47
namunalarning tarkibi (fenol va uning birikmalari, nitratlar, xlor va fosfor organik
moddalar, og’ir metallar, neft mahsulotlari, tuzlar va boshqalar) maxsus tajriba
xonalarda tahlildan o’tkaziladi. Gidrobiologik kuzatishlar esa, 50 ta suv
ob’ektlarida, 77 joy va 100 kesimda olib boriladi. YOki yog’inlardan olinadigan
namunalar bir necha meteorologik stansiyalarda o’rganiladi. Olingan
namunalarning tarkibi (sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kaliy,
magniy, natriy. kalsiy, ftoridlar va boshqa elementlarning mavjudligi) maxsus
tajriba xonalarda annqlanadi. yoki qor qoplamining ifloslanishi sanoati rivojlangan
shaharlarda 26 ta modda bo’yicha tekshiriladi. Havoning ifloslanishi esa, 34
shaharning 65 ta turg’un punktlarida kuzatiladi. Ifloslangan havodan olingan
namunalarda 30 ta zararli aralashmalarning konsentrasiyalari o’lchanadi. YOki
sug’oriladigan erlarning nurlanish darajasi yilda 2 marotaba (1 aprel va 1
oktyabrda) aniqlanadi. Tuproq tarkibidagi tuz miqdorining o’zgarishi deyarli
barcha xo’jaliklarda ma’lum joylarda kuzatib boriladi. Ushbu maydonlarda er osti
suvlarining chuqurligi, minerallashuv darajasi, tarkibi va ifloslanishi aniqlanadi.
Baholarda zovur suvlarining minerallashuvi va ifloslanish darajasi ham ma’lum
joylarda muntazam ravishda o’rganiladi.
Tabiat komponentlari (havo, suv, tuproq va boshqalar)ning ifloslanishi,
o’zgarishi va boshqa xususiyatlari bo’yicha ilmiy-texnik hisobotlar har yili
muayyan dasturlar asosida respublika bo’yicha yoziladi va ular tegishli
muassasalarga, shuningdek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga
yuboriladi.
Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni
muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini
olishga tayyorgarlik ko’rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa
maqsadlar uchun zarurdir. Ekologik monitoring axborotlari va ma’lumotlari ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib borish, ular asosida ekologik vaziyatlar holatining tadrijiy
o’zgarishlarini va turli kasalliklarning yillar davomida o’zgarishini tahlil qilish
uchun darkor. Xususan qo’riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning
amaliy ahamiyati beqiyos kattadir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, respublikamizda 13 ta qo’riqxona mavjud
bo’lib, shundan 3 tasi Buxoro viloyati hududidadir: Qorako’l, Qizilqum va
Vardonze qo’riqxonalari.
Do'stlaringiz bilan baham: