Mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash asoslari kursining predmeti asosiy tushunchalar va tariflar



Download 0,72 Mb.
bet1/3
Sana27.11.2022
Hajmi0,72 Mb.
#873274
  1   2   3
Bog'liq
Mashina detallarini loyihalashning asosiy bosqichlari. Zagatovkalarning ishchi chizmasi

Mashina detallarini loyihalashning asosiy bosqichlari. Zagatovkalarning ishchi chizmasi

Mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash mashina ishlab chiqarish jarayonida kuzatiladigan qonuniyatlarni o`rganadi va ularni tahlil qilib, tasniflashtirib va umumlashtirib ish unumdorligi hamda maxsulot sifatini oshirishga, tannarxini kamaytirishga erishish maqsadida ishlab chiqarishga tadbiq qiladi.

Fanning hozirgizamon tarmogi Mashinasozlik texnologiyasi va loyihalash zavodlar jamoalari, ilmiy – tekshirish institutlari, oliy o`quv yurtlari, fan va sanoatning ayrim xodimlarining katta va samarali mehnat maxsulining umumlashtirilganligi natijasida rivojlandi.

  • Ishlab chiqarish jarayoni bu – tabiat predmetlarining inson uchun kerak bo`lgan buyumlarga aylanish jarayonidir. Masalan, mashina tayyorlash uchun zarur bo`lgan materiallar avval shaxtalardan ruda ko`rinishda kazib olinadi, boyitiladi, metallurgiya kombinatlarida chuyan va pulat eritiladi, prokat olinadi, mexanika zavodlarida iishlov beriladi, yigiladi, buyaladi va sinovdan utkaziladi.
  • Mashinasozlik zavodida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni bu butun ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo`lib tabiat predmetlarining mashinaga aylanish jarayonidir. Bunda tayyorlanma olish, ularga har xil iishlov berish (mexanik, issiqlik bilan, ximik - termik va boshqalar), sifatini nazorat qilish, tashish, omborda saqlash, mashinani Yig`ish, sinab qurish, sozlash, bo`yash, pardozlash va o`rab joylab o`o`yish ishlari amalga oshiriladi.
  • Texnologik jarayon ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo`lib, bunda ishlab chiqarish ob`ektida sifat o`zgarish ruy beradi.
  • Ishlab chiqarish ob`ekti holatining sifat o`zgarishi materialining, mexanik, kimyoviy va fizikaviy xossalariga, detallarning shakli, ulchamlari va sirtlarining o`zaro joylashishi, yuzasining silliqlik darajasi va tashqi ko`rinishiga tegishlidir. Masalan, mexanik iishlov berishning hamma turlari asosan tayyorlanmaning shakli, ulchamlari, aniqligi va sirti sifatining o`zgarishiga olib keladi. Issiqlik bilan iishlov berish esa tayyorlanmaning yoki detalning fizik xossalarining o`zgarishi bilan bogliq. Yig`ishning maqsadi esa detallarni biriktirish yo`li bilan Yig`ish birliklari, mexanizmlar va tayyor mashina hosil qilib, detallarning shakli va o`zaro joylashishining o`zgarishidir.
  • Mashinani bo`yash va pardozlash uning tashqi ko`rinishini o`zgartiradi. Texnologik jarayonni bajarish uchun kerakli ish o`rni tashqi holatni bo`lishi kerak.
  • Ish o`rni bu – sexning texnologik jihozlar, asboblar, moslamalar, ko`tarish – tashish qurilmalari bo`lgan, tayyorlanma va detallarni yoki Yig`ish birliklarini saqlash uchun stellajlar joylashtirilgan, bir yoki bir gurux ishchi ishlaydigan qismidir.
  • Detalga iishlov berish bir necha kismga bulinadi. Uni bo`lish zarurati ikki xil - jismoniy va iqtisodiy sabab orqali tugilgan. Jismoniy sabab shundan iboratki, detalning hamma yuzalariga bir vaqtning uzida iishlov berib bulmaslikdir; iqtisodiy shundan iboratki, detalning hama yuzalariga bir vaqtning uzida iishlov beradigan dastgohning kimmat turshi va bunday ishlov berishning uzini oqlamasligi. Bundan tashqari dastgohdan, kesuvchi asbobdan va ishchi malakasidan rasional foydalanish nuqtai nazaridan butun mexanik iishlov berish texnologik jarayonni bir ish joyda bajarish maqsadga muvofiq emas. Dastlabki iishlov berishni batamom iishlov berishdan ajratish maqsadga muvofiqdir, chunki ularni har xil dastgohlarda bajarib talab holatni aniqlikka ancha tejamliroq erishish mumkin
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish