5-mavzu. Tanovorlarga ishlov berish operatsiyalarini tashkil etishda echiluvchi asosiy masalalar.
1. Ishlab chiqarish tehnologik jarayonlari.
2. Tehnologik o’eratsiya, o’rnatish, o’rin holat, o’tish.
Ishlab chiqarish jarayoni deb, tabiat buyumlarini to’g’ridan-to’g’ri ionson uchun foydali buyumga aylantirish bilan bog’liq bo’lgan alohida-alohida, jarayonlarning barchasini yig’indisiga aytiladi.
Mashinasozlik zavodlarida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayoni, tabiat buyumlarini mashinaga aylantiruvchi hamma ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismi hisoblanadi.
Tayyor mashinaga aylantirilgunga qadar yarimfabrikatlarni bosib o’tgan barcha bosqichlarning yig’indisi mashinasozlikdagi ishlab chiqarish jarayoni deb ataladi.
U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va xizmat ko’rsatish, ish joyini tashkil qilish;
- material va yarimfabrikatlarni qabul qilish va saqlash;
- mashina detallarining tayyorlashning barcha bosqichlari;
- buyum va uzellarni yig’ish;
- tayyor buyum va detallarni tashish;
- texnik nazorat;
- yig’ilgan buyumni bo’laklarga ajratish;
- tayyor mahsulotni qadoqlash va boshqalar.
Ishlab chiqarish obhektini (material, tayyorlanma, detal, mashinalar) ko’rinish sifatini o’zgarishi sodir bo’ladigan vaqtdagi ishlab chiqarish jarayonining qismiga texnologik jarayon deb ataladi.
Yahni material, tayyorlanma yoki detalga, mexanik ishlov berishning barcha turida asosan shakl o’zgarishi bilan bog’liq bo’lsa, termik ishlov berish esa detalni fizik xossasini o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi. Yig’ish detallarining bir-biriga nisbatan joylashuvi va shaklini o’zgarishi bilan bog’liq. Mashinalarni pardozlash va bo’yash tashqi ko’rinishining o’zgarishi bilan bog’liq.
Texnologik jarayonni bajarish uchun ish joyini tashkil qilish va jixozlash zarur bo’ladi.
Bir yoki ishchilar brigadasi ish bajarishi uchun belgilangan, detal va asoboblar saqlash stellaji, moslamalar, texonologik dastgoh joylashgan tsex maydonining bir qismi ish joyi deb ataladi.
Texnologik jarayon operatsiyalarga bo’linadi. Bir ishchi yoki ishchilar brigadasi bir ish joyida bajaradigan texnologik jarayonni tugallagan qismiga texnologik operatsiya deb ataladi.
Dastgohda detalga yoki bir qancha detallarga bir vaqtda ishlov berish, korpusga qopqonni o’rnatish va qatirish (yig’ishda) bunga misol bo’lishi mumkin.
Operatsiya texnologik jarayonni asosiy qismi hisoblanadi va texnologik jarayonni kolg’kulatsiyalash va rejalashtirish uchun foydalaniladi. Odatda asosiy texnologik xujjat ishlab chiqiladi.
Operatsiya bir yoki bir necha o’rnatishda bijarilishi mumkin.
O’rnatish deb, tayyorlanma yoki yig’ilayotgan uzelni maxkamlashni o’zgartirmasdan bajariladigan, operatsiyaning qismiga aytiladi.
Masalan: «detalg’ aylanma sirtiga ishlov berish» operatsiyasi ikki marta o’rnatishga ega bo’lishi mumkin.
1-o’rnatish – patronda bir tomondan ishlov berish;
2-o’rnatish – patronda boshqa tomondan ishlov berish.
Ishlov beriladigan detalg’, moslamada turib buruvchi qurilma yordamida, dastgoxning ishchi elementiga (masalan kesuvchi asbob) nisbatan o’z holatini o’zgartirishi va har hil o’rin holatini egallashi mumkin.
Maxkamlangan detalni qo’zg’atmasdan o’zgartirish jixozga nisbatan egallagan holatlarining har biri o’rin holat deb ataladi.
Masalan: 3-shpindelli vertikal parmalash dastgoxini teshikga ishlov berish.
I-o’rin holat – tayyor detalni olib, tayyorlanmani maxkamlash;
II-o’rin holat – parmalash;
III-o’rin holat – zenkerlash;
IV-o’rin holat – razvertkalash.
O’rnatish va o’rin holat orasidagi farq shundan iboratki, o’rnatishda detalni moslamaga nisbatan holati o’zgarar ekan, o’rin holat almashtirilganda esa detalg’ moslamaga nisbatan o’z holatini o’zgartirmas ekan.
Operatsiya bir yoki bir necha o’tishda bajarilishi mumkin.
Bir yuzaga bir yoki bir vaqtda tahsir qiluvchi bir nechta asboblarda ishlov berishni o’z ichiga olgan operatsiyaning bir qismiga texnologik o’tish deb ataladi.
O’tish bir yoki bir necha ishchi yurishda amalga oshirilishi mumkin.
Tayyorlanmaga nisbatan asbobni bir karra siljishda tashkil topgan, tayyorlanma xossasi yoki yuza sifatini, shaklini, o’lchami o’zgarishi bilan kechadigan texnologik o’tishni tugallagan qismiga ishchi yurish deb ataladi. Masalan: Valikni tsilindrik yuzasini yo’nish operatsiyasi. Bu holda qaralama va tozalama yo’nish, har hil kesishtartibiga ega bo’lganligi uchun operatsiyaning alohida o’tishlari bo’ladi.
Agar qaralama yo’nishda qo’yimni hammasini birdaniga olib bo’lmasa va bir necha martada olishga to’g’ri kelsa, o’zgarmas kesish tartibida, har qatlamni olish bilan bog’liq qismi ishchi yurib o’tish deb ataladi.
Jilvirlashda juda ko’p yurib o’tishlar amalga oshiriladi. O’tish uslublarga bo’linadi.
Ishchini ish bajarish jarayonida va unga tayyorgarlik ko’rish jarayonida bajariladigan alohida harakatlarni yig’indisi uslub deyiladi.
Masalan: Valikni qaralama yo’nishdagi o’tish quyidagi uslublardan tashkil topadi: detalni patronga o’rnatish, detalni maxkamlash, orqa babka markazini keltirish, dastgox harakatini qo’yish, kesuvchi asbobni keltirish, yo’nib bo’lgandan keyin dastgox harakatini tzxtatish va xokazolar.
Ishchi uslub va uslub elementlariga sarf bo’ladigan vaqtni o’rganish asosida, yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda qo’lda bajariladigan uslublarni mehyorlash uchun foydalaniladigan turli mehyoriy jadvallar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |