Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Mashina traktor agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish va



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/163
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#832589
TuriУчебное пособие
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163
Bog'liq
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj

25.7-§. Mashina traktor agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta’mir ishlarini rivojlantirish istiqbollari 
Texnologik jarayonlarni mukammal, agrotexnik talablar darajasida 
bajarilishini mashina traktor agregatlaridan foydalanish ishonchliligini oshirish 
hisobiga ta’minlash ko‘zda tutiladi: 
-
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimini takomillashtirish: 
profilaktik tadbirlarni solishtirma mavqeini, shu bilan birga ogoxlantiruvchi 
ta’mirlarni mavqeini oshirish; 
-
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning normativlari va rejimlarini 
optimallashtirish; harakatdagi vositalardan foydalanishni yaxshi hisobini olib 
borish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash normativlarini individuallashtirish; 
-
Mashinalar parkining yoshini boshqarish, foydalanish boshidan mashina 
traktor agregatlaridan foydalanish sharoitlarini uzoq muddat xizmat qilishga 
o‘zgartirish; texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimini sifatli boshqarishni 
qo‘llash;
-
Xizmat ko‘rsatuvchi personal va injener texnik xodimlarni ma’naviy va 
material rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
-
Soz mashina traktor agregatlarining rezervini ta’minlash; 
-
Ko’chma texnik xizmat ko’rsatish vositalari hisobiga bevosita dala 
sharoitida ko‘rsatiladigan texnik yordamni tashkil etishni takomillashtirish; 
Vatanimizning qishloq xo’jaligi texnikalari kompleksi qator yirik istemol 
qiluvchilar (klasterlar) va fermerlarning muhim texnik resurslari hisoblanadi. 
SHuning uchun qishloq xo’jaligi mashina traktor parkining rivojlanishi ko‘p 
jixatdan foydalanish masshtabi va samarali resurstejamkorlik siyosati bilan 
aniqlanadi. Bunda asosan yonilg‘i-energetik resurslarni iqtisod qilishning asosiy 
tadbirlarini amalga oshirish jadal harakatga keltiriladi.


227 
Bu tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Alternativ yonilg‘ilarni qo‘llash va bunda avval siqilgan, suyultirilgan 
tabiiy gazlardan foydalanish (keyinchalik vodorod yoqilg‘isini qo‘llash mumkin), 
-
buning uchun yuqori bosimli va past temperaturali (20-25 MPa) gaz 
apparatida ishlaydigan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash 
texnologiyasi va rejimlarini ishlab chiqish hamda asoslash: 
-
gaz apparatlarini nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni 
nazorat qiladigan texnologik hamda diagnostik jixozlarni yaratish va ishlab 
chiqish; 
-
gaz apparatlarini ta’mirlovchi va nazorat qiluvchi markazlashgan 
korxonalarni tashkil etish va rekonstruksiya qilish va ularga mos ta’mirlovchi 
kadrlar, muhandis texnik hodimlarni tayyorlash;
2. YOnilg‘i-moylash materiallarini iqtisod qilishni ta’minlovchi me’yorlash 
tizimini takomillashtirish (mexanizatsiyalashgan ishlarning me’yorlarini ishlab 
chiqish, ishlatishda moylar va moylovchi materiallarni yaroqlilik me’yorini 
aniqlash).
3. Ta’mirlovchi va operatorlarning malakasini oshirish, yonilg‘i-energetik va 
boshqa resurlarni iqtisod qilganligi uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish 
tizimini takomillashtirish.
4. Mashina traktor agregatlarining yonilg‘i va moy sarfi, ularni sarf bo‘lishi 
va borligini ta’minlovchi jixozlari, uzellari, tizim va agregatlarini talab etilgan 
texnik xolatini ta’minlash.
5. Mashina traktor parklarining yonilg‘i-moylash xo‘jaligini kompyuter 
texnikalaridan foydalangan holda takomillashtirish (markaziy xo‘jaliklarni yonilg‘i 
bilan ta’minlash, tarqatish, moylashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, 
ularning sarfi va borligini aniq hisobga olish).
6. Mashina traktor agregatlari dvigatellariga tushadigan haqiqiy 
yuklanishlarni aniqlaydigan, operatorga maqbul rejimni tavsiya etadigan, ishonchli 
qurilmalar, yonilg‘i sarflagichlar ishlab chiqish.


228 
Mashina traktor agregatlarning konstruktiv tarkibini takomillashtirish 
(maqbul, samarali), komplektlash (tuzish) va ulardan foydalanishni joriy etish 
natijasida kelajakda amaldagi texnik xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, 
moylash, qotirish, sozlash ishlarining solishtirma vazni va ularning davriyligini 
sekin asta kamayib borishini ta’minlash, agregat va uzellar ish rejimini masofadan 
boshqarish, ogoxlantiruvchi-nazorat qiluvchi datchiklaf, tashhis qurilmalarini keng 
qo‘llash.
YOnilg‘i-energetik resurlarni iqtisod qilish va atrof muhitni himoya qilish 
mashina traktor agregatlarini texnik holatiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytiradi, 
agregatlar dvigatellarida kechadigan ish jarayonlarini boshqaruvchi kopyuterlar va 
diagnostik vositalarni keng qo‘llanishini talab etadi.
Qishloq xo’jalik mashinalarini ishlab chiqarish jarayoni va foydalanishda 
korroziyaga qarshi tadbirlarni qo‘llash hisobiga ularning uzoq muddat ishlashini 
ta’minlash to‘la komplektli kapital (asosiy) ta’mir ishlarini kamayishiga olib 
keladai. Natijalda ularning ishonchliligi, resursi, uzoq muddat ishlash 
ko‘taruvchanligiga quyiladigan talablarning ortishi, mashina traktor parki 
muhandis texnik xizmati personaliga bo‘lgan extiyojning ortishiga olib keladi. 
Ish yuritish munosabatlarining rivojlanishi mashina traktor parkining tarkibi 
va asoslanganlik me’yorlariga, o‘z navbatida texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash 
tizimiga qo‘yiladigan talablarni kuchayishiga olib keladi. 
Buning asosida texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimining 
takomillashishi mashina traktor parki tarkibining o‘zgarishiga, parkning yoshiga, 
foydalanish sharoiti va boshqalarni belgilaydi.
Bunda rejali-ogoxlantiruvchi tizimning prinsipial o‘zgarishi quyidagi 
harakatlarda (qadamlarda): maxsulot, uning elementlarining ish qobiliyati 
rezervlash yoki belgilangan xizmat muddati doirasida o‘zini-o‘zi tiklash usullari 
bilan bo‘lishi ko‘zda tutiladi. 
Bu erda 2-ta qaror bo‘lishi mumkin: yoki ishdan chiqish extimoli juda kam 
bo‘lgan absolyut ishonchli maxsulotdan foydalanishi, yoki o‘zini o‘zi tiklashga 
qaratilgan boshqa loyihalash prinsiplarini qo‘llash. 


229 
Bularga oddiy misol qilib zamonaviy avtomobillar va traktorlarda 
qo‘lanilayotgan o‘zini o‘zi rostlaydigan mexanizmlarni keltirish mumkin. 
Bu bosqichda ishonchlilik va boshqa sifat ko‘rsatkichlari haqidagi 
axborotlarni mujassamlashtirish, ishlov berish va qo‘llash amalga oshiriladi. Bu 
bosqichda kollektiv banklarni yaratish, mashina traktor parkini axborot bazasini 
kengaytirish, tajriba almashish, texnik xizmat ko’rsatish va tamirlash tizimini 
takomillashtirish amalga oshiriladi. 
Markaziy axborot bazalar bankining yaratilishi ilg‘or hisoblash texnikasi, 
aloqa vositasi, mutaxassislardan yuqori tejamli foydalanish imkonini beradi.
Yirik klaster tizimi va mashina traktor parkinida statsionar diagnostik 
qurilmalarga doim ulanadigan, 10-20 parametrlarni texnik xolatini nazorat qiluvchi 
bortovoy datchiklar tizimi ishlab chiqiladi. Bu tizimlar keyinchalik maxalliy ishlab 
chiqarish korxonalarda ishlab chiqarilishi va mashina traktor agregatlarida 
qo‘llanishi yo‘lga qo‘yiladi. 

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish