Tashxislashning turlari.
Tashxislashning zavoddagi texnologik tashxislash,
ta‘mirlash vaqtidagi tashxislash, faydalanish davridagi tashxislash va maxsus
tashxislash turlari mavjud. Zavoddagi texnologik tashxislash detallar, mexanizmlar
va uzellarning bevosita yasash, yig‗ish va zavodda sinab ko‗rish jarayonidagi texnik
holatini aniqlashgaqaratilgan. Ta‘mirlash vaqtidagi tashxislashning o‗zi ta‘mir
oldidan, ta‘miriy texnologik va ta‘mirdan keyingi tashxislash bo‗lishi mumkin.
Ta‘mir oldidan tashxislashning maqsadi ta‘mir ishlari hajmini va ta‘mir turini
aniqlashdan iborat. Ta‘miriy-texnologik tashxislash bevosibata‘mirlash, yig‗ish,
chiniqtirish va sinash jarayonida amalga oshiriladi. Ta‘mirdan keyingi mashxislash
esa ta‘mir sifatini baholashga qaratiladi.
Foydalanish davridagi tashxislash navbatdagi texnik xizmat ko‗rsatish vaqtida
va dala ishlari orasida (ish boshlanishida, ish vaqtida, ish tugagandan so‗ng hamda
nosozlik yuz berganda) amalga oshiriladi.
Tashxislash texnologiyasi. Tashxislash jarayoni uch bosqichdan iborat:
tayyorgarlik, asosiy va yakuniy bosqichlar.
Tayyorgarlik bosqichida mashina-traktor agregati yuvib-tozalaniladi; uzel va
detallari ko‗zdan kechirilib, natija nazorat-tashxis kartasiga qayd etiladi; ba‘zi texnik
xizmat ko‗rsatish ishlari bajariladi; datchik va o‗lchov asboblari o‗rnatiladi.
Asosiy bosqichda mashina-traktor agregati yoki dvigatelning zarur ish rejimi
ta‘minlanadi; agregat va uzellarning texnik holatini ko‗rsatuvchi parametrlar
o‗lchanadi, natija nazorat-tashxis kartasiga qayd etiladi.
Yаkuniy bosqichda tashxis qo‗yiladi: tashxis asosida traktorning soz holatini
ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan ish turi va hajmi aniqlanadi; agregat, uzel va
detallarning qoldiq resursi bashorat qilinadi; o‗rnatilgan datchik va o‗lchov asboblari
echib olinadi.
Tashxis yakunlari bo‗yicha maxsus qaydnoma tuziladi va uning yordamida
mutaxassislar texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash ishlarini bajarishadi.
Tashxislash jihozlashlari ko‗chma, qo‗lda ko‗tarib yuriladigan, qo‗zg‗almasva
9
mashina-traktor agregatiga o‗rnatilgan kabi turlargabo‗linadi.
Mashinalar va agregatlarning texnik holatini tashxislash uchun: traktorlar va
qishloq xo‗jaligi mashinalaridagi ko‗rsatgich-asboblar (termometrlar, moy bosimini
o‗lchagichlar, taxospidometrlar va boshqalar), shuningdek injenerlik ekspluatatsion
xizmatga tegishli maxsus jihozlar va qurilmalar ishlatiladi.
Maxsus tashxislash jihozlari va qurilmalariga quyidagilar kiradi :
1) mashinalarning umumiy texnik holatini tashxislash qurilmalari. Bular
yordamida asosiy ekspluatatsion ko‗rsatkichlar: dvigatelning quvvati, yonilg‗i sarfi
va boshqalar aniqlanadi; alohida uzellar va mexanizmlar: shatun-porshen guruhi,
tirsakli valdagi o‗zak vashatun podshipniklari, traktorning gidrosistemasi va
boshqalarning texnik holatini qismlarga ajratmasdan tashxislashjihozlari;
2). umumiy tashxis va bir nechta uzel va mexanizmlarning texnik holatini
tashxis qilish uchun kompleks jihozlar va qurilmalari; Bu guruh qurilmalariga muqim
va ko‗chma tashxislash laboratoriyalari, masalan, mashinalarning texnik holatini
baholash uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan UAZ-452 avtomabili asosida
tayyorlangan tashxis laboratoriyasikiradi.
3). foydalanish jarayonida agregatlarning ishini tekshirish va texnik holatini
aniqlash nazorat – tashxislash jihozlaridan iborat. Bu guruh jihozlariga dala
sharoitlarida agregatlarning ishini tekshirish uchun qo‗llaniladigan ish o‗lchagichlar
(rabotomerlar), yonilg‗i sarfini o‗lchagichlar va boshqalarkiradi.Mashinalarning
yopiq joylaridagi detallarning holatini tekshirishga imkon beruvchi tolali optikani
qo‗llash, dvigatelning karteridan olinadigan namunalarni spektral tahlil qilish va
boshqalar istiqbolli usullar hisoblanadi.
Zamonaviy, yangi avlod texnikalari (traktorlar, qishloq xo‗jalik mashinalari,
kombaynlar) monitor, datchiklar va kompyuterlashgan elektron taxlil tizimi bilan
jihozlangan bo‗lib, texnikadan noto‗g‗ri foydanilganda, texnik yoki texnologik
nosozlik yuz berishi mumkin bo‗lganda yoki havfli vaziyat yuzaga kelganda
operatorni ogohlantiradi. Agar nosozlikka olib keluvchi sabab bartaraf etilmasa
texnika to‗xtaydi va boshqaruv tizimi qulflanib qoladi. Toki, servis xizmati bo‗yicha
mutaxassis nosozlikni bartaraf etmaguncha texnika ishlamaydi.
10
Hozirgi kunda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida turli avlod texnikalaridan
foydalanilmoqda. Nosozlikni ogohlantirish, himoyalash va boshqarish tizimiga ko‗ra
ularni shartli ravishda mexanik (nosozlikni ogohlantirish), avtomatlashgan
(nosozlikni ogohlantirish va undan himoyalash) va intellektual (nosozlikni
ogohlashtirish, undan himoyalash va boshqarish) tizimlarga ajratishmumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |