Масъул муҳаррир


SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
SINF RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI
Ohunova Barnoxon Minavarovna 
 Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 1-umumiy 
 o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati, asosiy maqsadi,ishlari
yoritib berilgan.
Tayanch so‘zlar: sinf rahbari,tarbiya,sinf jamoasi,ota-ona hamkorligi.
Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf 
o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili va chorak davomida nimalar qilish kerakligi 
bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato 
aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar 
yordam beradi. 
Tarbiyaga kompleks yondashishi biror o‘quvchini ham e’tibordan qochirmaslik sinf rahbari 
uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya obyekti bo‘lgan bolani yaxshi 
bilish, uni yaxlit idrok etishi kerak. Ko‘pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada 
sportchi sifatida, ya’ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib idrok etadi va shunga ko‘ra muomala
qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hisobga olinmaydi. Sinf rahbari o‘quvchisining 
ichki dunyosini, kechinmalarini, xulqida vujudga kelayotgan holatlarining sababini, irodasini 
yaxshi bilsagina uning qalbiga yo‘l topa oladi va bolaga ta’sir etishning to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. 
Shunday sifatlarga e’tibor bergan sinf rahbari tarbiyada yetakchi o‘rinni egallaydi.
Hozirgi vaqtga kelib bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar g‘oyat darajada ko‘paydi: oila, 
keng jamoatchilik, radio, televideniye, telefon, ijtimoiy tarmoqlar, kino, teatr, kitob, jurnal, 
musiqa va hokazolar. 
Sinf rahbari tarbiyaviy ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning bolalar ichki dunyosiga 
chuqur singib kirishiga, ularning kechinmalari hamda xulq-atvorini tushunishiga bog‘liqdir.
O‘quvchilarni o‘rganish o‘qituvchining, ayniqsa sinf rahbarining vazifasidir. U o‘quvchilarni 
faqat darsdagina emas, balki sinfdan tashqari vaqtda ya’ni o‘quvchilar uylariga borganda ham, 
har xil ekskursiyalar vaqtida ham o‘rganadi. Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashi, ularga 
andisha bilan gapirishni, maqbul harakat qilishni o‘rgatishi lozim. Alisher Navoiy ,,Mahbub-ul 
qulub’’ asarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, odob-axloq talablarini ko‘rsatadi. O‘z 
davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O‘qituvchi odobi va 
muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar va ta’lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini 
sevishi kerak deydi. O‘ziga xos o‘qituvchi jamiyatda obro‘li va hurmatga loyiq insondir, deb 
hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e’zozlashlari zarurligini uqtiradi.
Navoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa 
bir nechta bola-sinf jamoasini tashkil etadi va ilmu-odob o‘rgatadi. Bu jarayonda sinf rahbari 
ko‘p mashaqqatlarga duch keladi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor 
ekanliklarini his etishlari lozim. Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq 
qilsa arziydi.
Sinf rahbari faqat ta’lim-tarbiyaning birligini emas, balki ularning xususiyatlarini ham ko‘ra 
bilishi muhimdir. Maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan 
ulkan ishining bir qismi xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini hisobga olib tashkil qilinadi, 
undagi barcha yaxshi sifatlarni o‘stirib, noto‘g‘ri tasavvur va odatlarni tuzatib borishi va bo‘lajak 
sifatga zamin tayyorlashi kerak. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o‘quvchi maktabni tamomlagandan 
keyin ham tugallanmaydi, butun umr davom etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Baratov Sh. O‘qituvchi shaxsini o‘rganish usullari.T.1995.
2. Hasanboyeva M. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T.1996.


184

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish