8. Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish
Buyuk kelajak avlodlarini aqlan yetuk, jismonan barkamol qilib tarbiyalash muammolari barcha lavlat va jamoat idoralari zimmasiga yuklatilgan. Bunday keng qamrovli va mas’uliyatli tarbiyaviy jarasnlarni amalga oshirishda mahalla oqsoqollari kengashlari, ularning tarkibidagi turli komissiyalar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport faollarining uyushmalari /jamoalari/ ham katta rol o’ynaydi. Bularning zamirila «Sog’lom avlod uchun» davlat dastu'ri mazmuni muhim a ha mnyat ga egadir.
Aholining jismoniy baquvvat bo’lishi va uzoq umr ko’rishi sog’lom turmush madaniyati bilan belgilanadi. Bu borada O’zbekiston Prezidentining «O’zbekistonning chinakam mustaqillikka erishishidan iborat o’z yo’li respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Avvalo, u aholining milliy tarixiy turmushi va tafakkuri tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi» degan mulohazalari e’tiborga loyiqpir. Ayniqsa, «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonun, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining ishlab chiqilishi hamda ularning hayotga tatbiq qilinishi jismoniy tarbiya va sport xodimlari zimmasiga aholi o’rtasida sog’lomlashtirish va sport tadbirlarini yanada rivojlantirish mas’uliyatlarini yuklaydi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi sharofati tufayli mahallalar, dahalar, mavzelar, yirik qishloqqurg’onlarida /posyolkalar/ aholini jismoniy tarbiya, sport, sayohat, xalq milliy o’yinlari hamda ommaviy sog’lomlashtirish ishlariga jalb qilish ancha rivojlandi.
Mamlakatda milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, uni yanada boyitishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning olib borilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholining ijtimoiy turmush darajasi tobora yaxshilanmoqda. Bunda o’tkazilayotgan turli sport musobaqalari, xalq milliy o’yinlari festivallari katta xissa qo’shmoqda. Bu aholining jismoniy tarbiya va sportga ehtiyoji oshayotganidan dalolatdir. Har yilgi mustaqillik kuni hamda «Navro’z» bayramlaridagi ommaviy sayllar, sport musobaqalari buning isbotidir. Respublika hukumatining qarorlari, turli kursatmalar asosida 'mahallalar va boshqa aholi istiqomat joylarida jismoniy tarbiya va sportni jonlantirish ishlarida mahalla kengashlari, sport tashkilotlarn xodimlari, sport faollari bilan hamkorlikda ish tutmoqda.
Shaharlar va qo’rg’onlarning aholisi o’rtasida spartakiadalar, xalq milliy o’yinlari musobaqalarini o’tkazish an’anaga aylanmoqla. Bunda sportning futbol, kurash, arqon tortishish, tosh ko’tarish, yengil atletika kabi turlari ommaviy tus oldi. Bu.tadbirlarga jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim olayotgan talabalar jalb qilinib, tashkiliy ishlarda ular faollik ko’rsatadilar.
E’tirof etish kerakki, bir qator mutaxassislar aholi turar joylarada sog’lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilishning namunaviy dastur hamda ish rejalarini ishlab chiqqanlar. Toshkent shahri sharoitida bir qator usuliy qo’llanmalar ishlab chiqilgan. Buni quyidagicha isbotlash mumkin:
Mahalla oqsoqollari kengashlari qoshidagi jismoniy tarbiya Jamoasi kengashi yoki sport klub majlislari rejasi namuna sifatida.
Yanvar.
1. Jismoniy madaniyat jamoasi kengashining majlislar rejasini tasdiqlash.
«Salomatlik» sport klubini tashkil etish.
2000 yilgi sog’lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasini tasdiqlash.
Pod’ezdlar, ko’chalar va uylarning jismoniy tarbiya komandalarini tasdiqlash.
Fevral.
1. Sport inshootlarini yozgi mavsumga tayyorlashning borishi to’g’risida.
Jamoatchi kadrlar tayyorlashning borishi, shu maqsadda seminarlar o’tkazish hamda bunday kadrlardan amaliy foydalanish xususida.
Har xil masalalar.
Mart.
1. Sport turlari bo’yicha to’garaklar, jamoalar ishini tashkil etish hamda ularga jamoatchi faollarni biriktirib qo’yish to’g’risida.
Homiylikka olgan korxona jismoniy tarbiya jamoasining aholi turar-joylaridagi ishlarda ishtiroki va amaliy yordam ko’rsatish to’g’risida.
Har xil masalalar.
Aprel.
1. Milliy o’yinlar bo’yicha musobaqa o’tkazish to’g’risida.
«Charm to’p» klubi sovrini uchun futbol musobaqalariga tayyorgarlik rejasi to’g’risida.
Har xil masalalar.
May.
1. Aholini jismoniy tarbiyalash, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida musobaqalar o’tkazish tartib qoidalarini tasdiqlash.
2. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini eng yaxshi yo’lga qo’ygan mavzelar, ko’cha va uylarning ko’rik-tanlovlarini o’tkazish Nizomini tasdiqlash.
Iyun.
1. Suzish va sog’lomlashtirish gimnastikasi bo’yicha pulli guruh tashkil etish.
O’quvchilar, o’smir va yoshlar spartakiadalarini o’tkazish.
Voleybol va tennis maydonchalari qurilishida aholi va mahalla faollarining qatnashuvini ta’miilash.
Iyul.
1. Sog’lomlashtirish markazlaridagi salomatlik guruhlariga aholini jalb etish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport bayrami o’gkazish.
Uy-joydan foydalanuvchi shirkatlar terma jamoalarining shahar /tuman/ birinchiligi musobaqalariga hamda mahallalar, dahalar bilan uchrashuvlariga tayyorgarlik.
Har xil masalalar.
Avgust
1. Mahalla oqsoqollari kengashlari ish faoliyatini muhokama qilish.
2. Mustaqillik kuni bayramiga bag’ishlab sport musobaqalarini o’tkazish.
Sentyabr.
1. Sport bilan shug’ullanuvchilar va faollarning sport zali, o’yin maydonlari qurilishida qatnashuvini ta’minlash.
2. O’rta va katta yoshdagi kishilar o’rtasida spartakiada o’tkazishga tayyorgarlik.
Oktabr.
1. Yozgi sport mavsumi yakunlari to’g’risida axborot berish.
2. Tarbiyasi og’ir bolalarni jismoniy tarbiya va sport bo’yicha muntazam mashg’ulotlarga jalb etish to’g’risidagi axborotlarini zshitish.
3. Maylonchalarni qishki mavsumda ishlatishga tayyorlash.
Noyabr.
1. Sog’lomlashtirish va sport ishlarini engyaxshi yo’lga quyish yuzasidan mavzelar, kucha va uylar o’rtasidagi o’zaro musobaqa va ko’rik-tanlovlarning yakunlarini eshitish.
2. Mahalladagi o’zaro musobaqa yakunlariga ko’ra faol jamoatchilarni rag’batlantirish.
Dekabr.
1. Bir yilgi ish yakunlari to’g’risidagi axborot va mahalla oqsoqollari kengashi qoshida jismoniy faollari uyushmasini tashkil qilish, ularning kelgusi yil ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Shuni eslatish zarurki, bu namunaviy reja mahalla oqsoqollari kengashlari, ularning qoshidagi jismoniy tarbiya va sport faollari uyushmasi jamoa uchun mo’ljallangan. Shu asosda yangidan tashkil qilinadigan mahalla jismoniy tarbiya jamoalarn kengashlari yoki uyushma ham o’z rejalarini tuzib olishlari maqsadga muvofiqdir.
Mahallalar, qishloqlarda jismoniy tarbiya o’qituvchilari, murabbiylar va sportchi faollarga tayangan holda kichik guruhlar, jamoalar komandalar, uyushmalar tuzib, mashg’ulotlar, musobaqalar o’tkazib turish lozim.
Turar-joylardagi o’rta va katta yoshdagi kishilar orasida stol tennisi, shaxmat va shashka, milliy o’yinlar, yengil atletika to’garaklari, guruhlar va jamoalarni ommalashtirish ularda sog’lomlashtirish tadbirlarining turli shakllaridan, shu jumladan, ertalabki gimnastika, yurish, sayohat va boshqa turlardan keng foydalaniladi.
Aholi turar-joylarida ommaviy sport ishlarini muvaffaqiyatli o’tkazishda sport inshootlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu inshootlar belgilangan qurilish me’yorlari talablariga mos, bolalar hamda kattalarning ehtiyojlarini qondiradigan, shu turar-joy qurilishiga munosib, hamohang bo’lishi kerak.
Sport maydonchalari, sog’lomlashtirish shaharchalari, yugurish va chigal yozish yo’lakchalari, o’yin maydonchalaridan iborat hovli o’yingohlari shinam bo’lishi kerak. Bunday o’yingohlarda usti yopiq joylar bo’lishi, yaxshi yoritilishi ham kerakki, bu narsa ulardan foydalanish muddatini uzaytiradi.
Sport inshootlarini maxsus moslamalar, trenajyorlar bilan jihozlashga alohida e’tibor berish zarur. Chunki shu yo’l bilan avvalo ulardan yoz va qish fasllarida foydalanish imkoniyatini, qolaversa, ko’pchilik bo’lib yoki yakka tartibda o’tkaziladigan mashg’ulotlar samaradorligini oshirish mumkin.1
Xulosa qilib aytganda, aholi turar-joylarida sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish mahalla oqsoqollari kengashlari hamda mutaxassislar ishtirokida o’tkazilishi lozim. “Navro’z”, “Mustaqillik kuni” va boshqa bayramlarga tayyorgarlik jarayonlarida futbol, kurash, voleybol, yugurish va xalq milliy o’yinlarini mu'sobaqa shaklida o’tkazish lozim. Tuman, shahar hokimiyatlari, sport qo’mitalari hamda homiylarning faol ishtiroklarini ko’proq jalb qilish lozim bo’ladi.
«Mahalla» jamg’arma uyushmasi, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchnlik markazi, mahalla oqsoqollari kengashi faoliyatida jismoniy tarbiya va sport ishlarining mazmuni va vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: |