xatolik: sermexnatlik:
1. Normal aniqlikdagi dastgohlar (H-guruhi) 100 100
2. Orttirilgan aniqlikdagi dastgohlar(П-guruhi) 60 140
3. Yuqori aniqlikdagi dastgohlar (В-guruhi) 40 200
4. Eng yuqori aniqlikdagi dastgohlar (A-guruhi) 25 280
5. Eng aniq dastgohlar (С-guruhi) 16 450
Dastgohlarning geometrik xatoligi, butunlay yoki qisman ishlanuvchi tanavorlarga sistematik xatolik ko’rinishida ko’chib o’tadi. Bu sistematik xatoliklarning miqdori boshlang’ich tahlil qilish va hisoblashga imkon beradi. Masalan; vertikal-frezalash stanogi shpindeli o’qining uning stoliga nisbatan bo’lgan noperpendikulyarligi natijasida ishlanuvchi tanavorlar tekisliklarida noparallellik (stolning ko’ndalang yo’nalishida); bukirlik (vognutostь stolning bo’ylama yo’nalishida) xatoliklar ro’y beradi. Bukirlik xatoligini analitik usulda hisoblash mumkin, yoki eksperimental aniqlash mumkin va sh.o
2. Dastgohlarning eyilishi
Dastgohlarning eyilishi ishlanuvchi tanavorlarning sistematik xatoliklarini oshirish omillaridan biridir. Bu, birinchi navbatda dastgohlar ishchi yuzalarining notekis eyilishiga bog’liq bo’lib, bu holat ishlanuvchi tanavorlarda qo’shimcha xatolik chaqiruvchi dastgohlar, alohida qismlarining o’zaro joylashuvini o’zgarishiga olib keladi.
Dastgohlarning aniqligi yo’qolishining eng asosiy sabablaridan biri, ular yo’naltirgichlari yuzalarining eyilishidir.
Masalan; tokarlik dastgohi ikki smenalab bir yil ishlasa, yakka va seriyalab ishlab chiqarishda ishlanuvchi tanavorlarning o’rtacha o’lchami: diametri 100 mm ularning uzunliklari 150-200 mm simmetrik bo’lmagan uchburchakli yo’naltirgich ishchi qirrasidan old tomonining eyilishi E (mm) o’rtacha qiymati quyidagicha:
Toza ishlov berishda...........................................0,04-0,05 mm;
Qisman toza va qisman shilib ishlov berishda:
80 foiz po’latlarga va 20 foiz cho’yanlarga..........0,06-0,08 mm;
90 foiz po’latlarni va 10 foiz cho’yanlarni
shilishda............................................................. 0,10-0,12 mm.
Ikkinchi yassi yo’naltirgichning eyilishi bu holda yuqorida keltirilganlarga qaraganda besh marotaba kam bo’ladi. Shuningdek, yo’naltirgichlarning uzunligi bo’yicha ham eyilishi notekis bo’ladi. Tekshirilgan dastgohlar shuni ko’rsatdiki, eng katta eyilish asosan shpindal yon yuzasidan boshlab yo’naltirgich uzunligining 400 mm masofa oralig’ida joylashar ekan.
Oldingi va ketingi yo’naltirgichlarning notekis eyilishi supportning og’ishiga olib keladi va keskich uchining gorizontal tekislikda siljitadi, natijada ishlanuvchi yuza radiusini kattalashtiradi. Yo’naltirgichlarning uzunligi bo’yicha notekis eyilishi esa, ishlanuvchi tanavorlarda sistematik shakl xatoliklari paydo bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |