10
BOSHLANG‘ICH SINFDA TA’LIM SAMARADORLIGINI PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH
Mo‘ydinova Ma’muraxon To‘lanovna
Andijon viloyati Asaka tumani 34-umumta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: maqolada boshlang‘ich sinfda ta’lim samaradorligini oshirishda pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, boshlang‘ich ta’limdan boshlab o‘quvchilarda
o‘qish, rivojlantirish, mustaqil faoliyatni amalga oshirish yuzasidan tushunchalar berilgan.
Kalit so‘zlar: pedagogik texnologiya, ma’naviy, ahloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy,
intellektual, o‘zbek modeli, metod, motivatsiya.
Mamlakatimizda umumiy ta’lim, jumladan, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘rta
ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga ularda o‘qish, mehnat qilish, tashabbus ko‘rsatish, mus-
taqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni taraqqiy ettirish kabilar ham amalga oshirilmoqda. Bu
esa boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borilishi
zarurligini taqozo etadi.
Pedagogik texnologiyalar mohiyatini to‘laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug‘aviy
ma‘nosini tushunib olish taqozo etiladi. «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, “techne” - mahorat,
san‘at va “logos” - tushuncha, ta‘limot, fan ma‘nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiyalar an‘anaviy ta‘lim shakl va metodlaridan farqli ravishda pedagogik
faoliyatni oldindan loyihalash, maqsad va vazifalarni aniq belgilash, o‘quvchi, boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari tomonidan o‘zlashtirilishi nazarda tutilayotgan bilim, ko‘ngikma va malakalar
darajasini tashxislash, ta‘lim samaradorligini aniqlash va baholash kabi harakatlarning amalga
oshirilishini taqozo etadi.
Pedagogik faoliyatning maqsadi aniq, puxta, shuningdek, tashxislangan bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Bu quyidagi holatlarni vujudga keltiradi: a) shaxsning ma‘naviy-axloqiy sifatlari va
aqliy salohiyati shunday aniq va ravshan ifodalanadiki, natijada hosil bo‘ladigan intellektual-
axloqiy sifatlarini o‘quvchi yoki o‘quvchining boshqa xislatlaridan farqlay olish imkoniyati
yaratiladi; b) shaxsning tashxislangan ma‘naviy-axloqiy sifatlari va aqliy salohiyatining
shakllanadigan darajasini haqqoniy nazorat qilishga yo‘naltirilgan aniq usullarning mavjudligi
ta‘minlanadi; v) shaxsning avvaldan tashxislangan sifatlarini aniqlashga yo‘naltirilgan nazorat
unda hosil bo‘lgan aqliy-axloqiy sifatlar darajasini belgilabgina qolmay, balki pedagogik faoliyat
samaradorligini ham aniqlaydi; g) tashxislash maqsadi doirasida shaxsning aqliy-axloqiy sifatlari
darajasini belgilovchi mezonlarning ishlab chiqilishi hamda ularga tayangan holda faoliyat olib
borish shaxs bilim, ko‘nikma va malakalarining sifatini baholovchi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalarni ta‘lim amaliyotida qo‘llash bilan birga ularning samaradorligini
ham baholashga alohida ahamiyat berish kerak. Pedagogik texnologiyalarning samaradorligini
aniqlash mezonlari pedagogic faoliyatni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va uning
natijalanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar ta‘limi tizimi amaliyotida yangi pedagogik
texnologiyalardan tobora kengroq foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham bu borada
bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. Bizning bosh maqsadimiz bo‘lgan o‘zbek modelini
amalga oshirishda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy, ma‘rifiy yo‘nalishlardagi islohatlarni
amalga oshirishda demokratik, fuqorolik, jamiyatimizning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi
erkin shaxs tarbiyasi, uning mustaqil tafakkurini uzluksiz ta‘limning dastlabki bosqichlaridan
shakllantirib borish fuqorolik jamiyatining asosiy talablaridan biridir.
O‘sib kelayotgan yosh avlodda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish, sog‘lom va
barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish murabbiylarning muhim burchidir. Chunki, mustaqil
fikrlovchi o‘quvchilargina kelajakda har tomonlama yetuk, barkamol insonlar bo‘lib yetishib,
mustaqil respublikamizni ilg‘or jahon davlatlari qatoriga olib chiqadilar. Umuman, boshlang‘ich
sinflarda joriy etiladigan yangi pedagogik texnologiyalar, avvalo, fanlar orasidagi bog‘liqlikni
ta‘minlash, bolalarni ortiqcha qiyinchiliklardan ozod etish, buning uchun fanlarni integratsiyalash,
o‘quvchi faliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, sinfda va sinfdan tashqari
vaqtlarda bolalar orasida tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, erkin fikrlash, ijodiy izlanish
489
10
tizimini yaratish kabi qator ishlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Bunda o‘quv omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya o‘qituvchilarning
o‘quvchilarga muloqot asosida ta‘sir etish yo‘llarini ham o‘z ichiga oladi. Keng tarqalgan metod
yoki muloqot ta‘sirlari quyidagilardan iborat: ishontirish, isbotli natijalarga asoslanish, bevosita
hamda bilvosita ta‘sir, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zaro ta‘sir metodlari.
Pedagogik texnologiyani o‘quv mashg‘ulotlariga faol tadbiq etish hisobiga ta‘lim jarayonining
rag‘bati (motivatsiyasi) kuchaytirilishi mumkin. Ma‘lumki, tayyor holda olingan bilimlar,
odatda, ularni amaliyotda qo‘llashni qiyinlashtiradi, bu ayniqsa, aniq biror buyumni tayyorlashda
namoyon bo‘ladi. Shuning uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishda o‘quvchilarning
bevosita faoliyat ko‘rsatishlari talab etiladi. Bu muammoning yechimi boshqaruvga asoslangan
pedagogik texnologiyaning qo‘llanishi bilan bog‘liqdir.
Xulosa qilganimizda, ta‘lim–tarbiya jarayoni har bir o‘qituvchi va pedagogdan katta aql-
zakovat, sabr-matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo‘lishni talab
etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib boruvchan bo‘lishi,
o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish
darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda so‘z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam
bera olish qobiliyati ta‘lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta‘minlovchi omillardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.X.Avliyoqulov, N.Musayeva Pedagogik texnologiyalar. Toshkent-2008y.
2. N.X.Avliyoqulov Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. Toshkent-2001y.
3. R.Ishmuhamedov, M Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-
T.: “Nihol nashriyoti, 2013 yil
490
Do'stlaringiz bilan baham: |