiz, qattiq va yumshoq tovushlarni
ajratishni o‘rganadi.
Kubiklarga qo‘shimcha mahsus jadval mavjud bo‘lib, uni bolaning bo‘yidan bir oz balandro-
qqa osib qo‘yiladi. Bundan tashqari maxsus audio materiallar ham bor.
Ota onalar bolaga o‘qishni o‘qigatayotganlarida, shunchaki o‘qib bermaydilar, balki, bo‘ginlarni
kuyga solib aytadilar. Bu usul “hirgoyi” usuli deyiladi.
Jadval materillarni yanada mustahkam o‘zlashtirishi uchun ishlatiladi. Zaysev metodikasidan
doimiy foydalanish natijasida bola 240 ta rus tilidagi bo‘g‘inlarni oson eslab qoladi.
Aytish joizki, Zaysev metodikasi, chapaqay va psixoemosional buzilishlari bor bo‘lgan bo-
lalarda juda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Biroq pedagoglar tomonidan metodikaning salbiy jihatlari ham borligi aytildi.
Metodikaning afzalliklari:
· Bolalar harflar uyg‘unligini yaxshi eslab qoladilar;
· Kubiklardagi harflar uyg‘unligi bolaga kelajakda bemalol yoza olishiga yordam beradi;
· Metodika hech qaysi yosh bilan chegaralanmaydi;
· Bola kubiklar bilan mustaqil ishlay oladi;
· Kubiklar bolaning kichik motorikasi va sezgi a’zolarini faollashtiradi;
Kamchiliklari:
Bolalar qo‘shimchalarni oxirigacha aytmay yutib yuboradilar;
· Bolalar so‘zlarni bog‘ashda ma’nolarini tushunishda qiyinchilikka duch keladilar;
· Metodika ketma ketlikda emas;
· Boshlash uchun maxsus tayyorgarlik talab qiladi;
· Metodikaning narxi yuqori.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S. A .Kozlova “Maktabgacha pedagogika”
2. Yu. B. Gippenreyter “Bola bilan qanday gaplashamiz?”
3. Ziyo. Net. com axborot manbai.
494
Do'stlaringiz bilan baham: |