10 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARNI INTEGRATSIYALASHDAGI MUVAFFAQIYATLAR Raxmonova Ozoda Itolmasovna Buxoro viloyat Qorovulbozor tuman 3-umumta’lim maktabi bosh sinf o‘qituvchisi Tel: +998 99 509 97 49 Annotasiya: maqolada integratsiya va integratsiyalash ahamiyati haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar: kirish, darslarni integratsiyalash, olimlar fikri, foydalanilgan adabiyotlar.
Integratsiyalashgan mashg‘ulotlarda didaktik va psixologik talablarni hisobga olgan holda
muayyan o‘quv predmeti doirasida maxsus tashkil etilgan individual hamda alohida guruhlarda
jamoa bo‘lib olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida bo‘lgan
topshiriqlarning har tomonlama o‘ylab ishlab chiqilgan tizimi har bir mavzuning o‘zlashtirilishi
muayyan pedagogik shart-sharoitlarni talab qiladi.
O‘quvchi odatda mustaqil bejariladigan topshiriqni kichik guruhda o‘zaro yordam, hamfikrlik
natijasida tez bajaradi. Kichik guruh uchun marakkablik qiladigan mashq va masalalarni o‘quvchilar
jamoa bo‘lib, oson va sifatli bajarishlari mumkin. Savol va topshiriqlarni tabaqalashganlik
darajasidan kelib chiqqan holda hamda bir mavzu bo‘yicha belglab beriladigan topshiriqlar
ularning sifati, har bir o‘quvchining o‘zligini namoyon qilishini talab qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar juda faol bo‘ladi.Ularni fikrini jamlash va tinchlantirib
turish,o‘tiladigan mavzular mohiyatini tasavvurida shakllantirish qiyin kechadi.Huddi shunday
jarayonlarda mavzuni tushuntirishda o‘qituvchilarimiz biroz qiyinchilikka duch kelishadi.Shunday
jarayon asosan o‘qish yoki odobnoma,tabiat fanlari yani ko‘proq og‘zaki tushuntirishlardan
iborat fanlar sirasiga kiradi.Bunday vaziyatlarda aksariyat o‘quvchilar sinfdagi faolligiga qarab
muloqotchanlari darsga e’tiborli bo‘lishadi.Lekin shu sinfdagi fikrini to‘laligicha bayon eta
olmaydigan ,uyatchan va hayolparast o‘quvchilar biroz qiynaladi. Huddi shunday jarayonlarda
darslarni integratsiyalash juda qo‘l keladi.
Darslarni integratsiyalash –bu ish reja asosida mazmunan bir-biriga mos mavzularni
birlashtirishdir.Masalan 2-sinf misolida oladigan bo‘lsak o‘qish fanidan “Kuz fasli”mavzusi
bilan tasviriy san’atdagi “Kuz keldi »mavzusida rasm ishlash mavzusini ,o‘qish fanidan “
Qish»mavzusiga’ tasviriy san’atdagi « Qish manzarasi»mavzusida rasm ishlash mavzularini
integrasiyalashtirib dars o‘tishni yo‘lga qo‘ysak o‘quvchilar bir paytda ham eshitadi ,ham chizadi
va tasavvur qiladi.Oquvchila’rdagi juda ko‘p qirralarni kashf etgan bo‘lamiz.Bunday bir-biriga
mos mavzularni ko‘plab keltirishimiz mumkin.
Olimlar kishi o‘ylab yozayotganda miyaning bir necha qismi faollashishi va shu paytda fikrni
jamlash qobilyati kamida uch barobar ortishini takidlaydi.Surat chizayotganda o‘quvchining asabi
tinchlanib,fikrlash salohiyati to‘liq ishga tushadi.
Pedagoglarning farzandingizni bolalikdan rasm chizishga qiziqtiring, deya takidlashi bejiz
emas.Balki bola buyuk musavvir bo‘la olmas .Muhimi eshitgan mavzularni to‘laligicha tasavvur
qilib,uning intellectual qobilyati rivojlanib boraveradi.
Qolaversa ,qalbida san’atning biror turiga mehr uyg‘ongan o‘g‘il-qizlar tabiatan hushchaqchaq
bo‘ladi.Bola o‘z fikr hayollarini qog‘ozga tushirar ekan,o‘zi sezmagan holda fe’l-atvorin va
psihofiziologik holati haqida ham xabar beradi.Shu bois psixologlarimiz rasmlardagi rang va
tasvirni tahlil qilish orqali turli izohlarni keltirishadi.
Darslarni integratsiyalash o‘quvchilarda kuzatuvchanlik qobilyatini, o‘tilgan mavzudagi
jarayon va qahramonlar qanday ko‘rinishdaligi va ular bilan yaqindan tanishish imkoniyatini
beradi. Bu esa ularni iqtidori shakllanishi va tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Oʻqish 2-sinflar uchun darslik N.Gʼafforova va boshqalar Toshkent-2019
2. ZiyoNet elektron kutubxona