Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARDA KREATIV



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARDA KREATIV 
FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Nurullayeva Rahima Xusenovna 
Buxoro viloyati Kogon shahar. 
3-umumiy o‘rta ta’lim maktab, 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon:+998(97)309-00-82 
Sultonova Nodira Davlatovna
Buxoro viloyati Kogon shahar. 
3-umumiy o‘rta ta’lim maktab, 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon:+998(93)620-19-85
Annotatsiya : boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish , o‘rganish o‘zlashtirgan bilimlarini 
qo‘llash istagi va ko‘nikmalarini shakllantirishda dars jarayonida o‘qituvchining samarali 
usullardan, yangi oqitish texnologiyalaridan foydalanishi o‘quvchilarda bilish faoliyatiga intilishni 
kuchaytiradi. O‘quvchlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish nutqini rivojlantirishga interfaol usullar, 
didaktik o‘yinlar, metodlardan dars mobaynida unumli foydalanish samarali natija beradi. Darsda 
o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, didaktik o‘yinlar va topshiriqlardan 
izchil foydalanish ,muammoli vaziyat yaratib o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlash, o‘qituvchi 
–oquvchi ishtirokini ta’minlash, o‘quvchilarni doimiy rag‘batlantirish yaxshi natija beradi.
Kalit so‘zlar : mulohaza , mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish , muammoli vaziyat va 
uni hal etish yo‘llari , darslarda qo‘llaniladigan interfaol usullar . 
O‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish yo‘llari 
O‘qish darslarida o‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo‘ljallangan turli ijodiy 
topshiriqlardan foydalanish asosida o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin 
hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz: 
O‘quvchilarni ijodiy faollikka chorlash 
O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o‘qituvchi eng avvalambor o‘quvchilarda 
taqdim qilinayotgan o‘quv materialiga qiziqish uyg‘otishi zarur. Buning uchun u asosiy mavzuni 
bayon etishda o‘quvchilarni qanday yo‘l bilan qiziqtirish mumkin? 
Oddiy bo‘lmagan ma’lumotlarni so‘zlab berish; 
So‘zlash jarayonida xolisona va aniqlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim qilish; 
Obrazli solishtirishlardan unumli foydalanish 
Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular me’yoriga amal qilish 
O‘qituvchi nutqining so‘ngida quyidagilarga amal qiladi: 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida o‘qituvchi: O‘quvchilarni 
obrazli fikrlashga undashi; Aniq muammoni burro ifodalashi; Fikrning doimo tugallangan jumla 
bilan hamda muhim joylariga urg‘u berib ajratgan holda ifoda etishi; Xushmuomalali va ziyrak 
bo‘lishi; 
’’ Faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar; 
Har bir javob va taklifni doimo rag‘batlanirishi maqsadga muvofiq. 
Muammoli ta’lim orqali o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish O‘qitishda muammoli 
ta’limdan foydalanish ham, ijodiy faoliyatni shakllantirishda samarali hisoblanadi.
O‘quvchilarning biror-bir haqiqatni mustaqil izlashi va kashf etishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
ta’lim metodlaridan evristik yoki tadqiqotchilik metodlari bilan birga o‘quvchilarni ijodiy fikr 
“laboratoriyasi”ga olib kiradigan jarayon ham asosiy ahamiyatga egadir. Muammoli ta’lim shu 
jihatdan bir qancha afzalliklarga ega:
U o‘quvchilarni mantiqiy, ilmiy, didaktik, ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. 
U o‘quv materialini ishonarli qiladi, bu bilan bilimlarning e’tiqodga aylanishiga ko‘maklashadi. 
U odatda, ancha ta’sirchan bo‘lib, chuqur intellektual his-tuyg‘ular, shu jumladan ko‘tarinki 
ruh, hissini o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch tuyg‘usini vujudga keltiradi, shuning uchun u 
o‘quvchilarni qiziqtiradi, o‘quvchilarda ilmiy bilishga jiddiy qiziqishni tarkib toptiradi. Haqiqat 


523
10
qonuniyatining mustaqil “kashf etilishi” olingan bilimlarni unutmasligi aniqlab chiqilgan, mustaqil 
hosil qilingan bilimlar unutilgan taqdirda ham ularni tezda qayta tiklash mumkin. 
Muammoli ta’limning asosiy maqsadi- Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi 
talablari asosida bilim oluvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish, tafakkurini rivojlantirish, 
o‘zlashtirish natijasida bilimlarni amaliyotga tadbiq etilishini kuchaytirishdan iborat.
Demak, muayyan mavzuni muammo shaklida olib chiqish yo‘li bilan egallanadigan bilim, 
ko‘nikma va malakalar yig‘indisi muammoli ta’lim deyiladi.
Muammoli ta’lim quyidagilarda ko‘rinadi: 
Muammo ; muammoli savol ;muammoli vazifa ;muammoli topshiriq ;muammoli vaziyat. 
Muammoning o‘zi yunoncha “problem” so‘zidan olingan bo‘lib, vazifa, topshiriq degan 
ma’nolarni anglatadi.Muammoli vaziyat-sub’ektning psixologik holatini ifodalab, muammo bilan 
duch kelganda, aqliy qiyinchilikni paydo bo‘lishi zudlik bilan hal qilishiga halaqit beradigan 
yangi bilim va harakat usullarini izlash, ularni topib hosil bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf etishni 
ta’minlaydi. Bu esa muammoga psixologik jihatdan yondashishni talab etadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy 
faoliyatini rivojlantirish uchun turli shart-sharoitlarlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Buning uchun ta’lim talablarini aniqlash va shu talablar asosida uning ustuvor yo‘nalishlarini 
izlanuvchi ta’lim, muammoli vaziyatlar yaratish va ta’limga texnologik yondashuv asosida 
tashkil etilishi o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning samaradorligiga zamin tayyorlaydi. 
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda evristik va muammoli 
ta’limdan tashqari bilishga yo‘naltirilgan, ilmiy asoslangan ta’lim metodlaridan va o‘yindan 
foydalanish ham maqsadga muvofiq. Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni 
shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yo‘llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil 
etish shakl va metodlaridan foydalanish o‘z samarasini beradi. Bu borada ijodiy faoliyatni 
rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari
muammolar qo‘yish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy 
texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, 
ishbop o‘yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo‘ladi. ta’lim 
jarayonida dars shakllarining o‘yin usullari sifatida o‘qitishning ma’lum bir paytida o‘tkaziladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchisi kattalarning hatti-harakatini taqlid qilishga qiziqadi. 
Bunda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ishbop o‘yinlardan foydalanish kata ahamiyat kasb 
etadi. Bolalarga mo‘ljallangan ishbop o‘yinlar takrorlash, mustahkamlash, o‘tilganlarning qay 
darajada o‘rganilganligini (diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar, rolli o‘yinlar, 
dramatik sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida o‘tkaziladi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mahoratli Pedagog jurnali 2018-yil 3-soni
2. 1-4-sinf O‘qish kitobi
3 .Mahoratli Pedagog jurnali (innovatsion metodlar ) 
4. Kasbiy fanlar metodikasi jurnali 2018 – yil yanvar 
5. Mahoratli pedagog jurnali 2018 – yil fevral 
6. Boshlang‘ich ta’lim jurnali 2016 – yil 3- son 
7. Xalqaro tatqiqotlarda oquvchilarning o‘qish savodxonligini baholash ‘’SHARQ’’ 
NASHRIYOT - MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI – TOSHKENT 2019 – YIL 


524

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish