43
mikroblari o’z shakl va xususiyatlarini o’zgartirgan holda saqlanib qoladi va
ikkinchi bir organizmga tushsa darhol faollashib, shu kasallikni chaqiradi. Bunday
xususiyatlar ichburug’, ichterlama, sariqning A turi, vabo kabi kasalliklarga xos.
Oqibati jiqatidan it, mushuk kabi uy hayvonlarning hojati ham nihoyatda xavfli.
Sababi, bu hayvanlar xuddi odamlardek ovqatlanadilar. Shuning uchun ularning
hojatlari ham organik chirindilardan iborat bo’ladi. Organik chirindilar esa asosan
mikroblardan iborat. Bundan tashqari, ular xom go’sht va organik chiqitlar bilan
oziqlanganliklari uchun turli xil gijjalarning tuxumlarini o’zlariga yuqtirib oladilar
va ularning tanasida yetilgan gijjalar odamlarga yuqib, jiddiy kassaliklarni keltirib
chiqaradi. Masalan, exinokokk, teniarinxoz kasalliklari odamga shu tariqa yuqadi.
Yuqumli kasalliklarning tarqalishida kir suvlari ham katta rol o’ynaydi. Ko’pincha
kiyimlar, asosan ichki kiyimlar, jumladan dastro’mol, sochiq, choyshablarning
ham yuqumli kasalliklarni mikroblari bilan ifloslanish ehtimoli ko’p bo’ladi.
Chunki, kupgina yuqumli kasalliklarning mikroblari ter, tupuk, so’lak kabi tana
ajiratmalari bilan ajiralib chiqib, ichki kiyimlar va shaxsiy buyumlarni
ifloslantirishi mumkin. Sariqning A turi virusi, sil taeqchasi, enteribioz, tenirenxoz
kabi gijja kasalliklarining tuxumlari, zaxm, so’zak kabi tanosil kasalliklari
mikroblari shunday xususiyatga ega. Shuning uchun kir suvlarini to’g’ri kelgan
joyga toshlash atrof-muhitda yuqumli kassaliklar xavfini ko’paytirishga shariot
yaratadi. Ovqat qoldiqlari mohiyatan mikroblar uchun ham ovqat hisoblanadi.
Shuning uchun ko’pgina ulalda saqlanadi, yashaydi va hatto juda yaxshi ko’payib
boradilar. Ularni ochiq qoldirish, to’g’ri kelgan joyga tashlash, atrof-muhitda
zararli mikroblarni ko’paytirib, bu ham yuqumli kasalliklarni tarqalishiga olib
keladi.Bulardan tashqari, chiqindilar uy atroflari va hovlida to’planib qulaysizlik,
madaniyatsizlik, ularning qurib havoga ko’tarilishidan yaki chirishidan nafas bilan
olinadigan havoning ifloslanishi,badbo’y hidlar va shular kabi nafaqat sog’liqqga,
balki kishining kundalik turmushiga ham xalaqit beruvchi bir qancha
muammolarni keltirib chiqaradi. Hovli, uyva uning xonalarida tozalik va
botartibliktni ta’minlash uchun har bir kishi tozalik, ya’ni sanitariya va gigiena
haqidagi bilim va talablardan xabardor bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: