10
MULTIMEDIA TURLARI VA ULARNING O‘QUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI
Ataxanova Ma’muraxon Yakubovna
Farg‘ona viloati O‘zbekiston tumani
21- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998912861522
Annotatsiya: Bu maqolada bugungi kundagi multimedia turlari, ta’limdagi multimedia
texnologialari haqida, multimedia vositalarini o‘quv jarayonidagi ahamiyati keltirilgan.
Kalit so‘zlar: multimedia, afzallik, grafika, tasvir, jadval, animatsia, matn, samara,
harakatchanlik, electron, video, audio.
Multimedia- so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “ma’lumot tashuvchi vosita” degan ma’noni
anglatadi. Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida, audio, video,
grafika, matn, animatsiya, jadvallar asosida, o‘quv materiallarini, o‘quvchilarga yetkazib
berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir. Bir so‘z bilan aytganda, tasvirli ma’lumotlar
bilan ishlashga qodir bo‘lgan vosita hisoblanadi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi
belgilariga quyidagilar kiradi:
An’anaviy- matn , jadvallar, grafika, diagramma, va boshqalar.
Ta’limda multimedia texnologiyalaridan foydalanish. Jahon miqyosiga nazar soladigan bo‘lsak,
kompyuter grafikasi va dizayn juda ham keng darajada rivojlangan. Ularni amalda anchadan buyon
qo‘llab kelishmoqda. Lekin bu yaratilayotgan barcha dasturlar, roliklar, dizaynlarning asosiy qismi
kinofilmlar, multfilmlar, web-saytlar uchun yaratilmoqda.
An’anaviy og‘zaki usulda o‘tiladigan darslarda, mavzularini to‘la yoritib bera olmaslik,
ta’lim sohasiga yanada ko‘proq e’tibor berish lozimligini e’tirof etadi. Lekin elektron darsliklar
ichiga kiritilgan matnli yozuvlar, rasmlardan hozirda grafikaning eng zamonaviy yo‘nalishi
bo‘lgan roliklarning yaratilishi saytlarga va shunga tegishli bo‘lgan narsalarga qiziqishni
oshiradi. Darslarning multimedia imkoniyatlaridan foydalanib o‘tilishi o‘qituvchilarga bir qancha
qulayliklar tug‘diradi. Chunki, shu fanga mavzulashtirilgan ovozli dasturlar, rasmli ishlanmalar,
prezentatsiyalar, multiplikatsiya ko‘rinishida yaratilgan filmlar, animatsiyalar ta’lim oluvchilar
uchun qiziqarli va diqqatini o‘ziga jalb qiladi va mavzuni yaxshi o‘zlashtirilishiga turtki bo‘ladi.
Multimedia texnologiyalarining afzalliklari va alohida xususiyatlarini sanab o‘tamiz:
- sifati saqlangan holda ekranda tasvirlarni qismlarga ajratish yoki ularni eng qiziq hamda
kerakli qismlarini kattalashtirish imkoni mavjud;
- grafiklar, tasvir va rasmlarni qiyosiy tahlil qilish, ularning ko‘rsatgichlarini hisoblash, ilmiy
yoki o‘rganish maqsadida dasturiy vositalar yordamida ishlov berish imkoniyati;
- axborotdan kalit so‘zlarni yoki tasvirni kerakli qismini ma’lumot olish hamda tushuntirish
uchun kerakli axborotni ajratib olish imkoniyatlari mavjud;
- statik yoki dinamik tasvirga monand uzluksiz musiqa hamda boshqa audio ta’minotini olib
borish imkoniyati;
343
10
- grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy
amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin.
Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari o‘quv jarayonida quyidagi eng muhim
jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir:
- differentsial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi;
- o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lashi;
- o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi;
- o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatishi;
- fan mavzularida animatsiya, grafika, mul’tiplikatsiya, ovoz kabi komp’ter va axborot
texnologiyalardan foydalanishi;
- o‘quvchi–ta’lim oluvchilarga fanni o‘zlashtirish uchun strategik ko‘nikmalar hosil qilishi va
hokazo.
Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni, ulardan o‘quv jarayonida foydalanish va
kelgusida ta’lim tizimida o‘quv jarayoni uchun ma’lumotlar ba’zasini va animatsion taqdimotlar
yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi.
Multimedia gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib
turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original
(nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar), turlarini bir
dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi;
- “inson-kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida
foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash
yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Saidahmedov N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: O‘zMU 2005
2. Uslubiy qo‘llanma “Noshirlik yog‘dusi”. Toshkent-2015.
3. Yo‘ldoshev J.G‘.,Usmonov S.A., Pedagogik texnologiya asoslari. Qo‘llanma. - T.:
«O‘qituvchi», 2004.
344
Do'stlaringiz bilan baham: |