EYUK ga ega bo’lmagan zanjir uchun Om qonuni. 2.1 a-rasmdagi sxema uchun o’tkazgichlardagi kuchlanish tokka tug’ri proporsionaldir:
Uab = R I
yoki (2.4)
bunda
R = U /I = const
Bu munosabatni Om aniqladi va Om qonuni deb nom oldi.
Keyinroq ma’lum bo’ldiki, qarshilikni doimiyligi unga quyilgan kuchlanishga nisbatan ma’lum bir tok va kuchlanishlarning chegarasida va ayrim materiallar uchun urinlidir. Shuning uchun proporsional bog’liqlik ya’ni Om qonuni nisbiy bo’lib, chegaralangan sohada urinlidir.
Xususiy xollarda (maxsus tayyorlangan metall o’tkazgichlarda) qarshilik doimiy bo’lib, tok va kuchlanishlarni o’zgarishida proporsional bog’liqlik tug’ri chiziqli bo’ladi. Bunday qarshiliklarga chiziqli qarshiliklar deyiladi va sxemalarda tug’ri burchakli to’rtburchak sifatida belgilandi (2.2a-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |