Mashinasozlik texnologiyasi



Download 8,6 Mb.
bet96/169
Sana08.01.2022
Hajmi8,6 Mb.
#334704
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari

2-M A ‘ R U Z A

2-mavzu: Mahsulot-buyum,mashina va ularning asosiy elementlari.
Ma’ruza rejasi:

1. Buyum tushunchasi.

2. Qism tushunchasi.

3. Detal tushunchasi.

4. Mashina tushunchasi. Mashina sinflari va tushunchalari.

5.bBuyum turlari va tushunchalari.

6.Buyumlarni yig’ilma birliklarga ajratish.

7.Umumiy va qismlari bо’yicha yig’uv texnologik sxemalarni

tuzish (prof.V.M.Кovan) uslubi.

Adabiyotlar: [ 1 ] –140-144 betlar; [ 4 ] –511-514 betlar.

Tayanch sо’zlar: 1.Buyum. 2. Baza detal. 3. Qism. 4. Detal. 5. Yig’ilma birlik.

6. Mashina. 7. Yig’uv sxemalari. 8. Asosiy, yordamchi va qо’yimcha mahsulot.


1. Buyum tushunchasi. Buyum deb, - ishlab chiqarish korxonasining buyurtma bо’yicha buyurtmachiga tayyorlab beruvchi oxirgi tugallangan mahsulotiga aytiladi.

Buyum mashina, agregat, qism va hatto detal shaklida ham bо’lishi mumkin. Masalan: Traktor zavodi uchun buyum - traktor; Agregat zavodi uchun buyum - turli kо’rinishdagi reduktorlar, traktorlarning oldingi yoki ketingi kо’priklari; Кompressor zavodi uchun buyum - turli kо’rinishdagi kompressorlar; Tirsakli val tayyorlovchi zavod uchun buyum - tirsakli val va h.k.


2.Qism tushunchasi. Qism (uzel) deb,- ishchi joyda alohida yig’ilib asosiy yig’ilmaga bir butun holda birlashtiriluvchi buyumning bir qismiga aytiladi. Masalan: Traktor dvigateli, tezliklar qutisi, oldingi yoki ketingi kо’priklari, startyori, g’ildiraklari va h.k.

3.Detal tushunchasi. Detal - bu yig’uv ishlari qо’llanilmasidan tarkibi va nomi bir xil materialdan tayyorlangan buyumning bо’lagiga tushuniladi. Masalan: Bir bо’lak metalldan tayyorlangan valik, quyib tayyorlangan quti va h.k.


4.Mashina tushunchasi va sinflari. Mashina deb,- maqsadga muvofiq ravishda harakatlanib, energiya hosil qilish uchun, ish bajarish uchun yoki ahborot berish uchun mо’ljallangan mexanizm yoki mexanizmlar birlashmasiga aytiladi. Mashinalar xizmat qilish vazifalariga qarab uchta sinfga bо’linadi:1-sinf dvigatelsimon mashinalar, 2 - sinf ishchi mashinalar, 3 – sinf ahborat beruvchi mashinalar.

1.Dvigatelsimon mashinalar deb, bir kо’rinishdagi energiyani boshqa kо’rinishdagi energiyaga aylantirib beruvchi mashinalarga aytiladi. Masalan: Yonilg’i energiyasini - mexanik energiyasiga aylantiruvchi mashina dvigatellari.

2.Ishchi mashinalar, (dastgohlar, uskuna-qurol-mashinalar), qaysiki ular yordamida mehnat ob’ektini shakli, о’lchamlari, xossa va holatlari о’zgartiriladi. Masalan: tо’karlik,parmalash, frezerlash stanoklari yoki turli avtomobillar va h.k.

3.Ahborat beruvchi mashinalar, ular yordamida turli ahborotlarni olish mumkin. Masalan : mashina ġildiraklarini balansirlash, diagnostika qilish ; kompyuterlardan turli ahborotlar olish va boshqalar.

5.Buyum turlari va tushunchalari. Buyumlar (mahsulotlar) uch-turga bо’linadi: asosiy, yordamchi va qо’yimcha.

Asosiy buyum deb, - ishlab chiqarish korxonasiga buyurtmachi tomonidan buyurtma berilib, korxonanada tayyorlanuvchi oxirgi tugallangan mahsulotga aytiladi. Bu mahsulot omborhonalarga joylashtiriladi yoki buyurtmachiga berib yuboriladi.

Yordamchi buyum deb, ishlab chiqarish korxonasining o’z еhtiyoji uchun, asosiy buyumni tayyorlash texnologik jarayonida qo’llash uchun tayyorlovchi mahsulotiga aytiladi.

Masalan: Кorxonaning asbobsozlik sexlarida o’z еhtiyoji uchun tayyorlovchi turli maxsus moslamalar, qurilmalar, keskich va o’lchagich asboblar va h.k.

Qo’shimcha buyum deb,- ishlab chiqarish korxonasiga biriktirib qo’yilgan xalq xo’jaligida keng iste’mol qilinuvchi mahsulotlarga aytiladi. Masalan: Agregat zavodi uchun qo’shimcha buyumlar bolalar velosipedi va samokati; Tekstil mashinasozlik zavodi uchun go’sht maydalagich, qozon, lagman ugrasini chiqaruvchi buyumlar va boshqalar.

6.Buyumlarni yig’ma birliklarga ajratish. Mashina, mexanizm, qismlar va ularning detallarini yig’ish jarayonida shartli ravishda guruhlarga yoki yig’ma birliklarga ajratish ancha qulaylik keltiradi.

Mashina va mexanizmlarni yig’ishdan oldin ularning umumiy va qismlari bo’yicha yig’ish texnologik sxemalarini tuzib olish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham ular birinchi, ikkinchi va n-chi tartibli yig’ma birliklarga farqlanadi.

Umumiy yig’uv jarayonida, buyum tarkibiga bevosita kiruvchi (birlashtiriluvchi) yig’ilma birlikka birinchi tartibli yig’ilma birlik deb ataladi. Birinchi tartibli yig’ilma birlik tarkibiga kiruvchi yig’ilma birlikka ikkinchi tartibli yig’ilma birlik deb ataladi va h.k., n-chi tartibli yig’ilma birlik oxirida faqat detallarga ajratiladi. Bu xolda buyumning o’zi 0-nchi tartibli yig’ilma birlik bo’lib hisoblanadi.

7. Umumiy va qismlari bo’yicha yig’ish texnologik sxemalarini tuzish (prof.V.M.Кovan) uslubi. V.M.Кovan uslubi bo’yicha, texnologik yig’ish sxemalarini tuzish uchun mashina va mexanizmlarning har bir detali va qismi shartli ravishda chizmada to’g’ri to’rtburchak bilan belgilanadi va bu to’g’ri to’rtburchak chiziqlar bilan uch bo’lak xonachalarga ajratiladi (2.1, a-rasm). Xonachalarning birinchisiga detalning nomi (korpus,bolt, vint va h.k.) yoziladi; ikkinchisiga-yig’ma chizmadagi tartib nomeri yoki detal inventar nomeri yoziladi; uchinchisiga yig’ma chizmada bir xil shunday detallarning soni yoziladi (2.1, b-rasm).

2.1-rasm




2.2-rasm. Reduktor



2.3-rasm. Texnologik yg’ish sxemalari: a- umumiy; b, v, g- qismlari bo’yicha

Umumiy texnologik yig’uv sxema tuzish. Buning uchun mashina, mexanizm yoki qismlarning konstruktor tomonidan chizilgan yig’ilma chizmasi berilgan bo’ladi.

Texnolog o’z navbatida bu berilgan chizmani sinchiklab o’rganib chiqishi kerak, qo’yilgan texnik talablariga - qism va detallarning mashina va mexanizmlardagi xizmat vazifalariga ahamiyat berishi kerak, detal va qismlarni yig’ish ketma-ketligini aniqlab, sxemada qanday tartibda joylashtirib chizishni rejalashtirishi kerak.

Sxema tuzish uchun ma’lum formatdagi chizma yoki millimetrovkali qog’oz ishlatiladi. Qog’ozning o’rtarog’i va chap chetrog’iga to’g’ri to’rtburchak (baza detalni bildiruvchi) chiziladi, buning to’g’risiga - o’ng chetiga yana to’g’ri to’rtburchak (mashina, mexanizmni yig’ilgan holatini bildiruvchi) chiziladi va shu ikkala to’g’ri to’rtburchaklar o’rtasi to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Texnologik yig’uv sxemani tuzishda baza detalga yig’ilma birliklarni ketma-ket birlashtirish tartibida sxemadagi to’g’ri chiziqning ustiga alohida detallar to’g’ri to’rtburchagi, to’g’ri chiziqning pastiga еsa birinchi tartibli yig’ilma birliklarning (uzellarning) to’g’ri to’rtburchaklari joylashtiriladi (2.2-rasm va 2.3-rasm).

Kompleks – buyumning ikki yoki unlan ortiq ihtisoslashtirilgan qisimlari bόlib, ular ushbu buyumni tayyorlovchi korhonada yiġish operasiysi orqali bir-biri bilan birlashtirilmaydi, ammo ózaro boġliq bόlgan ekspluatatsion funksiyani bajarish uchun móljallangan bóladi. Baza detal deb, barcha qolgan qism va detallarni o’ziga birlashtiruvchi detalga aytiladi. Masalan: Traktor uchun baza detal - rama; dvigatel uchun - silindrlar bloki; reduktor uchun -pastki korpusi va h.k.

Masalan: avtomatik oqim, uchastka yoki she-avtomat, sonli dastur bilan boshqariladigan (RDB) dastgoxlari va boshqalar.

Komplekt – ikki yoki undan ortiq maxsulotdan iborat bólib, ular ishlab chiqarish korhonasida yiġish amalsi orqali ózaro biriktirilmagan buyumlar tóplamidan iborat bóladi va yordamchi hususiyatga ega bólgan umumiy ekspluatatsion vazifani bajarish uchun móljallangan bóladi. Masalan: asbob-uskunalar, extiyot qismlar, ólchash vositalari tóplami va h.k.

Agregat deb óz vazifasini maxsulotda yoki mustaqil ravishda bajaraoladigan yiġma birlikka aytiladi. U tóla ózaro almashinuvchanlik hususiyatiga ega. Agregatlardan yiġilgan maxsulot agregatli yoki modulli deyiladi.

Agregatli (modulli) tamoyil asosida loyihalangan va tayyorlangan maxsulotlar, albatta, yuqori darajadagi tehnik – iqtisodiy kórsatkichlarga ega bóladi. Agregatli (modulli) maxsulotlar ekspluatatsiya va tamirlash vaqtida qulaylikka ham ega, yiġish muddati ularda ancha qisqa bóladi.

Mashinalarning asosiy kórsatkichi uning sifat kórsatkichidir. Sifat kórsatkich bir-biri bilan uzviy boġliq bólgan aniqlik, puhtalik, resurs va chidamlilik kórsatkichlarni óz ichiga oladi.

Puhtalik deb maxsulotning vaqt davomida óz ish qobiliyatini saqlash hususiyatiga aytiladi. Puhtalik buzilish va buzilishga qadar ishchanliklari bilan tavsiflanadi.

Buzilish deb maxsulotning ish qobiliyatini birdan yóqotishiga aytiladi.

Ishchanlik deb maxsulotning buzilishiga qadar ishlash qobiliyatiga (muddatiga) aytiladi.

Maxsulotning buzilishiga qadar vaqt (soat hisobida) maxsulotning ishlash muddati bólib, u tasodifiy miqdordir.

Resurs maxsulotning ruhsat etilgan hizmat muddati bólib, soat bilan aniqlanadi. Resurs tasodifiy emas, aksincha, maxsulotning ruhsat etilgan ish muddati bólib, uning chidamliligini belgilaydi.

Maxsulotning puhtaligi umumiy hossaga ega bólib, buzilmasdan ishlash va chidamlilik hususiyatlarni óz ichiga oladi.

Chidamlilik deb maxsulotning ishlashi mumkin bólgan chegarali holatiga yetishigacha óz ish qobiliyatini saqlay olish hususiyatiga aytiladi. Bunda maxsulotni ekspluatatsiya qilish davrida belgilangan tehnik hizmat va ta’mirlash tizimi asosida uning ish qobiliyati saqlab turiladi.

Mashinaning sifatini; ta’mirlashda, tayyorlashda va ekspluatatsiya davridagi tejamlilik, iqtisodiy va tehnologiyaboplik kórsatkichlar tizimi aniqlaydi. Bulardan biri ish xajmidir, ya’ni normal intensivlikda mexnat qilib maxsulotni tayyorlash vaqtini soat bóyicha aniqlanishiga aytiladi.

Maxsulotning barcha detallarini tayyorlash uchun dastgohlarning yoki boshqa jixozlarning band bólish davomiyligini dastgohlarning ishlash vaqti aniqlaydi.

Maxsulotni ta’mirlash yoki tayyorlash jarayonining boshidan ohirigacha ketgan baqt oraliġiga ishlab chiqarish sikli deb aytiladi.

Sermexnatlik deb mashinani yoki uning bironta detalini ta’mirlash yoki tayyorlash tehnologik jarayonlarini bajarish uchun sarflanuvch barcha vaqtlar yiġindisiga aytiladi. Sermexnatlilikka qarab ishchilar soni aniqlanadi.

Serstanoklik deb dastgohlarni ma’lum muddat (vaqt) ichida tayyorlagan maxsulotlar soniga aytiladi. Serstanoklik bóyicha dastgohlar soni aniqlanadi.
Tekshirish uchun savollar
1. Buyum tushunchasini izohlab bering?

2. Mashina va uning еlementlari tushunchalarini izohlang?

3. Asosiy, yordamchi qo’shimcha buyumlarga nimalar kiradi?

4. Buyumlar qanaqa yig’ma birliklarga ajratiladi?

5. Baza detal deganda nimaga tushunamiz?

6. Yig’ish sxemalarni tuzish uchun prof.V.M.Кovan usulini

izohlang?

7. Texnologik yig’ish sxemani tuzishni misolda ko’rsating va

uning maqsadi?

8. Qism va detal tushunchalarini izohlab bering?

9. Kompleks, komplek, agregat tushunchalarini izohlang?

10. Puhtalik va uning elementlarini tushuntirib bering?

11. Resurs chidamlilik tushunchalarini izohlang?

12. Ishlab chiqarish sikli, sermexnatlilik va dastgohxajimlilik

tushunchalarini izohlang?


Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish