Masofaviy ta’lim - masofaviy o’qitishga asoslangan ta’lim.
Masofaviy o’qitish - o’zaro ma’lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o’quv jarayonlari komponentlari - maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o’qitish usullariga asoslangan ta’lim oluvchi va o’qituvchi o’rtasidagi munosabat.
Masofaviy o’qitish tizimi - masofaviy o’qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o’qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy o’qitish tizimi o’zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.
Masofaviy o’qitishning pedagogik texnologiyalari - tanlangan o’qitish kontseptsiyasiga asoslangan masofaviy ta’limning o’quv-tarbiyaviy jarayonini ta’minlovchi o’qitish metodi va uslublar majmuasi.
Masofaviy talim va ularning o’quv jarayonida qo’llanish sabablari -
Talim tizimida o’quv jarayonini yangidan isloh qilish, yangi informatsion texnologiyalarga asoslangan o’qitish usullarini ishlab chiqish, ularni keng joriy qilish bugunning talabidir. Bunda masofaviy talim tizimini joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Masofaviy talimni qo’llashning bir qator ustunlik va qulaylik tomonlari mavjud, jumladan: ta’lim vaqti ixtiyoriy, talaba ixtiyoriy vaqtda o’qishi, o’rganishi mumkin; mashg’ulotlarni auditoriyada o’tishi shart emas; talabalarga mustaqil shug’ullanishni o’rgatadi; o’qituvchilardan yuqori tayyorgarlikni talab qiladi; talabalar amaliy va sifatli bilim olishlari mumkin; talabalarning mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanadi; talabalarda texnik qurilmalar bilan, kompyuter, İnternet, elektron pochta tizimlaridan foydalanish ko’nikmasi rivojlanadi; talimga ketadigan mablag’ arzon. Ayniqsa kam ta’minlangan oilalardagi iqtidorli yoshlarning bilim olishiga yangi sharoit paydo bo’ladi; agar talim olishga vaqti kam bo’lsa yoki yashash joyidan uzoqda bo’lsa, o’zi uchun qulay vaqtda ishdan ajralmagan holda talim olishi mumkin; talim olish chegara tanlamaydi, yani talabalar boshqa joylarda - viloyatda turib bilim olishi mumkin.
UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi tufayli dunyo bo‘ylab 188 mamlakatda 1,7 milliard o‘quvchi maktab ta’limidan uzilib qolgan. Ular orasida O‘zbekistonning 6 milliondan ziyod o‘quvchilari ham bor edi. Mamlakat taqdiri yosh avlodning intellektual salohiyati bilan bog‘liq. Hukumatimiz ta’lim sohasida zudlik bilan amalga oshirgan chora-tadbirlar mahsulini berdi — o‘quvchilar “online maktab” loyihasi doirasida ta’limga qaytishdi. Kechagina ko‘z-ko‘zga tushib o‘tilgan darslarning to‘satdan raqamli platformaga ko‘chgani o‘qituvchilar uchun ham katta sinov bo‘ldi. Ustozlar sa’y-harakatlari bilan ijtimoiy tarmoqlar, video portallarda ta’limga oid yangi kanal va guruhlar paydo bo‘ldi.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qoʻllab-quvvatlash maqsadida TAS-IX tarmog'ida https://dist.edu.uz masofaviy ta'lim platformasi ishga tushirildi. Shuningdek talabalar uchun platformadan foydalanish bo'yicha videoqo'llanmalar ishlab chiqilmoqda. Videoqo'llanmalar eduuz_online telegram kanali va https://tube.edu.uz videoportalida joylashtirib boriladi. Bugungi kunda o'zining masofaviy ta'lim platformasiga ega oliy ta'lim muassasalari tomonidan ham talabalarni masofaviy o'qitish tashkillashtirilmoqda.
Hammaga maʼlumki hozirgi murakkab pandemiya sharoitida ishsizlik tufayli ko‘pchilik daromad manbaini yo‘qotdi. Raqobatli mehnat bozorida yangi ko‘nikma, malaka va tajribalarga ega mutaxassislarga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar, umumta’lim maktab ma’muriy xodimlari, o‘qituvchilar, yuqori sinf o‘quvchilari hamda maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish maqsadida Coursera jamoasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik doirasida 50.000 nafar kishi uchun bepul o‘rganish imkoniyati yaratildi.
Coursera MOOCs (Massive Open Online Courses-Ochiq ommaviy masofaviy kurslar) turdagi kurslarni taklif qiluvchi tashkilotlarning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Coursera`da 4300 dan ziyod o‘quv kurslari, 430 xil mutaxassisliklar mavjud bo‘lib, kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlik to‘g‘risidagi rasmiy sertifikatning bahosi odatda oyiga $39dan $79 AQSh dollarigacha tashkil etadi. Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganingizdan so‘ng xalqaro miqysoda tan olinadigan sertifikatlarga ega bo‘lib, ishlayotgan lavozimingizda ko‘tarilishingiz yoki qo‘shimcha daromad manbaini topishingiz mumkin. Ta’kidlash joizki, mazkur sertifikat dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, xususan AQSh, Kanada, Avstraliya va ko‘plab Yevropa davlatlarida tan olinadi. O‘quv kurslari Ingliz va Rus tillarida o‘qitilib, ingliz tilini bilish darajangiz kamida B1 bo‘lishi lozim.
Kelgusidagi o‘z kasbiy faoliyat rivoji uchun orangizda yangi soha va ko‘nikmalarni Coursera orqali individual tarzda o‘rganish, shu bilan birga, o‘z tajriba va malakasini oshirish ehtiyojini qondirish uchun qulay sharoitdan foydalanishingizni tavsiya qilaman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
“Xalq so’zi” gazetasi - 2018 yil 23 may soni
info@smsiti.uz sayti
https://dist.edu.uz internet sayti.
https://t.me/courserauz telegramm kanali
Do'stlaringiz bilan baham: |