9- sinf testlari I chorak.
1.Shaxsi ma’lum gapning kesimi qaysi shakllarda qo’llaniladi?
A. I,II shaklda. B.III shaxs shaklida.S. III shaxs ko’plik D. Birgalik nisbatda.
2.Ilmsiz inson - ….. daraxt. Gapiga qaysi so’z mos keladi?
A.Bilimsiz. B.Mevasiz. S.Bargsiz. D.Ildizsiz.
3.Shaxsi umumlashgan gaplar deganimiz nima?
A.Egasini topib bo’lmaydigangaplar.
B.Mazmunan har uchala shaxsga taalluqli gaplar.
S.I,II shaxsda qo’llanadigan gaplar. D. So’z- gaplar.
4.Shaxsi umumlashgan gaplar qayerlarda keladi?
A.Maqol,hikmatda. B.She’rda. S. Topishmoq. D.Tez aytish.
5.Shaxsi topilmas gaplar deganimiz nima?
A.Xabar ma’nosini bildiradigan gaplar. B.Egasini topib bo’lmaydigan gaplar.
S.Mazmunan uchala shaxsga taaluqli gaplar. D.Atov gaplar.
6. Mehrjon bayrami qachon nishonlanadi?
A.Bahorda. B.Yozda. S.Yoz oxiri, kuz boshida. D.Qishda.
7.Mehrjon bayrami insonlar orasidagi qanday munosabatlarni mustahkamlaydi?
A.Mehr-oqibat,inoqlik,do’stlik. B.Yaxshi kayfiyat,ruhiy quvvat.
S.Yaxshi kayfiyat, do’stlik. D. Ruhiy quvvat,inoqlik.
8.Hosil bayramlarida qanday musobaqalar o’tkaziladi?
A.Poyga,tennis. B.Poyga,kurash, tosh ko’tarish. S.Arqon tortishish,shaxmat. D.Dorbozlar,ashula.
9.Bir so’zdan iborat bo’lib,boshqa so’zlar bilan kengaya olmaydigan so’zlar qanday nomlanadi?
A.Shaxsi ma’lum gaplar. B.So’z-gaplar.
S.Modal-so’zlar. D.Shaxsi umumlashgan gaplar.
10.Ega qanday savolga javob beradi?A.Kim? nima?. B.Qayer? qancha?
S.Qanday? qanaqa? D.Kimdan? nimadan?
11.,,Yaxshilik” so’zining lug’atini toping.
12. Birinchi gaz koni qaysi yili qayerda ochilgan?
13.O’zbekistonda ko’mir qachon qazib olina boshlangan?
14.Izohlovchi va izohlanmish orasiga qanday ma’no bildiganda chiziqcha qo’yiladi?
15.Izohlovchi qanday ma’noni bildiradi?
9- sinf testlari II chorak.
1.Qaysi o’zbek shoirasi Neru mukofotini olishga sazovor bo’ldi?
A.Nodira.B.O.Xojieva. S.Zulfiya.D.Oybek.
2.Akademik Pavlov sutga qanday baho bergan?
A.Tabiat tomonidan tayyorlangan ovqat. B.Tabiat tuhfasi.S. Tayyor ovqat. D.Shifobaxsh ne’mat.
3.O’zbek tili to’g’risidagi qonun O’zbekiston Respublikasining nechanchi moddasida keltirilgan?
A.1- modda. B.4- moddasida. S.5- moddasida. D.41- moddasida.
4.<> she’rining muallifi kim?A.A.Oripov. B.E.Vohidov.S.Mirtemir.D.Oybek.
5.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
A.1991- yil. B.1992-yil.8-dekabr.S.1991-yil 1- sentyabr. D.1989-yil 21- oktabr.
6.Aniqlovchi qanday savollarga javob beradi?
A.Kim? qancha? B.Nima?qanday? S.Qanday?qanaqa?qaysi?D.Kimni? nimaning?
7.Aniqlovchilar nimalarga bog’lanadi?
A.Ot,fe’l. B.Ega,ot,kesim,hol,to’ldiruvchi. B.Sifat,ot,fe’l.
S. Ega,hol,ot. D.Kesim.hol.
8.Buxoradagi Ismoniy Somoniy maqbarasi kim tomonidan qanday shaklda bunyod etilgan?
A.Tillashayx. B.Ismoil Somoniy tomonidan to’rtburchak shaklida.
S.Ulug’bek. D.Alisher Navoiy.
9.Tillashayx jame masjidi usta Shirin Murodov tomonidan qaysi yillari ta’mirlangan?
10.Gapda kesim bilan bog’lanib, shu kesimdagi qo’shimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi kim? nima? savollariga javob bo’ladigan bo’lak nima deb ataladi?
a) hol b) to’ldiruvchi s) kesim d) aniqlovchi
11.A.Qodiriy qachon tug’ilgan ?
12.,,Shum bola” asari muallifi kim ?
13.So’z-gaplar necha turga bo’linadi ?
14.Maqolni davom ettiring. Odamning husni . . .
15.Qani, ma, marhamat … so’z-gaplarning qaysi turiga kiradi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |