Масъул муҳаррир


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA 
TARBIYACHI SHAXSIGA QO‘YILGAN TALABLAR
Djumaniyazova Laylo Tangirberganovna
Xorazm viloyat Gurlan tuman 24-son
maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi.
+99893 2826053 Laylo.djumaniyozova@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda 
tarbiyachi shaxsiga qo‘yil bugungi kunning zamonaviy o‘qituvchisiga qo‘yilgan yangicha talablar 
va ularning vazifalari, hamda tarbiyachining mashg‘ulotlar davomida qo‘llaydiga tarbiyaviy 
metodlari o‘z aksini topgan. 
Kalit so‘zlar: tarbiyachi, bola, nutq, tarbiya, tadqiqot, vazifa
Bugungi kun tarbiyachisi. U oddiy bola qarovchisi yoki enaga emas, bugungi kun o‘zgardi, 
zamon o‘zgardi, dunyo o‘zgardi. Bugungi kun tarbiyachisiga qo‘yilgan talablar o‘zgardi. 
Tarbiyachi imidji o‘zgardi. Tarbiyachi eng avvalo bolani sevishi kerak. Bolalarga bo‘lgan 
muhabbat esa o‘z-o‘zidan boshqa talablarni astoydil bajarishga zamin yarata oladi. “Tarbiya -
buyuk ne’mat, u kishi taqdirini belgilaydi”, - degan edi rus faylasufi V.G. Belinskiy. Ta’limning 
eng birlamchi bo‘g‘ini bo‘lmish maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni 
bilasizmi? Ular hali yozilmagan oq qog‘ozlar! Ular podshohlar! Ular malikalar! Ularning 
ko‘ngillari pokiza. Ular gapirayotgan gaplar, shirali nutq, shirin tabassum, qilinayotgan orzular 
o‘zgacha. Ularning olamiga gard yuqtirishga hech birimizning haqqimiz yo‘q. Bugungi kun 
tarbiyachisi esa bolalarning orzulariga qanot, podshohligiga vazir, zabonlariga so‘z, niyatlariga 
maslakdosh bo‘lmog‘i, sho‘xliklari-yu erkaliklariga qanoatli, araz va ginalariga sabrli bo‘lishi 
lozim.
Rus publisisti va adabiy tanqidchisi D.Pisarev “Tarbiyalashda eng asosiysi, tarbiyachining 
kimligidir”,-degan edi. Tarbiyachilar mana shu fikrni o‘zlariga singdirib olmog‘i zarur. Demak, 
eng avvalo tarbiyachi o‘zining shaxsiyatiga, fe’l-atvoriga e’tibor qaratmog‘i lozim. Chunki 
tarbiyachining fe’l-atvori istasak, istamasak bolaga “yuqadi”. Bu narsa tajribamizdan ham ko‘rinib 
turibdiki, ba’zan ota-onalar “xuddi sizdek gapiradi”, “gapirganda qo‘llarini harakatlantiradi”-degan 
fikrlarni aytishadi. Bu esa tarbiyachining o‘zi bilmagan holda “ko‘chirib qo‘ygan” tarbiyasidan 
dalolat beradi. Zamonaviy fan bog‘cha yoshidagi bola miyyasida tadqiqot o‘tkazdi va shuni 
isbotladiki, bu davrda bola miyyasi tanqidlarni qabul qilmasligi faqat rag‘bat va maqtovlarga 
javob qaytarishini isbotladi. Bola miyyasida tanqidlarga nisbatan hech qanday javob bo‘lmaganligi 
kuzatildi. Demak, tarbiyachilar bu faktni esda saqlab, bolani rag‘batlantirish orqali, shirinso‘zlik 
bilan tarbiylashi maqsadga muofiqdir. Demak, tarbiyachining shaxsiy fazilatlari orasidan eng 
keraklilaridan biri ham shirinsuxanlik ekan. Bu bola tarbiyasida birlamchi faktor vazifasini 
o‘taydi. Uning yuz ifodasi ham, albatta uyg‘un bo‘lishi ya’ni ochiq chehra bo‘lishi lozim. 
Bolani bog‘chada kutib olish jarayonining o‘zi ham juda katta ma’suliyali jarayon hisoblanadi. 
Ayrim bolalar ota-onasidan yoki boshqa yaqinlaridan ajrab bog‘chada qolishni istashmaydi. Ular 
shu vaqtning o‘zida yig‘lashi, to‘polon qilishi tabiiy. Bu paytda esa bolani bog‘chaga olib kelgan 
inson, tarbiyachining tutgan yo‘llari orqali uni “analiz-sintez” qilib, sinovdan o‘tkazib ketishi 
ham mumkin. Bu vaziyatdan chiqib olishda esa, tarbiyachidan muloyimlik, shirinsuxanlik, 
ochiqyuzlilik va bolani nima bilandir chalg‘ita olish qobiliyatini ishga solish zarur hisoblanadi. 
Nutq. Tarbiyachining nutqi o‘zgaruvchan bo‘lishi lozim, u o‘qib bergan ertaklarda goho chol, 
goho kampir, gohi qizi, gohi kuchugi, gohi mushugi bo‘lib ovoz tonlarini shunga moslab o‘qib 
bera olishi, aktyorlik mahoratini ishga solishi lozim. Aks holda, bola uchun ertakning qizig‘i 
qolmaydi. U zerikishi va ertakning mazmunini ham tushunmasligiga olib keladi. Rus pedagogi 
K.D.Ushinskiy tarbiyachining o‘ta oddiy va samimiy, bolalarcha beg‘ubor bo‘lishini yoqlagan, 
u o‘z fikrini quyidagicha bayon qilgan. “Tarbiyachi amaldor emas, agar u amaldor bo‘lsa, 
tarbiyachi emas”.
Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak va 
quyidagi shartlarga amal qilishi lozim.
- Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab,
kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali peda-


389
10
goglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan kishi bo‘lishi kerak.
- Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil
qilib, unga ijobiy ta’sir vositalarini topa oladigan bo‘lishi kerak.
- Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning 
nutqi ravon, aniq, mantiqiy ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan sa-
marali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari 
uchun faollashtiruvchi savollardan foydalanish lozim.
- Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatga nisbatan 
qiziqish uyg‘ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-
harakatini haqqoniy baholay olishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda tarbiyachi 
bolalarga ishonch bilan qarashi, har bir faoliyatni uddalay olishiga motivatsiya berishi, ularning 
mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat yuritishi 
uchun imkoniyat yaratishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A. J. Jo‘rayev “ Tarbiyaviy darslarni o‘tish” // Sinf rahbarlari uchun qo‘llanma. T.: Sharq 
1997, 65-bet
2. M.Jumayev “Bolalar adabiyoti” Darslik – majmua. –T.: O‘qituvchi, 1994y. 186-bet
3. A.Munavvarov “Pedagogika” –T.: O‘qituvchi,1996 -89-bet 


390

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish