10
MATEMATIKA DARS JARAYONIDA AKT DAN FOYDALANISH
Ergasheva Munira Erkinova
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar
chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabining
matematika fani o‘qituvchisi
Tel:+998933120290 Email :Muniraerkin85@inbox.uz
Annotatsiya: Matematika darslarida kompyuter dasturlaridan foydalanishning afzalliklari va
kamchiliklari va matematika darslarida multimediya ishlanmalridan foydalanish yo‘llari haqida
so‘z yuriltilgan
Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentini «2001-2005 yil-
larda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «INTERNET»ning xalqaro axborot
tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari
tо‘g‘risida»gi qarori, «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish tо‘g‘risida»gi farmoni ta’lim jarayonini sifat va samaradorligini os-
hirishga qaratilgan. Elektron ma’lumotlar, ensiklopediyalar, ta’lim beruvchi dasturlar, ta’lim olu-
vchilar bilimlarini avtomatik nazorat qilish vositalari, elektron darsliklar, trenajyorlar va virtual
stendlar kabi elektron vositalarni yaratishga zarurat tug‘dirdi. Respublikamiz ta’lim muassasala-
rida о‘quv jarayonini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’lim tizimi uchun elektron darsliklar
yaratishga keng yо‘l ochib berdi.
Elektron darslikda kо‘rgazmalilik bosma darslikdagidan kо‘ra yuqori bо‘ladi. Elektron dars-
liklarda kо‘rgazmalilik, animatsiyalar, tovushlar, giperjо‘natishlar, videolavhalar va boshqalar
kabi multimediali texnologiyaladan foydalanish orqali ta’minlanadi. Elektron darslik sinov top-
shiriqlari va testlarining kо‘p variantliligi, kо‘p darajaliligi hamda hilma-hilligini ta’minlaydi.
Noaniq javob paytida tushuntirishlar va izohlar orqali aniq javob berishga erishish mumkin.
1. о‘quv mashg‘ulotlarini sifatli darajada о‘tkazilishini ta’minlash;
2. bilimlarni hosil qilish va о‘zini baholash imkoniyatlarini yaratish;
3. ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni о‘zaro yaqinlashtirish;
4. axborotli ta’lim resurslari rivojlanishining garmonik tasnifiga ega bо‘lish;
5. matnli va boshqa axborotli materiallar yangilangan (gipermatnlar) va illyustratsiyalangan
(multimedia vositalari, rasmlar, jadvallar, daigrammalar va boshqalar) bо‘lishi kerak.
Elektron darslikning bosma darslilardan afzalligi mustaqil ta’lim olishni, ijodiy fikrlashni,
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida malaka va kо‘nikmalarni shakllantirish orqali о‘quv
materiallari va ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama chuqur о‘zlashtirilishiga mо‘ljallangandir.
Shu bilan bir qatorda elektron darslilar ilmiy ma’lumotlarning jamlanganligi, kо‘rgazmalarga
boyligi, ya’ni turli xil animatsiyalardan foydalanganligi, ta’lim oluvchilarning yoshi va fiziologik
xususiyatlarini hisobga olganligi jihatidan an’anaviy о‘quv adabiyotlaridan afzalroqdir.
Elektron darslik о‘quv jarayoni sifatini oshirish, о‘qituvchi mehnatini yengillashtirish,
о‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, о‘quv jarayonida kompyuter texnikasidan foydalanish
uchun keng ochib berdi.
Mavzu matnini tushunarli va mantiqiy usulda tuzish, о‘rganish jarayonini osonlashtirish uc-
hun illyustratsiya va chizmalardan foydalanish.
Umum ta’lim fanlari bо‘yicha yaratilgan elektron darsliklardan foydalanish jarayonida о‘qitish
jarayoni sezilarli ravishda individuallashadi. О‘quvchilarning mustaqil ishlari, eksperimental
izlanishlarining chegaralari kengayadi.
Foydalanuvchi uchun qulay bо‘lgan yakka tartibda fanning nazariy qismini о‘rganish, tajriba
va eksperimental izlanishlarni о‘tkazish, mashq qilish harakatlari bilan amaliy kо‘nikma va ma-
horatga ega bо‘lish, о‘z-о‘zini nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi. Bitta elektron darslikning о‘zi
ma’ruza, tajriba, amaliy mashg‘ulotlarda, kurs loyixasi va bitiruv ishlarini bajrishda, mustaqil
ta’lim olish, joriy va yakuniy nazoratni о‘tkazish paytida qо‘llanishi mumkin.
Ta’lim oluvchilar bilim darajasining nazoratini amalga oshirish va testlashtirishga mо‘ljallangan
о‘quv dasturli vositalarning qо‘llanilishi о‘qituvchilarning kо‘p variantli amaliy topshiriqlarni
shakllantirish va ularning bajarilishini nazorat qilish bо‘yicha qо‘l mehnatini sezilarli ravishda
392
10
kamaytiradi. Bunda о‘zlashtirilgan bilimlarni tez-tez nazorat qilish imkoniyati ta’lim olishga
bо‘lgan qiziqishni oshiradi.
Matematika darslarida matematik paketlardan foydalanilgan holda mashg‘ulotlarni o‘tkazish
o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni hosil qiladi:
Kompyuter savodxonligini rivojlanadi, darsda bilim olshga bo‘lgan qiziqishini oshiradi,
axborot madaniyatini shakllanishi, o‘quvchilarni bilim saviyasini oshishi, darsni ikki tomonlama
olib borilishi buning natijasida narotini oshishi,bilimi past o‘quvchilarni darsga qiziqishini
oshishi,o‘quvchilarni baholash osonlashishi hamda bularning natijasida o‘quvchilarni kelgusi
kasbiy faoliyatiga etuk mutaxassis bo‘lib etishishlariga olib keladi.
Foydalangan internet saytlar
1. http:// ziyonet.uz//-Ta’lim va fan qidirish tizimi
2. http://www.ref.uz//-Mustaqil ish , referat va yozma ishlar qidirish tizimi
3. www.google.uz-axborot qidirish tizimi
393
Do'stlaringiz bilan baham: |