Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish



Download 8,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/275
Sana08.01.2022
Hajmi8,12 Mb.
#332914
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   275
Bog'liq
boshqarish sistemalarining elementlari va qurilmalari

 
 


29 
 
5 – Mavzu: Avtomatlashtirish va oʻlchash vositalarini davlat sistemasi 
 
Reja: 
5.1. Avtomatlashtirish va oʻlchash vositalarini davlat sistemasi. 
5.2. Oʻlchash oʻzgartirgichlarini unifikatsiyalash va standartlashtirish.
 
 
Tayanch so‘z  va iboralar :
 o‘lchash vositasi, metrologiya, birlik, parametr, 
fizik kattalik, ma’lumot, SI sistemasi,  
Metrologiya 
— o‗lchashlar, uni ta‘minlash usullari va vositalari hamda talab 
etilgan  aniqlikka  erishish  yo‗llari  haqidagi  fan

Metrologiyaning  asosini 
o‗lchashning  umumiy  masalalari,  fizik  kattaliklar  birligi  va  ularning  tizimlari 
haqidagi  ma‘lumotlar,  o‗lchashning  usul  va  vositalari,  o‗lchash  natijasining 
to‗g‗riligini  aniqlash  usullari  va  hokazolar  hosil  qiladi.  O‗lchashga  doir  fizik 
kattaliklar  mexanik,  elektr,  issiqlik,  optik,  akustik  bo‗lishi  mumkin.  Bu 
kattaliklarning  bir  turi  texnologik  jarayon  rivojlanishining  bevosita  ko‗rsatkichi 
bo‗lsa, boshqalari shu jarayon bilan funksional bog‗langan bo‗ladi. 
 Fizik  hodisalarni  o‗rganish  va  ulardan  amalda  foydalanish  turli  fizik 
kattaliklarni  o‗lchash,  ya‘ni  ma‘lumot  olish  bilan  bog‗lik.  Ma‘lumot  qancha  to‗la 
va xolisona bo‗lsa, fizik xodisalarning tub ma‘nosini tushunish shunchalik chuqur 
bo‗ladi.  Fizik  kattalikning  muayyan  qiymati  texnologik  jarayonning  rivojlanishi 
hakidagi ma‘lumotning muhim qismidir. Turli usul va asboblar orqali ifodalangan 
texnologik  jarayonning  holati  haqidagi  axborotlarni 
ma’lumot
,  ya‘ni 
informasiya 
deb  bilamiz.  Informasiyalar,  asosan,  o‗lchash  asboblari  va  qurilmalari  yordamida 
olinadi.  Fizik  ob‘ektning  sifat  jihatdan  umumiy,  lekin  miqdor  jihatdan  har  bir 
ob‘ekt  uchun  alohida  xususiyati 
fizik  kattalik 
deb  ataladi.  SHunday  qilib,  har  bir 
fizik  kattalik  aynan  shu  kattalikning  sonli  qiymati  birligiga  kupaytmasidan  iborat 
bo‗lgan individual qiymati bilan ifodalanadi. 
Bir-biriga  muayyan  erksizlik  bilan  bog‗langan  kattaliklar  yig‗indisi 
fizik 
kattaliklar  tizimi 
deyiladi.  Fizik  kattaliklar  tizimi  asosiy,  qo‗shimcha  va  hosila 
kattaliklardan iborat. Tizimga kirgan va boshqa tizimlarga nisbatan shartli ravishda 
erkin hisoblangan fizik kattalik 
asosiy fizik kattalik 
deb ataladi. 
Xalqaro birliklar tizimi  —  SI  (Sisteme  International  -  SI)  fan va texnikaning 
barcha  sohalari  uchun  fizik  kattaliklarning  universal  tizimi  bo‗lib,  1960  yilning 
oktyabr oyida O‗lchov va tarozilar XI Bosh konferensiyasida qabul qilingan.  
SI ning joriy etilishi shu tizimda nazarda tutilgan va uning tarkibiga 
kirmaydigan (ammo hozir o‗lchov birliklari sifatida qo‗llanilayotgan) birliklarning 
ilmiy-tadqiqot  natijalarini  hisoblashda,  ishlab  chiqarish  vositalari  va  asbob 
uskunalarini  loyihalashda,  qurilish  hamda  qurilgan  ob‘ektlardan  foydalanishda, 


30 
 
shuningdek 
o‗quv-ta‘lim 
ishlarida 
ko‗p 
qiyinchiliklar 
tug‗dirayotgan 
o‗lchovbirliklaridagi turli hillikka barham beradi. SI ning hozirgi qo‗llanilayotgan 
ayrim  o‗lchov  tizimlariga  nisbatan  muhim  afzalligi  shundaki,  u  —universal; 
o‗lchov birliklarini birxillashtirgan; asosiy, qo‗shimcha va o‗z hosilaviy birliklarini 
amaliyot uchun qulay o‗lchamlarga mujassamlashtirgan; kogerent, ya‘ni hosilaviy 
birliklar 
o‗lchamlarini 
aniqlovchi 
fizik 
tenglamalardagi 
mutanosiblik 
koeffisientlarini tugatgan tizimidir. Uning tatbiqi bilan hisoblash tenglamalarining 
yozilishi ancha soddalashdi. 
Xalqaro  birliklar  tizimi  (SI)  da  ettita  asosiy  va  ikkita  qo‗shimcha  kattalik 
qabul qilingan. SHuningdek, ular asosida ko‗pgina hosilaviy kattaliklar va ularning 
birliklari  ham  tasdiqlangan.  1.1-jadvalda  xalqaro  birliklar  tizimi  (SI)  da 
ifodalangan  asosiy  va  qo‗shimcha  hamda  o‗quv  jarayonida  tez-tez  uchrab 
turadigan muhim hosilaviy kattaliklarning o‗lchov birliklari, belgilari keltirilgan. 
Shunday soxalar borki, unda SI birliklarini ishlatish hisoblashlarda bir oz 
qiyinchiliklar tug‗diradi. Masalan, SI ga binoan massani doimo kilogrammlarda 
o‗lchash  noqulay.  U  goh  gramm  (g)  larda  ifodalansa,  gox  tonna  (t)  larda 
o‗lchanadi.  
Shu sababli massani gramm (g), milligramm (mg), tonna (t) kabi birliklarda 
ifodalash qulay. Ular asosida massa hisobini shu birliklarda olib borish xato 
hisoblanmaydi. 
Shuning  uchun,  ba‘zi  hisoblashlarda  qulaylik  yaratish  maqsadida 
birliklarning  o‗nlik  karrali  va  ulushli  qiymatlaridan  foydalaniladi.  Birliklarning 
unlik  karrali  va  ulushli  qiymatlari  barcha  birliklardan  emas,  balki  amaliy 
hisoblarda  qulaylik  yaratadigan  birliklardangina  hosil  qilinadi.  SHunday  sohalar 
ham borki, ularda doimo karrali yoki ulushli birliklardangina ishlatiladi (masalan, 
chizmachilikda ularning o‗lchamlari faqat millimetr — mm da ifodalanadi).
 

Download 8,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish