DL ning mazmuni
DL ning tushintiruv yozuvi quyidagi tarkibda va хajimda bajarish tavsiya etiladi.
1. Titul varogʻi va DL topshirigʻi (1- va 2- ilovalar).
2. Mundarija (1-varoq).
3. Kirish qismi (1-2 varoq) Kirish qismida loyiha mavzusining dolzarbligi, yangiligi, amaliy ahamiyati, asosiy maqsadi va vazifalari yoritiladi
Mashinasozlik sohasini, mashinasozlikda payvandlash ishlarini muammolari va rivojlantirish haqida, berilgan topshiriqni echimini izlash haqida ma’lumotlar beriladi.
4. Asosiy qism.
4.1.Payvand konstruksiyaning tavsifnomasi. Bunda konstruksiya toʻgʻrisidagi ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan: Konstruksiyaning vazifasi va ishlash prinsipi, turi, materiali, oʻlchamlari, konstruktiv oʻziga xos tomonlari,texnologiyabopligi, payvandlash texnologik jarayoniga ta’sir etuvchi xossalari (payvandlanuvchanligi kabilar), payvand chokining oʻlchamlari va oʻziga xos tomonlari, payvandlash va payvand birikma sifatini nazorat qilish uchun mavjud me’yoriy xujjatlar.
(2-varoq).
4.2. Konstruksiyani ishlab chiqarishdagi mavjud texnologik jarayon. Ushbu konstruksiyani ishlab chiqarishda qoʻllanilayotgan texnologik jarayon talaba tomonidan diplom oldi amaliyoti davrida oʻrganiladi va quyidagilar yoritiladi: payvandlash usuli (yoki usullari), payvandlash materiallari, payvand konstruksiyani payvandlashga tayyorlash jarayoni, metallni va konstruksiyani yigʻishga va payvandlashga tayyorlash jarayoni, konstruksiyani payvandlash uchun yigʻish, payvandlash, payvandlash oldidan metallni qizdirish va payvandlashdan keyin metallga termik ishlov berish (agar u kerak boʻlsa), payvand konstruksiyani toʻgʻrilash, payvandlashda qoʻllaniladigan asosiy va yordamchi jihozlar, moslamalar, payvandlash ishlarini nazorat qilish ishlari, ishlab chiqarish turi va sharoiti. Konstruksiyani ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon operatsiyalarni bajarish ketma ketligi tartibida koʻrib chiqiladi.
Bu boʻlimda oʻrganilgan texnologik jarayon tanqidiy taxlil qilinadi, undagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi va ish unumi hamda sifatini oshirish boʻyicha takliflar kiritiladi.
Konstruksiyani payvandlashning mavjud texnologik jarayonini takomillashtirish yoʻllari ishlab chiqiladi.
Agar korxonada bu turdagi konstruksiyani ishlab chiqarish avval yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa, talaba mavjud adabiyotlarda keltirilgan va oʻxshash korxonalarda mavjud texnologik jarayonlar asosida tasavvur qilingan texnologik jarayonning toʻla sxemasini beradi. Bunda konstruksiya metalining markasi va qalinligi, birikma turi, payvandlash xolati, ishlab chiqarish turi (donalab, seriyalab yoki yalpi) e’tiborga olinadi.
(7-10 varoq).
5. Teхnologik qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |