Umumrivojlantiruvchi mashqlarning yozish qoidasi.
Ayrim harakatni yozishda quyidagilar ko’rsatiladi:
Harakat boshlanadigan dastlabki holat (d. h.)
Masalan: (asosiy turish (a.t.) tik turib qo’llar oldinga, cho’qqayib tayanish, o’tirib qo’llar yon tomonga, tik turib qo’llar bosh orqasida, tayanib yotish va hokazo).
Harakat yo’nalishi (oldinga, orqaga, ung, chap tomonga va hokazo).
Asosiy harakatning nomi (engashish, burilish, siltash, bukib-yozish, cho’qqayish va hokazo).
Ohirgi holat (agar zarur bo’lsa).
Masalan: I. D.H. – tik turib, qullar yuqoriga.
1. – oldinga engashib, kaftlar polga tekiziladi.
2. – D.H.
II. D.H. – cho’qqayib, tayanish
1-2 – tik turib, qullar yuqoriga
3-4 – D.H.
Bir vaqtda bajariladigan bir nechta harakatni yozishda ham ayrim harakatni yozishda qabul qilingan qoidaga, rioya qilinadi, lekin bunda asosiy harakat (odatda gavda yoki oyoqlar harakat) keyin ikkinchi darajali harakatlar ko’rsatiladi.
Masalan: I. D.H. – cho’qqayib o’tirish.
1. – tik turib, o’ng oyoq orqaga, qo’llar yonga.
2. – D.H.
3. – tik turib, chap oyoq orqaga, qo’llar yonga.
4. – D.H.
II. D.H. – oyoqlarni kerib tik turib, qo’llar belda.
1-2 – o’ng oyoqni bukib, chap qo’lni yuqoriga ko’tarib, chap tomonga engashish.
3-4 – D.H.
Bir vaqtda bajarilmaydigan bir necha harakat qanday tartibda ijro etiladigan bo’lsa, huddi shunday ketma ketlikda yoziladi.
Masalan: D.H. – asosiy turish (A.T.)
1. – o’ng oyoq va qo’llarni yon tomonga siltash
2. – o’ng tomonga oyoq bilan tashlanish
3. – qo’llar oldinga
4. – D.H.
Dastlabki holatlarda har bir tana qisming holati va ketma-ket bajariladigan har bir harakat vergul bilan ajratilishi qabul qilingan.
Masalan: I. D.H. – o’ng oyoqda tik turib, chap oyoq oldinga bukilgan, qo’llar yonga.
1-2 – oyoq uchiga ko’tarilib, chap oyoq yonga, qo’llar yuqoriga.
3 – holat ushlab turiladi.
4 – D.H.
Agar harakat boshqa harakat bilan ketma-ket qo’shib bajarilsa, harakatlar “va” bog`lovchisi bilan birlashtirib birin-ketin yoziladi.
Masalan: D.H. – oyoqlarni kerib tik turib, qo’llar belda.
Kerishib oldinga engashib, qo’llarni yon tomonlarga o’zatish va gavdani o’ng tomonga burish. Bunday yozilganda burilishni engashish ohirida (engashishni mahsus ta`kidlaganda) bajariladi.
Biror harakat boshqa harakat bilan barovar bajarilsa (hozirgi misoldagi engashish bilan burilish bir vaqtda ijro etilsa), unda birinchi harakatni ifodalovchi fe`l (engashish) hozirgi zamonda ya`ni so’z negizicha “yotib” qo’shimchasini ishlatish orqali aks ettiriladi.
Masalan: - oldinga engashayotib, gavdan o’ng tomonga burish.
(Ikkala harakat ham boshlanishidan ohirigacha baravar bajariladi).
Harakat odatdagi uslubda bajarilmasa, bu hol yozuvda aks ettirilishi kerak.
Masalan: qo’llar oldinga asta sekinlik bilan o’zatiladi, panjalar bo’shashtirilgan va hakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |