Elektr zanjirlarida potensialning taqsimlanishi.
Potensial diagramma.
Potensial diagramma deganda qandaydir zanjir qismi bo’ylab yoki yopiq konturda potensialning taqsimlanish grafigi tushuniladi. Absissa o’qi bo’ylab ixtiyoriy tanlangan nuqtaga nisbatan konturni qarshiligi quyiladi, ordinata o’qi bo’yicha potensial quyiladi. Zanjir qismidagi har bir nuqta yoki yopiq konturdagi har bir nuqta potensial diagrammadagi ma’lum bir nuqtaga mos keladi.
Elektr zanjirlarida ikki nuqtasi orasidagi potensialini bilish muhimdir.
Ikki nuqta orasidagi potensiallar farqi deganda shu nuqtalar orasidagi elektr kuchlanishiga aytiladi. Berilgan nuqtani elektr patensiali deb ixtiyoriy tanlangan nuqtaga nisbatan elektr patensiallar farqiga aytiladi.
Potensialning o’lchov birligi volt [V] bo’lib, harfi bilan belgilanadi. Potensiallar farqi
1 - 2 =12 = U12 (2.6)
Potensial diagramma qo’rish usulini misolda ko’ramiz.
2.3-misol 2.5-rasmdagi elektr sxema uchun potensialning taqsimlanishi aniqlansin. Bunda E1=5V, E2=15V, E3= 8V, R1=6 om, r01=0,5 om, R2=4 om, R3=8 om, R4=5,5 om. Har xil potensialli nuqtalar 1-7 bo’lgan raqamlari bilan belgilangan.
Yechish. Dastlab kontur buylab oqayotgan tok qiymatini aniqlab olamiz. U 0,5 A ga teng. Shundan so’ng potensialni o’zgarish xarakterini aniqlovchi qoidani qabul qilamiz. EYUK ta’sir etuvchi qismda EYUK yo’nalishi bo’ylab potensial ortadi. Qarshiliklar ulangan qismda aylanish yo’nalishi tokning yo’nalishi bilan mos bo’lsa, tok yo’nalishi bo’ylab potensial kamayadi va tokga qarshi bo’lsa potensial ortadi, chunki tok yuqori potensialdan past potensialga yo’nalgan bo’ladi. Potensial nol deb qabul qilingan nuqta ixtiyoriy tanlab olinadi. 2 -nuqtaning potensialini nol deb qabul qilamiz. Undan keyin soat strelkasi aylanishi yo’nalishi bo’ylab 2–nuqtadan boshlab ketma-ket konturdagi barcha nuqtalarni potensiallarini aniqlaymiz: 2 =0. 4-nuqtani potensiali 4 2 -nuqtaga nisbati Ris1 qarshilikda kuchlanish tushuvi U24 qiymaticha kichik, ya’ni
2 =0
3 =2 –IR1=0- 0,5·6=0-3=-3 V
4 =3 –IR2=-3- 0,5·4=-3-2=-5 V
5 =4 +E2=-5+15=10
6 =5 –IR3=10-0,5·8=10-4=6 V
7=5 –E3=6-8=-2 V
1 =7 –IR4=-2-0,5·5,5=-2-2,75=-4,75 V
Yopiq kontur bo’ylab, boshlang’ich potensial qiymati nol deb qabul qilingan. 2 nuqta potensiali qiymatini aniqlaymiz.
2=7 –Ir01+E3=-4,75-0,5·0,5+5=-4,75-0,25+5=-5+5=0
Shundan sung konturning yig’indi qarshiligini hisoblaymiz.
6+4+8+5,5+0,5=24 om
Topilgan potensiallar va qarshiliklar qiymatlari jadvalini tuzamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |